Reja: Kirish Bob. Bo‘shliqichlilar va ularning filogeniyasi, kelib chiqishi


Boshliqichlilar tipining umuviy tavsifi


Download 38.24 Kb.
bet7/15
Sana16.03.2023
Hajmi38.24 Kb.
#1278863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
1546881624 73712

Boshliqichlilar tipining umuviy tavsifi. Bo‘ shliqichlilar tipiga 9000 ga yaqin tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi. O‘troq, erkin, yakka yoki koloniya bo‘ lib yashaydi. Tanasi radial o‘qli simmetriyaga ega. Simmetriya soni takrorlanib turadigan organlar soniga bog‘liq. Organlar soniga binoan bo‘ shliq ichlilar 2, 4, 6, 8 yoki undan ko‘ proq simmetriya yuzasiga ega bo‘lishi mumkin.
Bo‘ shliqichlilar - ikki qavatli hayvonlar. Ontogenezda ularning tanasida faqat ikkita qavat, ya‘ni tashqi ektoderma va ichki endoderma hosil bo‘ladi. Bu ikki qavat mezogleya parda orqali ajralib turadi. Bo‘shliqichlilar tanasini odatda bir uchi ochiq, ichi bo‘ sh qopga o‘ xshatish mumkin. Og‘zi bir necha paypaslagichlar bilan o‘ralgan. Ozig‘i tana bo‘shlig‘ida hazm bo‘ ladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldig‘i yana og‘iz teshigi orqali chiqarib yuboriladi. Embriologiya nuqtai-nazardan bo‘ shliqichlilar tanasini gastrulaga qiyoslash mumkin.
Hayot kechirish xususiyatiga binoan bo‘shliqchililar o‘troq yashovchi poliplar va erkin yashovchi meduzalarga ajratiladi. Poliplar odatda koloniya hosil qiladi; meduzalar esa erkin yashaydi. Lekin poliplar orasida ham yakka yashovchi va sekin harakatlanuvchi vakillari bor. Poliplar koloniyasi yangi kurtaklarni ona polipdan ajralib ketmasligi tufayli hosil bo‘ladi. Koloniya bir xil poliplardan (monomorf koloniya) yoki har xil poliplar (polimorf koloniya) dan iborat bo‘ lishi mumkin. Hamma bo‘ shliqichlilarning otuvchi hujayralari bo‘ladi. Bo‘ shliqichlilar Gidrozoylar, Sifomeduzalar, Korall poliplar sinflariga ajratiladi.
Gidrozoylar (Hydrozoa) sinfi. Gidrozoylar 2800 ga yaqin tuban tuzilgan bo‘ shliqichlilarni o‘z ichiga oladi. Ulag tana bo‘shlig‘ida to‘siqlar bo‘lmaydi; hujayralari kam ixtisoslashgan, halqumi rivojlanmagan. Nerv sistemasi oddiy tuzilgan, nerv hujayralari tanasida tarqoq joylashgan. Jinsiy hujayralari ektodermada hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarining hayot siklida polip va meduza davrlari almashinib turadi. Biroq polip yoki meduza stadiyasi hayot siklidan tushib qolishi ham mumkin. Gidrozoylarning lichinkasi planula deyiladi. Chuchuk suv poliplarining lichinkasi bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik gidrozoylar dengizlarda koloniya bo‘lib yashaydi. Gidrozoylar sinfi gidroidlar va sifonoforalar kenja sinflariga ajratiladi.

Download 38.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling