Kapital – bu ishlab chiqarish va xizmat ko‟rsatish tarmoq va
sohalarda
ishlatilib, o‟z egasiga daromad keltiradigan tovarlar, ishlab chiqarish vositalari va
pul mablag‟laridir.
Tabiiy resurslar - yer-suv, unumdor tuproq, o‟rmon, qazilma boyliklar,
utloqlar foydalanishga tortilsa, ular ham daromad keltiradi.
Tadbirkorlik – bu insonning yaratuvchilik faoliyati bo‟lib,
uni amalga
oshirish uchun insonda tashabbus, tashkilotchilik ishbilarmonlik qobiliyatlari
bo‟lishi kerak va iqtisodiy xaf-xatardan, tavakkalchilik
hamda javobgarlikdan
ham cho‟chimasligi lozim degan ma„noni bildiradi.
Ishlab chiqarish jarayoni – bu iqtisodiy kategoriya bo‟lib, o‟zini va
insonlarni iste„moliga zarur bo‟lgan moddiy va nomoddiy ne„matlar yaratish
maqsadida o‟z qobiliyatini ishlab chiqarish vositalari bilan qo‟shilishidir. Ishlab
chiqarish tufayli iste„mol qiymat va qiymat yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: