Reja: Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
-modda. Investitsiya faoliyati tugatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari
Download 302.5 Kb.
|
Reja Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-modda. Qonun hujjatlarining investor uchun noqulay oʻzgarishlariga qarshi kafolatlar
18-modda. Investitsiya faoliyati tugatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari
Chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini tugatish huquqiga ega. Chet ellik investor investitsiya faoliyatini tugatgandan soʻng investitsiya faoliyatini tugatish natijasida olingan oʻz aktivlarini naqd pul yoki natural shaklda chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasiga yoxud boshqa kreditorlarga nisbatan majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda erkin repatriatsiya qilish huquqiga ega. 19-modda. Qonun hujjatlarining investor uchun noqulay oʻzgarishlariga qarshi kafolatlar Agar qonun hujjatlarining bajarilishi investorga yoki investitsiyalarga zarar yetkazadigan boʻlsa, ushbu qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmaydi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda boʻlgan qonun hujjatlari chet el investorlariga nisbatan investitsiya qilish paytidan eʼtiboran oʻn yil mobaynida qoʻllaniladi. Investor oʻzining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonun hujjatlari qoidalarini oʻz xohishiga koʻra qoʻllash huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirgan taqdirda, investitsiya qilish paytida amalda boʻlgan qonun hujjatlarini oʻn yil mobaynida qoʻllash toʻgʻrisidagi kafolat quyidagi hollarda qoʻllaniladi: repatriatsiya tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki investorning chet elga oʻtkaziladigan daromadlari (foydasi) miqdorini kamaytiruvchi qoʻshimcha talablar joriy etilganda, bundan investorning mablagʻlarini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona toʻlovga layoqatsiz va bankrot boʻlgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs boʻlgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni toʻxtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda qonun hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qoʻllash shartlari asosida toʻxtatib turish mustasno; investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlariga son jihatdan cheklovlar va investitsiyalarning miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish tarzidagi qoʻshimcha talablar joriy etilganda; chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarining ustav fondlaridagi ulushli ishtiroki boʻyicha cheklovlar joriy etilganda; chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish boʻyicha qoʻshimcha tartib-taomillar, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar joriy etilganda. Investor uchun noqulay oʻzgarishlarga qarshi kafolatlarning amal qilishi quyidagi hollarda boshlanadi: korxona tashkil etilganda – u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran; mol-mulkni, ulushlarni, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan emitentlangan aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga, turar joylarga va ular joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (jumladan, ijara asosida egalik qilish va foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olishda – mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan eʼtiboran; intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni, shu jumladan mualliflik huquqlarini, patentlarni, tovar belgilarini, foydali modellarni, sanoat namunalarini, firma nomlarini va nou-xauni, shuningdek ishchanlik obroʻsini (gudvillni) kiritishda – intellektual mulkka boʻlgan huquqlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan eʼtiboran; konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirishga, oʻzlashtirishga, qazib olishga yoxud ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olishda – konsessiya shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran; Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasida bir vaqtning oʻzida investitsiya majburiyatlarini mustahkamlab qoʻygan holda investitsiya qilishda – shartnoma kuchga kirgan sanadan eʼtiboran; Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda investitsiya qilishda – investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilayotganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan eʼtiboran. Ushbu modda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga doir manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlarini qabul qilishga, oʻzgartirishga, toʻldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Download 302.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling