Reja: kiri sh


Ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy bo’limlari


Download 164 Kb.
bet3/14
Sana21.02.2023
Hajmi164 Kb.
#1219315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
17 mavzu

1.2 Ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy bo’limlari.

Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat talablariga ko’ra, pedagogik texnologiyalarning eng so’nggi yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi. Ta’lim mazmunini shakllantirish zamonaviy pedagogikada 4 ta muhim tarkibiy qismlar hisobiga amalga oshiriladi.


1.Talabalar egallashi zarur bo’lgan bilimlar tizimi (til fanlari, tushunchalar , qoidalar va ta’riflar tizimi)
2.Tanlangan ilmiy – nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko’nikma va malakalar tizimi
3.Talabalarni ijodiy faoliyat usullariga o’rgatish. Faoliyat qayta xotirlash, qisman ijodiy va ilmiy – ijodiy darajada bo’lishi mumkin
4.Talaba va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi ona tili o’qitish mazmuni fonetika, leksikologiya, grammatika, uslubiyat, to’g’ri talaffuz, to’g’ri yozish, so’z tanlash va gap tuzish, ijodiy fikrlash, fikrni to’g’ri, aniq ifodalash, ifodali o’qish, matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.
“O’zbek (ona) tili o’qitish metodikasi” fanining ilmiy tadqiqot obyekti ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari, mazmuni, vositalari, usul va metodlari mutanosibligini ta’minlash asosida tashkil etilgan o’quv jarayoni hisoblanadi.
“O’zbek (ona) tili o’qitish metodikasi” fanining predmeti esa maktabda ona tili o’qitish jarayonidir. Bu jarayon:

  1. ona tilidan o’quvchilarga beriladigan zaruriy bilimlar silsilasi;

  2. shu bilimlarga muvofiq keladigan malaka va ko’nikmalar

tizimi;

  1. ijodiy faoliyat usullari;

  2. o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga qamrab oladi.

Ona tilidan zaruriy bilimlar silsilasi bu bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan va o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan til materiallari– tushunchalar, qoidalar, ta’riflar, o’quv topshiriqlarini o’z ichiga qamrab oladi.
Xo’sh, bilim nima? Bilim insonning kundalik hayotida orttirgan tajribalari, umumlashmalari, takrorlanib turuvchi hodisalarda ochgan qonuniyatlari bo’lib, avloddan avlodga yetkaziladi. “Bilim – moddiy borliqning inson ongidagi in’ikosi, tajribada sinalgan aniq Bilimlar asoslar, tamoyillar, qonunlar tarzida mavjud. natijalaridir.”
Insonnining faol va bunyodkor ongi va tafakkurining mahsuli bo’lgan bilim insonni hayvondan farqladi. Lekin ta’lim tizimi ta’lim mazmuni tarkibiga kiritiladigan bilimlar silsilasiga o’zgacha yondashadi – u ta’lim oluvchiga berilishi, singdirilishi zarur bo’lgan bilimlarni ta’lim maqsadi “elagi”dan o’tkazadi va, albatta, beriladigan bilimlarni pragmatik ahamiyati, ya’ni olingan bilimlarni amaliy qo’llash – tatbiq va ijodliylik imkoniyatlari nuqtayi nazaridan baholaydi. Shuning uchun bilim/ilm umuman va ta’lim mazmuni tarkibiy qismi sifatida belgilangan bilimlar/ilmiy talqin va tahlil asoslari ayni bir narsa emas – ta’lim mazmuni tarkibiga kiritilgan bilimlar silsilasi umumiy bilim/ilmning ta’lim maqsadi nuqtayi nazaridan tanlangan, ta’lim oluvchininig yoshi, aqliy, jismoniy, kasbiy (faoliyat) xususiyatlari va ijtimoiy (jumladan, kasbiy) ehtiyojlariga muvofiqlashtirilgan bo’lagi, parchasidir. U, albatta, pragmatik ahamiyatli – tatbiq etiladigan va uning asosida ijod qilish mumkin bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lmog’i zarur.

Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling