Reja: Kalit iboralar
YO„LOVCHI STANSIYALARINING ASOSIY QURILMALARI
Download 27.97 Kb.
|
14-ma’ruza
14.2 YO„LOVCHI STANSIYALARINING ASOSIY QURILMALARI
Yo’lovchi stansiyalarning asosiy qurilmalariga – vokzal, yo’l qurilmasi, pochta va bagaj qurilmalari kiradi. Vokzal– bu, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun xizmat qiladigan bino va inshootlar majmuasidan tashkil topgan bo’lib ularga vokzal oldi maydonchasi, yo’lovchilar binosi, platformalar, o’tish yo’lakchalari va tunellar, konkorslar, o’tish ko’priklari, yordamchi inshootlar, nisbatan qulaylik yaratishga mo’ljallangan kichik arxitektura shakllari, elektr soatlar, savdo rastalari, mahalliy transportlar va muqaddas qadamjolarga yo’naltiruvchi ko’rsatgichlar va boshqalar kiradi. Yo’lovchilar binosida kutish zallari, chiptaxonalar, bagaj bo’limlari, qo’l yukini saqlash kameralari, ma‘lumotlar byurosi, ona va bolalar xonalari, dam olish xonalari, pochta, telegraf, maishiy (restoran, sartaroshxona va boshqalar) xamda ma‘muriy xizmat xonalari joylashtirilgan. Vokzal binosining rejasi - yo’lovchilar harakatining oqimini, uzoq va mahalliy aloqadagi yo’lovchi poyezdlarda keladigan va jo’naydigan yo’lovchilar oqimining taqsimotini, yo’lovchilarni poyezdlarga borish va undan ketish marshrutlarining xavfsizligini ta‘minlamog‗i lozim. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish bo’yicha bajariladigan ish xajmidan kelib chiqib, vokzallar yuqori sinf, 1,2,3 sinflarga bo’linadi. Yo’lovchilar binosi va perron yo’llarining o’zaro joylashishidan kelib chiqib to’rt turga bo’linadi: berk, yonbosh, orolli va aralash. Yo’l qurilmasi o’z ichiga poyezdlarni qabul qilish va jo’natish, manevr ishlarini o’tkazish va ba‘zi bir vagonlarni vaqtinchalik ushlab turish uchun mo’ljallangan yo’llarni oladi. Pochta va bagaj qurilmalari o’z ichiga bagaj kassalarini, omborlarni, platformalarni, pochta va bagajlarni harakati uchun tunellarni oladi. Yo’lovchi stansiyalarida turistik poyezdlarning ayrim qurilmalari (ushlab turish yo’llari, kanalizatsiya quvurlari, platformalarning yoritgichlari, xojatxonalar, dush va maishiy xizmat ko’rsatishxonalari, oyoq kiyimlar ta‘mirlash ustaxonalari, pochta, sport inventarlari ijarasi va boshqalar) ko’zda tutilgan. Turistik poyezdlarni 117 ushlab turish bazasi uchun joyni tanlash stansiyaning turiga, uning shahardagi tutgan o’rniga va turistik poyezdlarning harakat miqdoriga bog‗liqdir. Download 27.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling