Reja: Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
-modda. Chet ellik xodimlarni jalb qilish
Download 302.5 Kb.
|
Reja Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 49-modda. Harakatlanish erkinligi
- 50-modda. Investitsiyalarni sugʻurtalash
48-modda. Chet ellik xodimlarni jalb qilish
Investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday chet davlat fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar mehnat shartnomasining butun amal qilish davrida tegishli koʻp martalik vizalarni olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida boʻlish huquqiga ega. Chet ellik xodimlar mehnatiga haq toʻlash, ularga taʼtil berish, ularni pensiya bilan taʼminlash masalalari ushbu xodimlarning har biri bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida hal etilishi kerak. Ushbu xodimlarning ish haqi va qonuniy yoʻl bilan olingan boshqa daromadlari qonunda belgilangan soliq va toʻlov toʻlangandan keyin ular tomonidan boshqa davlatlarga hech bir cheklovlarsiz oʻtkazilishi mumkin. Investor, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona chet ellik xodim uchun pensiya taʼminoti boʻyicha toʻlovlarni ushbu xodimning doimiy yashash joyi boʻlgan mamlakatning tegishli fondlariga oʻtkazishi mumkin. 49-modda. Harakatlanish erkinligi Investitsiya faoliyati bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatlanish huquqiga ega. Ayrim cheklovlar, agar erkin harakatlanishga doir bunday cheklovlar qonunda belgilangan boʻlsa, faqat Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi mumkin. 50-modda. Investitsiyalarni sugʻurtalash Investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda faoliyat koʻrsatayotgan har qanday sugʻurta tashkilotida sugʻurta himoyasiga boʻlgan huquqdan foydalanadi. Investitsiyalarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sugʻurtalash xalqaro tashkilotlar, chet el agentliklari, boshqa sugʻurta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Investitsiyalarni sugʻurtalashni amalga oshiruvchi sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi. Davlat sugʻurta tashkilotlarining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi, bundan taraflarning bitimlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Investitsiyalarni sugʻurtalash siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan, shu jumladan quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tavakkalchiliklardan sugʻurta himoyasini hamda kafolatlarini taʼminlaydi: mulkning rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinishini, shuningdek mulkni olib qoʻyishga yoki uni boshqa shaxsga berishga, uning ustidan yoki undan olinadigan daromadlar ustidan nazoratning yoʻqolishiga olib keladigan har qanday qonunchilik yoki maʼmuriy choralarni; chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga oʻtkazish boʻyicha cheklovlar joriy etishni; davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining investorlar shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini; urushlarni, fuqarolarning tartibsizliklari va boshqa shunga oʻxshash voqealarni; investorlar va chet el investitsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan siyosiy va oʻzga tavakkalchiliklarning boshqa turlarini. Download 302.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling