Reja: kiri sh


Bilim tatbiq, ijod bilan ahamiyatli


Download 164 Kb.
bet4/14
Sana21.02.2023
Hajmi164 Kb.
#1219315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
17 mavzu

Bilim tatbiq, ijod bilan ahamiyatli. Bilim amaliy tatbiqini topmasa, u ta’lim oluvchi tafakkuri uchun ortiqcha yuk va juda tez xotiradan ko’tarilib, unutiladi, bunday – amaliy tatbiqsiz bilimni o’rganish va o’rgatishga sarflangan mehnat zoye ketadi. Lekin bilim va ijod, bilimdonlik va ijodiylik, bilim va uning amaliy tatbiqi ham bir narsa emas. Har bir yangi avlod hayotga qadam qo’yar ekan, ilgarigi avlodlar tajribasini o’rganadi hamda shu asosda yangi bilimlar yaratadi. Ta’lim maqsadi bilan bog’liq ravishda ta’lim oluvchida hosil qilinishi lozim bo’lgan bilimlar hajmi va tabiati ijtimoiy zarurat bilan belgilanadi hamda tarbiyalanuvchining iqtidori bilan muvofiqlashtirilgan bo’lishi lozim. Zeroki, bilim maqsad, shaxsni faoliyatga yo’llash hamdа bilim~malaka va ko’nikmalar zanjiri asosini tashkil etadi. Bilim, xususan, umumiy o’rta ta’lim bosqichida ta’lim oluvchi egallashi lozim bo’lgan bilimlar malaka va ko’nikmalar hosil qilish bilan, ya’ni o’quvchining ijodiy ~ amaliy tatbiq faoliyati bilan uzviy bog’liq bo’lishi kerak.
Bilim tarbiyalanuvchi uchun jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichida zaruriy malaka va ko’nikmalarni hosil qilish uchun muhimdir. Tarbiyalanuvchida hosil qilinadigan malaka va ko’nikmalar ta’lim mazmuni uchun maqsaddir. Ta’lim mazmuni – tarbiyalanuvchida ijtimoiy zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish vositasi.
Bilimlar bilish faoliyatining oxirgi mahsuli emas, balki har qanday bilim ta’lim oluvchi shaxsini jamiyat belgilagan ijtimoiy
93 zarurat talablari asosida g’ayratga undagan taqdirdagina qimmatlidir.
Malaka va ko’nikma. Ko’nikma–shaxsga singgan, uning ajralmas atributi (xususiyati) bo’lgan avtomatlashgan malakadir. Pedagogik adabiyotlarda ko’pgina tadqiqotchilar malaka va ko’nikmani aksincha – ko’nikmani qobiliyat, imkoniyat; malakani esa shaxsga singgan, avtomatlashgan ko’nikma sifatida baholaydilar.94 O’zbek didaktlaridan A.G’ulomov ham o’z qarashini shu fikr nuqtayi nazaridan bayon etgan. M.Mahmudova, B.Adizov, S.Og’ayev, O.Roziqovlar esa juft so’z ko’nikma~malaka atamasidan foydalanadilar. Atamada tarkibiy qismlarning joylashish tartibidan ko’rinib turibdiki, olimlar ko’nikmani quyi bosqich, malakani esa yuqori bosqich sifatida qabul qilishga moyildir va bunday qarashni o’zbek didaktikasi uchun umumiy deb sanash mumkin. Ammo malaka va ko’nikma atamalarining asoslari ifodalaydigan mazmunga bunday tushunish zid. Zeroki, malaka so’zi– (“O’zbek tili morfem lug’ati” (A.G’ulomov va b. T.: O’qituvchi, 1977)da bu so’z sinxronik sistemaviy tahlil nuqtayi nazaridan juda to’g’ri ravishda tub leksema tarzida berilgan bo’lsa-da) arabcha so’z bo’lib, “molik bo’lmoq”, “ega bo’lmoq”; ko’nikma so’zining o’zagi esa “ko’nikmoq”, “biror narsaga odatiy va me’yoriy deb qarash” ma’nolariga ega.
“O’zbek tilining izohli lug’ati”da ko’nikma so’zi mahorat, malaka so’zlari bilan; malaka so’zi esa mahorat so’zi bilan sinonim tarzida beriladi. Fikrimizni chuqurroq tahlil qilish maqsadida A.Hojiyev tomonidan tuzilgan “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”ni ko’zdan kechiramiz. Lug’atda “ko’nikmoq”, “ko’nikma” so’zlarining ma’nodoshlari sifatida odat hosil qilmoq, odatlanmoq, o’rganmoq
95 keltiriladi. so’zlari
O’TIL da esa “odat”, “odatlanmoq” so’zlari o’rganish bo’lib qolgan harakat, qiliq, ma’nosini bildirishi izohlanadi. Bizningcha, malaka, ko’nikma so’zlarining mohiyatiga ko’nikmani qobiliyat, imkoniyat; malakani esa avtomatlashgan qobiliyat sifatida yondashish rus pedagogik terminologiyasiga taqlidan yoki aynan tarjima qilish oqibatida kelib chiqqan. Chunki rus pedagogik terminologiyasida

Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling