Reja: Joylashgan o’rni
Download 1.02 Mb.
|
Germaniya-тотал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transporti Transport tarmoqlari.
- Havo transporti
Qishloq xoʻjaligi
Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 mln. ga yer bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdek uzum, meva, sabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut yetishtiriladi. Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) oʻrmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 mln. kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplaydi. Germaniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi. Transporti Transport tarmoqlari. Germaniya transporti yo'llarining zichligi bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Mamlakatning asosiy transport turini temir yo'llar tashkil etadi. Temir yo'llarning umumiy uzunligi 44 ming km atrofida bo'lib, shundan jami temir yo'llarning qismi elektrlashtirilgan. Jami tashiladigan yuk aylanmasida avtomobil transportining hissasi 60 foizni, temir yo'l transportiga 20 foiz, daryo transportiga 15 foiz to'g'ri keladi. Yo'lovchi tashish aylanmasida esa avtomobil transportining hissasi yanada yuqori ya'ni 90 foizni tashkil etadi. Germaniyada ichki suv yo'llarining uzunligi 7 ming km atrofida. Mamlakatning Reyn daryosidagi xalqaro magistral suv yo'lida ko'plab yirik portlar joylashgan bo'lib, unda yillik yuk aylanmasi 50 mln tonna bo'lgan dunyodagi eng yirik daryo porti-Duysburg joylashgan. Germaniya kemalarda konteynerlarda yuk tashish tonnaji bo'yicha dunyoda AQSH, Panama va Tayvandan so'ng 4-chi o'rinda turadi. Germaniya dengiz portlari yuk aylanmasi hajmiga ko'ra yevropa mamlakatlarining yirik portlaridan keyinda turadi. Mamlakatda Gamburg, Vilgelmsxafen, shuningdek Bremen, Emden, Rostok kabi yirik portlar ishlab turibdi. Havo transporti dengiz transporti kabi mamlakat tashqi aloqalarida muhim rol o'ynaydi. Barcha savdo yarmarka markazlari mamlakat aeroportlarida joylashgan. Germaniyada jami 16 ta xalqaro aeraportlar bo'lib, shu bilan birgalikda Frankfurt aeroporti yuk aylanmasi bo'yicha Yevropada birinchi, yo'lovchi tashish hajmi bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling