Reja: Joylashgan o’rni
Download 1.02 Mb.
|
Germaniya-тотал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz sanoati
Sanoati
A) Sanoati. Mamlakat sanoat tarmoqlar tarkibida qayta ishlash sanoati hissasi juda yuqori. (Qazib chiqarish sanoati xissasi g'arbiy yerlarda 2 foiz, sharqiy yerlarda esa 9 foizni tashkil etadi). Germaniyada bir qancha qazib chiqarish (temir ruda, mis rudasi, uran rudasi) tarmoqlari o'z faoliyatini amalda to'xtatgan. So'nggi yillarda import asosida olib kelinadigan arzon xom-ashyo istemolning o'sish hisobiga ko'mir sanoatida toshko'mir qazib chiqarish keskin qisqarmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda fan-talab tarmoqlar hissasi oshib bormoqda. Germaniya stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlari avtomobillar, organik ximiya mahsulotlari eksport qilish bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. GFR dagi barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy korporasiyalar hisoblanadi. (Daimler-Benz, Volkswagen, Siemens, Hoechst, Bayer). Energetika sanoati o'zining yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojining yarmidan ortig'ini import hisobiga ta'minlaydi. Germaniya yoqilg'i-energetika balansida neft va tabiiy gaz muhim rol o'ynaydi. Ko'mir hissasi esa 30 foizni tashkil etadi. Neft mamlakatga neft quvurlari va tankerlar orqali Shimoliy dengiz, Rossiyadan, Afrika mamlakatlari (Nigeriya, Liviya) va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan tashib keltiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo'ylab bir tekis joylashgan bo'lib, uning Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Ingolshtadt, Shvedt kabi yirik markazlari ishlab turibdi. Gaz sanoati Niderlandiyadan, Shimoliy dengizdagi Norvegiyaga qarashli konlardan, Rossiyadan va mahalliy konlardan qazib olinadigan tabiiy gazlarga tayanadi. 1950 yillarga kelib mamlakatda toshko'mir qazib chiqarish 152 mln tonnaga yetkazilgan edi. O'sha davrlarda toshko'mir sanoati energetik sanoatining asosini tashkil etgan edi. So'nggi yillarda ushbu sanoatda toshko'mir qazib olish qisqarib bormoqda. Natijada Germaniya eng ko'p ko'mirni eksport qiluvchi mamlakatlardan eng ko'p ko'mirni import qiluvchi mamlakatga aylandi. (Jahon bozorida ko'mir Germaniya ko'miriga nisbatan 3-4 marta arzon). 1994 yilda mamlakatda ko'mir qazib chiqarish 57,6 mln tonnagacha kamaydi. Germaniyaga ko'mirning katta qismi AQShdan, Polsha, JAR va hatto Avstraliyadan tashib keltiriladi. G'arbiy Germaniya birlashuviga qadar qo'ng'ir ko'mir qazib chiqarish bo'yicha G'arbiy Yevropada birinchi, Sharqiy Germaniyada esa dunyoda oldingi o'rinlarni egallagan. (Hozirgi vaqtda 250 mln tonnadan ortiq ko'mir qazib chiqarilmoqda). GFRda asosan elektro energiya issiqlik elektrstansiyalarda ishlab chiqariladi. Mamlakatda issiqlik elektrstansiyalar Rur va Saar hovzalari va port shaharlarida ko'mirga tayanib, ishlamoqda shimolda esa tabiiy gazga, neftni qayta ishlash markazlarida esa mazutga tayanib ishlaydi. AESlarda esa elektroenergiyaning 30 foizi ishlab chiqarilmoqda. GESlar asosan mamlakatning janubida qurilgan. (tog' daryolarida). Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling