Reja: Kirish Asosiy qism I oqsillar ularning strukturasi va hususiyatlari II oqsillar, umumiy tushuncha
Download 0.55 Mb.
|
11111Oqsillar ularning strukturasi va hususiyatlari
Oqsillar ularning strukturasi va hususiyatlari
OqsillarOrganik moddalar ichida shunday birikmalar ham borki, ular tarkibi, tuzilishi, xossalari jihatidan biror organik modda sinfiga tegishli bo’lmay, alohida turni tashkil etadi. Bular oqsillardiri. α — Aminokislotalarning polikondensatsiyalanishidan hosil bo’lgan va polipeptid bog’lari saqlagan tabiiy yuqori molekulyar moddalar oqsillar deyiladi. Oqsillar tirik organizmlarhayotini ta’minlab turuvchi asosiy moddalar bo‘lib, ulaming tuzilishi juda murakkabdir. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridagi oqsil moddalarning miqdori (% hisobida)
Har qanday oqsilning o’ziga xos eng asosiy qismi uning — C(O) — NH— peptid bog’idir. Oqsillar — polipeptidlardir, ya’ni. ko‘p sonli (200—10000000 gacha) α-aminokislotalaming qoldiqlaridan tashkil topgan polimer moddalardir. Umumiy holda polipeptidlarni quyidagicha tasvirlash mumkin: R1, R2, R3, R4 — α — aminokislotalarning tarkibiga kiruvchi radikallar. Tik chiziqlar bilan polipeptidni hosil qilgan aminokislota qoldiqlari ajratilgan. Oqsil makromolekulasida aminokislota molekulalari qoldiqlari o‘rtasida peptid bog‘lari mavjudligi gipotezasini A. Ya. Danilevskiy (1888 y.) aytgan, XX asming boshlarida nemis olimi E. Fisher 19 aminokislotadan iborat polipeptidni sintez qilib, bu gipotezaning to‘g‘riligini isbotladi. Oqsillar tarkibiga turli sonli 22 xil α -aminokis ota qoldiqlari kiradi. Masalan: insulin — 51, mioglobin—140ta aminokislota qoldig‘idan iborat bo‘lsa, qon gemoglobinining tarkibi (C738H1166O208N203S2Fe)4 bo’lib, 4 ta 2 ta α, 2 ta β-gemoglobin birikmasidan iboratdir. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki oqsillar juda “katta” molekulalar bo‘lib, ular tarkibiga ko‘p sonli α—aminokislota qoldiqlari kiradi va bunday molekulalarning tuzilishi juda murakkabdir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling