Reja: Kalit iboralar


Download 27.97 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi27.97 Kb.
#1525773
  1   2   3   4
Bog'liq
14-ma’ruza


14-ma’ruza. Yo‘lovchi stansiyalari va vokzallari haqida umumiy ma’lumotlar.
REJA:
Kalit iboralar
Shaxsiy yo’lovchi stansiyalari, texnik yo’lovchi stansiyalar, birlashtirilgan
yo’lovchi stansiyalar, zona yo’lovchi stansiyalari, o’tkazib yuboruvchi yo’lovchi
stansiyalari, berk turdagi yo’lovchi stansiyalari, vokzal.
2. Yo’lovchi stansiyalarining turlari
Bajariladigan ishlarning xarakteridan kelib chiqib yo’lovchi stansiyalar
quyidagilarga ajratilgan:
1) shaxsiy yo‘lovchi – vokzali, qabul qilib jo’natish parki, yo’lovchilarni
chiqarish va tushirish uchun platformalari, o’tish ko’priklari va tunellari mavjud
bo’lgan stansiyalar. Ushbu stansiyalar yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish, harakatni
boshlayotgan yoki tugatayotgan poyezdlarni qabul qilib jo’natish va tranzit
poyezdlarni o’tkazib yuborish bilan bog‗liq ishlarni bajaradi. Shu qatori
yo’lovchilar va bagajni tashish uchun xujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha barcha
tijoriy jarayonlarni bajaradi;
2) texnik – yo’lovchi tarkiblarini ekipirovka, qayta tuzish, ta‘mirlash va olib
qo’yish uchun yo’l va qurilmalarga hamda vagon ta‘mirlash va depo qurilmalariga
ega bo’lgan stansiya. Ba‘zi holatlarda bunday stansiyalarda bagaj xamda pochta
qurilmalari ham bo’ladi. Ushbu stansiyalar harakatini boshlayotgan va
tugatayotgan poyezdlar tarkiblari bilan jarayonlarni bajarishga mo’ljallangan;
3) birlashtirilgan - yo’lovchi tashish harakati va barcha turdagi yo’lovchi
poyezdlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha barcha turdagi ishlarni bajarishga
mo’ljallangan;
4) xududiy - Shahar atrof yo’lovchi poyezdlar harakati nisbatan ko’p
bo’lgan uchastkalarda tashkil etiladi. Bu erda shahar atrof yo’lovchilariga xizmat
ko’rsatishdan tashqari shahar atrof poyezdlarining bir qismi aylantiriladi va
ularning texnik ishlov berilishi amalga oshiriladi. Ba‘zi hollarda ularning
ekipirovkasi ham o’tkaziladi. Ba‘zi bir hollarda zonaviy stansiyalarda lokomotiv
va vagon ta‘mirlash depolari ham joylashtiriladi. Bulardan tashqari shahar atrof
liniyalarida faqatgina yo’lovchilarni poyezdlarga chiqarish va tushirish uchun
―to’xtash punktlari‖ ham tashkil etiladi va ular ajratish punktlari sirasiga
kiritilmaydi.
Bundan tashqari yo’lovchi stansiyalari quyidagilarga ajratiladi:
1) o‘tkazib yuboruvchi – stansiyaning yuqori darajadagi o’tkazuvchanlik
qobiliyatini ta‘minlashga xizmat qiluvchi stansiyalar bo’lib undan poyezdlar
to’xtamasdan o’tib ketishi mumkin;
2) berk turdagi – bunday stansiyalarning qabul qilib jo’natish yo’llari berk
bo’ladi. Bunday stansiyalarning qurilishi hozirgi kunda Mintransning maxsus
112
ruxsati bilangina amalga oshirilmoqda, chunki bunday stansiyalardagi poyezdlar
harakati ko’plab qaytariladigan marshrutlarni amalga oshirilishini talab etadi va bu
stansiyaning o’tkazuvchanlik qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Bundan tashqari
bunday stansiyalarning qabul qilib jo’natish yo’llaridan foydalanish koeffitsienti
juda ham past. Poyezdlar harakat miqdorining oshishi bilan bunday stansiyalar
berilgan poyezdlar harakat miqdoriga ishlov berishni ta‘minlay olmaydi va ularni
kelajakda qayta jihozlash lozim bo’ladi va bu o’z navbatida katta kapital
qo’yilmalarni talab etadi. Ba‘zi hollarda bunday stansiyalarni o’tkazib yuboruvchi
stansiyalar turiga aylantirishga yoki ularning qurilishini yangi joyda amalga
oshirishga to’g‗ri keladi.;
3) aralash (berk-o‘tkazib yuboruvchi), ham berk, ham o’tkazib yuboruvchi
yo’llarga ega bo’lib, faqatgina mahalliy va Shahar atrof poyezdlari uchun
qo’llaniladi.

Download 27.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling