Reja: Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1514100
1   2   3   4   5   6   7   8   9
chiqarish vositalarini tashkil etadi. 
 Ishlab chiqarish omillari barcha iqtisodiy tizimlarda amal qilib 
kelmoqda. Bu omillarga turlicha ma„no berilgan. Masalan, “Siyosiy iqtisod” 
darsliklarida ishlab chiqarish omili 2 turga bo‟lingan edi, ya„ni: 


1. Moddiy omil;
2. Shaxsiy omil.
Moddiy omilni tashkil etuvchi mehnat qurollari va mehnat predmetlari 
(er, suv, yer usti va yer osti boyliklari - ko‟mir, neft„, gaz, ruda, metall...) ham
ishlab chiqarish vositalari deb ta„rif berilgan edi, ishchi kuchi esa ishlab
chiqarishning деб shaxsiy omili yuritiladi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitidagi adabiyotlarda ishlab chiqarishning
to‟rt omili ko‟rsatilmoqda: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik faoliyati tan 
olindi.
Ishlab chiqarish omillari 
__________________________________________________ 
↓ 
↓ 
 

↓ 
Ishchi kuchi 
 
Yer, suv va
barcha xom 
ashyolar 
 
Kapital 
Tadbirkorlik 
ishi 
 
Mehnat bilan ishchi kuchi bir xil ma„noga ega emas. Mehnat turli
omillarning birikishi natijasida amal qiladi. Ya„ni, mehnat ishchi kuchini ishlab
chiqarish vositalari bilan qo‟shilishi natijasida sodir bo‟ladi va uning pirovard 
natijasi daromad topish bilan tugallanadi. 
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‟lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig‟indisidir. Bunda bilim, malaka, tajriba qo‟llaniladi. 
Kapital tushunchasi turlicha ta„riflanadi. Ko‟pchilik adabiyotlarda
kapitalni kapitalizmga xosligi aytilgan va o‟z egasiga qo‟shimcha qiymat
keltiruvchi qiymat, o‟z-o‟zidan ko‟payuvchi, o‟suvchi qiymat deyilgan. 
Ayrim g‟arb iqtisodchilari ham, masalan, J. Keark, L. Valras, I. Fisherlar
kapitalga daromad keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb ta„riflaganlar. 
Kapitalni qiymat tomonini e„tiborga olib, ayrim iqisodchilar, kapitalning moddiy 


ob„ektini (mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar
transport vositalari va hakozolar) narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini
ko‟rsatadilar. Shu sababdan ular kapitalni doimiy, o‟zgarmas tushuncha sifatida
qarab, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. Bu tushunchalarni
umumlashtirgan holda kapitalni moddiy va ashyoviy hamda uni qiymat 
ko‟rinishidan iborat deb qarab, uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb
ishlatiladi. 
Kapital o‟z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat
ko‟rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini,
sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib
olishga mo‟ljallangan pul mablag‟laridan iboratdir. “Kapital” moddiy va qiymat
ko‟rinishiga ega bo‟lgan iqtisodiy tushunchadir. 
Tadbirkor - iqtisodiy resurslar, ya„ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchi resurslarining, tabiiy resursining bir-biriga qo‟shilishini ta„minlaydigan,
tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, iqtisodiy va xavf-xatardan, javobgarlikdan 
qo‟rqmaydigan kishidir.
Barcha resurslarni harakatga keltirish tadbirkorlik qobiliyati deb
yuritiladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling