Reja: Joylashgan o’rni


Download 1.02 Mb.
bet6/8
Sana24.03.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1290416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Germaniya-тотал

B) Qishloq xo'jaligi.
Germaniya qishloq xo'jaligida o'z hududining 50 foizidan foydalanadi. Biroq ushbu tarmoqning mamlakat yalpi ichki mahsulotlar hissasida faqat 1 foizni tashkil etadi. (mahsulot qiymati bo'yicha)mamlakat qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotning 60 foizini chorvachilik sohasi beradi. Mamlakat chorvachiligining yetakchi sohalari yirik qoramolchilik va cho'chqachilik sohalari hisoblanadi.
Germaniyada ekin maydonlar mamlakat maydonining 35 foizini tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi ekin maydonlariga nisbatan yem-xashak ekin maydonlar katta maydonlarni egallaydi. Shunga qaramay mamlakatda yem-xashak ekinlar katta miqdorda chetdan import qilinadi.
Donli ekinlar mamlakat g'arbiy yerlarida haydaladigan yerlarning qismini, sharqda esa qismini egallaydi.
Qishloq xo'jaligida bug'doy asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi, lekin Germaniya javdar, suli, arpa yetishtirishda Yevropada alohida ajralib turadi.
Pivo ishlab chiqarish uchun arpaning bir qancha sortlari yetishtiriladi. Germaniya o'zini donli oziq-ovqat ekinlari bilan to'la ta'minlaydi.
Bovariyada katta maydonlarda xmel yetishtiriladi. Bundan tashqari mamlakatda kartoshkachilik va qand lavlagi yetishtirish muhim o'rin tutadi. Reyn daryosi va uning irmoqlari bo'ylab (mamlakatning g'arbiy rayonlarida) uzumchilik va bog'dorchilik yo'lga qo'yilgan.

Nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir kumir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat. Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948-yilda bozor xoʻjaligiga oʻtilganligi hal qiluvchi omil boʻldi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi oʻrinda. Germaniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling