Reja: kiri sh
умение−ilk bosqich sifatida, навык
Download 164 Kb.
|
17 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiatga har neki odat erur, Chu eskirdi odat tabiat erur.
умение−ilk bosqich sifatida, навык–yuqori bosqich sifatida farqlanadi. Shuning uchun biz o’zbek tilida malakani quyi, ko’nikmani undan yuqori bosqich sifatida tushunishimiz ma’qul. Lekin shuni ham ta’kidlash joizki, sharq didaktikasi bilim~malaka~ko’nikma zanjiri bilan cheklanib qolmaydiki, biz bu haqda quyida so’z yuritamiz.
Ta’lim oluvchida ta’lim jarayonida hosil qilingan malaka va ko’nikmalar ko’proq darajada ongli, puxta, natijalarning ishonchli bo’lishi bilan birga, o’zgarib turadigan sharoitlarda zarur harakatni tanlay olish, uni bajara olish bilan xarakterlanadi. “Bilimli” bilan “tarbiya ko’rgan” orasida farq bor. Xalqimizning “Farzandingni yo maktabga ber, yo madaniyatlilar davrasida tut” mazmunidagi ta’birlari zamirida nima yotadi? Tarbiya ko’rgan shaxs, albatta, bilimli bo’ladi, lekin u o’z bilimidan hamisha jamiyat talablariga mos ravishda, jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlariga rioya etgan, muayyan shart-sharoitni hisobga olgan holda foydalana olishi kerak. Tarbiya ko’rgan deganda ilm-u bilimiga, sharoitga va maqsadga mos ravishda amal qila oladigan shaxs tushuniladi. Bu xislat uning tabiatiga aylangan bo’lishi shart. Mir Alisher Navoiy aytganlaridek: Tabiatga har neki odat erur, Chu eskirdi odat tabiat erur. Bugungi davr nafaqat bilimli shaxsni, balki bilimlaridan jamiyat talablariga mos foydalana oladigan, mustaqil fikrlaydigan, bunday odat uning tabiatiga aylangan, ya’ni tarbiyalangan, madaniyatli, ma’naviyatli shaxsni yetishtirib berishni maktab oldiga maqsad qilib qo’ygan. Demak, so’z nafaqat bilim, malaka va ko’nikma zanjiri, balki bilim ~ malaka ~ ko’nikma ~ odat ~ tabiat uzluksiz zanjiri haqida borishi kerak va so’nggi bosqichga ko’tarilgan shaxsgina tarbiya ko’rgan shaxs sanalishi mumkin. Shuning uchun biz: bilim ~ malaka ~ ko’nikma ~ odat ~ tabiat pog’onaviy zanjiri haqida gapirishimiz kerak.1 Zarur bo’lgan bilimlarni topa oladigan, olganlarini sharoitga mos ijtimoiy-ma’naviy- ahloqiy me’yorlarga muvofiq amalga tatbiq etish tabiatiga aylangan shaxsgina tarbiyalangan, tarbiya ko’rgan shaxs sanalishi mumkin. Bu esa tabiat bilan bog`lab o`tishimizga sabab bo`ladi Faylasuf I.Gyote ta’kidlaganidek: “Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o’rganadi va shu yo’l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.” “O’zbek (ona) tili o’qitish metodikasi” fanining maqsadi: talabalarni оnа tili ta’limi bo’yicha amaliyotga tayyorlash: samarali metodlarni tanlash hamda qo’llash bo’yicha kasbiy tayyorgarligini ta’minlash, pedagogik tafakkurni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun zaruriy bilim, malaka hamda ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. “O’zbek (ona) tili o’qitish metodikasi” fanining vazifalari: –o’quvchilarni ta’limning subyektiga aylantirish yo’llari; –ularni faollashtirish usullarini o’rgatish; –ona tili bo’yicha darsliklar mazmuni bilan tanishtirish; –ta’lim metodlari va ulardan foydalanish bo’yicha tushuncha hosil qilish; –ona tili predmetidan yillik va bir soatlik rejalar tuzish; –yozma ishlarni tekshirish va baholash hamda DTS talablari asosida o’quvchilar bilimini aniqlash va baholash yo’llarini o’rgatish; –ona tilidan tilshunoslik asoslarini emas, til imkoniyatlaridan foydalanishni o’rgatish yo’llarini singdirishdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar: “O’zbek (ona) tili o’qitish metodikasi” fani bo’yicha talaba quyidagilarni: maktabda ona tili o’qitishning bosh maqsadi va vazifalarini bilish; o’quvchilarni fikrlash va o’z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda to’g’ri, sodda, ravon, tinglovchiga tushunarli tarzda bayon qila olish faoliyatiga tayyorlashni uddalay olish; o’quvchilarni fikr mahsulini nutqning ham og’zaki, ham yozma ko’rinishlarida birdek ravon bayon eta olish yo’llarini egallashga o’rgatish; bolalarda nutqiy me’yorlarni tarbiyalash; ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarni nutq madaniyatini egallashga o’rgatish; ona tili ta’limining bosh maqsadi har bir soatlik dars jarayonida, dars jarayonida foydalaniladigan usul va o’quv topshiriqlarida voqelanishi zarurligi mashg’ulotlarga tayyorlanishning mezoni bo’lishi; ona tili bo’yicha darslarni tashkil etish yo’llarini; o’quvchilarni ta’lim kechimining subyektiga aylantirishni; dars davomida o’quvchilarni faollashtirish yo’llarini bilishi kerak. “O’zbek (ona) tili o’qitish metodikasi” fani bo’yicha talaba quyidagi ko’nikmalarni egallagan bo’lishi zarur: har bir sinfda didaktik ta’limiy vositalar(“Axborot banki”, darslik, o’quv qo’llanma)lardan, texnik vositalar, AKTlaridan unumli foydalana olish; yillik mavzuiy va bir soatlik reja-konspekt tuza bilish; –yozma ishlarni to’g’ri tekshirish va baholay olish; –o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish yo’llarini bilish. “O’zbek (ona) tili o’qitish metodikasi” fani bo’yicha talaba quyidagi malakalarga ega bo’lishi muhim: o’quvchilar bilimini to’g’ri baholay olish; o’quvchilar bilan munosabatga kirisha olish; sinf o’quvchilarini didaktik maqsadga yo’naltira bilish; darsliklar doirasidagi barcha filologik tushunchalardan foydalana olish. Download 164 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling