Reja: Jamiyatda o‘kituvchi faoliyatining o‘rni va zaruriyati


Download 54.5 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1375857
Bog'liq
1404038996 50180


Pedagogik maxorat asoslari

Reja:
1. Jamiyatda o‘kituvchi faoliyatining o‘rni va zaruriyati.


2. Pedagogik maxoratning zaruriyati va moxiyati.
3. O‘kituvchi shaxsiga nisbatan kasbiy va insoniy talablar.
4. Pedagog maxoratini shakllantiruvchi omillar.
Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo‘lgan vaktdan beri pedagoglik faoliyati uzluksiz davom etib kelmokda. O‘kituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o‘ta mas’uliyatli kiyin va murakkab kasb hisoblangan.
Mustakil O‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini islox kilinishi, yangi ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini kayta tashkil etishga kirishilgan xozirgi kunda o‘kituvchi faoliyatiga? uning pedagogik maxoratiga aloxida e’tibor berilmokda.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: ”Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmokdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. O‘kituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab kilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini boskichma-boskich muvaffakiyatli amalga oshirish ko‘p jixatdan o‘kituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga boglikdir. Shunday ekan, soglom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mexnat kilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o‘kitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga boglikdir. O‘kituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirigini bajaradi, shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o‘kituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o‘kituvchi mustakillik goyasiga e’tikodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma’lumoti, ya’ni o‘z fanining chukur bilimdoni, pedagogik mulokot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi, o‘rganishi va baxolay olishi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng makbul usul va vositalarini tanlay olish kobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Mustakil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan soglom avlodni tarbiyalash nozik, nixoyatda katta dikkat-e’tiborni talab kiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o‘kituvchi, o‘kuvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r xavas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonni boshkarar ekan, pedagogik bilim va maxorat egasi bo‘lishi lozim. Shundagina o‘kituvchi pedagogik xodisalarning moxiyatini va dialektikasini, pedagogik mexnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogik maxoratni egallay oladi.
Pedagogik bilim va maxorat egasi bo‘lgan o‘kituvchi avval, Pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining konuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining moxiyati, maksad va vazifalarini bilishi darkor. Ta’lim tizimida mexnat kilayotgan pedagoglarning ko‘pchiligi ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik maxoratning zaruriyati va ahamiyatini chukur anglamokdalar.
Shu sababli ular o‘z maxoratlarini uzluksiz oshira borishga, xozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirishga, ijodiy mexnat kilishga intilmokdalar. Ammo shuni ham e’tirof etishimiz kerakki, o‘kuv yurtlarida ayrim o‘kituvchilar o‘z pedagoglik maxoratlarini oshira borishning ahamiyatini yetarli darajada his kilmaydilar, ta’lim to‘grisidagi Konun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini chukurrok o‘rganishga kizikmaydilar, o‘kuv jarayonining ilmiyligiga, zamon talablariga mosligiga, turmush, amaliyot bilan boglanishiga yuzaki karaydilar, o‘kitilayotgan o‘kuv fanlarining ilmiy va goyaviy-tarbiyaviy birligini doimo esda tutmaydilar. Bu esa ular ko‘lida ta’lim olayotgan o‘kuvchi, talabalarning bilim darajasi va saviyasining yetarli emasligiga, o‘kuv dasturlarini o‘zlashtirishdan orkada kolishlariga sabab bo‘lmokda.
Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni ko‘ngildagidek o‘kitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bu goyat murakkab va ko‘p kirrali vazifani fakat malakali pedagogik maxoratga ega bo‘lgan o‘kituvchi kadrlar bilan amalga oshirish mumkin. Shunday ekan, o‘kituvchilik katta san’atdir. Bu san’atga u yoki bu pedagog osongina, o‘z-o‘zidan erisha olmaydi. Buning uchun o‘kituvchilik kasbiga, ya’ni soglom avlodning chinakam murabbiy bo‘lishga xavasi, ishtiyoki zo‘r, zamon talablarini tez va chukur tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik maxoratini izchillik bilan amalga oshira boruvchi, mustakillik goyasi va mafkurasi bilan puxta kurollantirgan, haqikiy vatanparvar va mexnatsevar kishilargina erisha oladilar.
Pedagogik maxorat tugma talant yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mexnat mahsulidir. Bu ko‘p kirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mexnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik maxorat hamma o‘kituvchilar uchun standart, ya’ni bir kolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o‘kituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mexnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Bu jarayonda ilgor o‘kituvchining pedagogik maxorati va tajribalarini boshka o‘kituvchi o‘rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o‘z faoliyatini ilgor tajribalar bilan boyitishi zarur. O‘kituvchining pedagogik maxorati asosan sinf, auditoriya mashgulotlarida yakkol ko‘rinadi. Chunki o‘kuv mashgulotlari o‘zining mazmun va moxiyatiga ko‘ra o‘kituvchining o‘kuv yurtidagi asosiy ishidir. Shu sababli u ilmiy, goyaviy va ommabop bo‘lishi, turmush bilan o‘kuvchi talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan boglanishi zarur.
Ta’lim jarayonida o‘kituvchi bilan o‘kuvchi talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, xurmat, asosiy maksadga erishishda hamkorlik lozim. Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib kolgan, umumiy so‘z va kuruk nasixatgo‘ylikdan iborat bo‘lgan, rasmiyat uchun yuzaki o‘tkaziladigan dars ma’ruza va boshka o‘kuv mashgulotlari o‘kuvchi talabalarni kiziktirmaydi, ularni ilmiy, goyaviy jixatdan yetarli oziklantirmaydi. Shunday ekan, o‘kuv mashgulotlarini shunday tashkil etish kerakki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga nisbatan turli karashlar, ilmiy tafakkur va e’tikodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor.
Ta’lim va tarbiya jarayoni ta’sirchanligining yanada yuksak bo‘lishi, avvalo o‘kituvchining ilmiy saloxiyatiga, yoshlar oldidagi obro‘siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta’lim soxasidagi tajriba va maxorati hamda o‘kuvchi talabalar bilan o‘rnatilgan do‘stona munosabatiga boglikdir.
Davlatimiz raxbari I.Karimov davlat va jamiyat kurilishi akademiyasining ochilishi marosimida so‘zlagan nutkida: ”Birovni o‘kitadigan, tarbiya kiladigan inson avvalo o‘zi har tomonlama barkamol bo‘lmogi shart”. Zamon talablari shuki, professor va o‘kituvchilar o‘zlarida mavjud bo‘lgan bilim va saviya bilan cheklanib kolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini kunt va sabot bilan o‘rganib, magzini chakib, undan keyin o‘z talabalariga sabok berishlari zarurligini aloxida ta’kidlaydi.
Pedagogik faoliyat samarasi o‘kituvchining pedagogik kobiliyati kay darajada shakllanganligiga ham boglikdir. Kobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi deb ta’kidlaydi professor M.Ochilov hamda o‘kituvchi kobiliyatining kuyidagi turlarini tavsiya etadi. Jumladan, bilish kobiliyati, tushuntira olish kobiliyati, kuzatuvchanlik kobiliyati, nutk kobiliyati, obro‘ orttira olish kobiliyati, muomala kila bilish kobiliyati kabilar.
Pedagogik kobiliyat va maxorat o‘kituvchida osonlik bilan shakllanmaydi. Bu kasbni tanlagan kishi o‘z maksadiga erishish uchun uzluksiz o‘kishi, o‘rganishi va izlanishi, ijodiy mexnat kilishi, mustakil yurtimizda bo‘layotgan vokelikni tez anglashi va o‘z mexnatining mamlakat uchun kanchali zarurligini chukur his kilishi zarur.
O‘kituvchining pedagogik maxorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ongliligiga, milliy goya va mafkuraga sodikligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o‘z vazifasiga munosabatiga e’tibor bermok kerak. Ayniksa, pedagogik maxoratda o‘kituvchining fikr doirasi keng bo‘lishi zarurligini aloxida hisobga olish lozim. Chunki, kishida bilim, fikr mukammal bo‘lmasa, u kamolotga erisha olmaydi. Darhaqikat, kishi u yoki bu masalani, albatta fikr orkali xal etadi. Shuning uchun pedagogik maxorat soxibi bo‘lishga intilgan kishi, shubxasiz, o‘z bilimini doimo kengaytirishi, o‘kuvchi, talabaga ma’naviy-axlokiy ta’sir etuvchi goya va fikrlarni yangilab borishi zarur. Buning uchun ko‘p o‘kishi, o‘rganishi lozim. O‘kituvchining pedagogik maxoratiga baxo berishda uni ta’limni kay darajada tashkil kila bilishi muxim ahamiyatga egadir.
Uzluksiz ta’limda dars va ma’ruzalarni mukammal tashkil kilishi o‘kituvchining birinchi navbatdagi vazifasidir. Yukori saviyada o‘tilgan mavzular yoshlar ongida uzok saklanadi, ularning imon, e’tikodi va mafkuralarining shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, o‘kituvchining ilmiy saviyasi o‘z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoki, pedagogik maxorati, dastlab dars va ma’ruzalarda ko‘rinadi. Fan o‘kituvchisining faoliyatiga beriladigan baxo darajasini ham dars va ma’ruzaninng sifati belgilaydi.
Dars berish san’atini egallashda o‘kituvchi uyushtirgan o‘kuv mashguloti, chukur bilim berish vositasi bo‘lishi bilan birga, mustakil O‘zbekistonning ravnaki, ertangi kunga bo‘lgan ishonch, xalkimizning akl-zakovati va mexnatining nimalarga kodirligi, jamiyatning munosib fukarosi va kuruvchisi bo‘lish uchun nimalar kilish zarurligini ko‘rsatuvchi ko‘zgu bo‘lib xizmat kiladi.
Yoshlarimiz o‘z murabbiylari darsidan har jixatdan mamnun bo‘lsinlar. Ularda romantik orzular uygonsin, tafakkuri rivojlansin, amaliy faoliyat, ijodiy kobiliyat, o‘kish-o‘rganish va mexnatga xavas kuchaysin. Ular o‘kuv mashgulotidan so‘ng olgan baxolari bilan emas, balki bilim va malaka hosil kilganliklarini, ma’naviy ozik olganliklarini his kilsinlar. Ta’limning mazmundor, kizikarli va tushunarli bo‘lishi ustoz bilan shogirdlar kalbini, ruxini bir-biriga mustaxkam boglaydi, ular o‘rtasidagi samimiy xurmat va o‘zaro ishonchni mustaxkamlaydi. Buning uchun o‘kituvchi avvalo, o‘z fanini va uni o‘kitish yo‘l-usullarini mukammal o‘zlashtirib olishi, o‘kituvchi-murabbiyga xos madaniyatning yukoriligi, o‘z shogirdlariga xurmat va muxabbat, ular xayotiga kizikish va ruxiy xolatlarni bilish va tushunish, bosiklik, his-tuygularini boshkara olishlari, tashki ko‘rinishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berishlari, nutk madaniyatining yukoriligi, jamoat ishlarida faolliklari, ayniksa, omma o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy-madaniy ishlar targibotchilari bo‘lishlari lozim. Shundagina, mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan o‘kuvchi yoshlarimiz o‘z murabbiylarini nomini zo‘r ehtirom, chukur minnatdorchilik bilan tilga oladilar. Buning uchun har bir o‘kituvchi O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘grisidagi Konunida ko‘rsatilganidek, o‘z fanlari bo‘yicha tegishli ma’lumot egasi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va yukori axlokiy fazilat egasi bo‘lishlari darkor.

ADABIYOTLAR:




1. Karimov I.A. Barkamol avlod -O‘zbekiston tarakkiyotining poydevori. T. 1997.
2. Karimov I.A. Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman. T. 2000.
3. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘grisidagi Konuni. T. 1997.
4. Pedagogika (o‘kuv ko‘llanma). prof A.Munavvarov umumiy taxriri ostida. T. “O‘kituvchi”. 1996.
5. Ochilov M. Bo‘lgusi o‘kituvchining axlokiy shakllanishi. T. “O‘kituvchi”. 1979.
6. Ilina T.A. Pedagogika (o‘kuv ko‘llanma). M. 1984.
7. www.ziyonet.uz
Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling