qiziqish uyg‘otish nazarda tutiladi. Mashg‘ulot vaqtida
bolalarni qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiq
ravishda
oyoqni sudramay, boshni egmay yengil yurishga
odatlantirish. Narvonga tirmashib chiqish, to‘pni
panjalar
yordamida ushlab olish shuningdek, turli usullar yordamida
to‘p uloqtirishda boshlang‘ich holatni to‘g‘ri
egallash,
velosiped uchish malakasini tarkib toptirish, turli tartibda
saflanib
yura olish, fazoda chamalashni o‘rgatish hamda
muvozanat saqlashga o‘rgatib borish.
Ertalabki badantarbiya. Badantarbiya vaqtida yurish,
yugurish, sakrash qo‘l-oyoq
mashqlarini faol egallashga,
gavda holatini tikka tutishga erishish. Jismoniy sifatlarni
rivojlantirish. O‘yinlarni bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda
tashkil etishlariga imkoniyat yaratish. Bolalarda velosiped,
chanada uchish, to‘p, halqa va
boshqa narsalar yordamida
bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirish. Jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi
o‘yinlarga erkin qo‘shilishlariga odatlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: