Reja: Kirish Bob. Bo‘shliqichlilar va ularning filogeniyasi, kelib chiqishi


Bob. Eumetazoalar (Eumetazoa) umumiy tavsifi


Download 38.24 Kb.
bet3/15
Sana16.03.2023
Hajmi38.24 Kb.
#1278863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1546881624 73712

2.Bob. Eumetazoalar (Eumetazoa) umumiy tavsifi.
2.1. Bo‘shliqichlilar (Cnidaria) tipi umumiy tavsifi.
Hayvonlarni asosiy hayotiy funksiyalari - ta’sirlanishi, ularni qabul qilishi, javob qaytarishi hamda borliqda harakat qilish, mo‘ljal olish, o‘ljasini tutish va oziqlanish kabilar hisoblanadi.
Biz oldingi boblarda ko‘rgan Metazoa larning Porifera va Placozoa tiplari vakillari yuqoridagi hayotiy funksiyalarni o‘zlarida namoyon qilishdan hali yiroqda edi. Shunday bo‘lsada ba’zi tomonlarini hisobga olganda hayvonot olamiga kiritish mumkin.
G‘ovaktanlilar (Porifera) gavdasi yirik rang-barang yorqin ranglarda siymolangan bo‘lsada, substratga mahkam yopishgan holatda hayot kechiradi. Ularning o‘troq harakatsiz, murakkab konstruksiyali skeletli tanasidan ko‘z ilg‘amas darajada suv harakatlanadi. Nahotki bu murakkab tayanch karkasni eslatuvchi bu organizmni tirik mavjudot deyish mumkin. Lekin g‘ovaktanlilarning mikroskopik lichinkalari hayot tarzi murakkab evolyutsion yo‘lni bosib o‘tganligidan dalolat beradi.
Trixoplaks lokamatsiyaga layoqatli bo‘lsada. Gavdasi oddiy yassi blastulaga o‘xshab, bosh qismi mavjud emas. Bundan tashqari saprotrop oziqlanishi uni ko‘proq zamburug‘larga yaqin qo‘yadi.
Shuning uchun g‘ovaktanlilar va plastinkasimonlarda ichak, muskul va nervlarni bo‘lmasligi ularni alahida Parazoa taksoniga birlashishiga olib keladi.
Bir ho‘jayralilar, g‘ovaktanlilar va plastinkasimonlar xususiyatlarini ham o‘zida mujassamlashtirgan, hamda qolgan hayvonot olamini barcha taksonlarini Eumetazoa taksoni birlashtiradi. Eumetazoa taksoni Parazoa taksoniga egizak hisoblanadi.
Эуметазоалар - hayvonot olami uchun xos bo‘lgan barcha organlar va hayotiy funksiyalarni o‘zida namoyon qiladi.
Eumetazoalarni umumiy belgilari va xususiyatlari.
1. Epitelial to‘qima.
2. Epidermis, gastrodermis, ichak.
3. Biriktiruvchi to‘qima.
4. Skelet: gidroskelet (suyuqlik), qattiq skelet (qattiq materialdan tuzilgan) ikki xil bo‘ladi. Yumshoq (tog‘ay to‘qima, elastik) va qattiq (o‘zgarmas, suyak va chig‘anoq) skeletlar.
5. Harakat va tana hajmi.
6. Muskul hujayra va muskul to’qimasi , muskul sistemasi.
7. Nerv hujayra va nerv to’qimasi, nerv sistemasi.
8. Sensor hujayralar va sezgi organlari. Tuzilishi va funksiyasi hayvonlar va boshqa organizmlar yashab qolishi tashqi muhitda bo’ladigan o’zgarishlarni qay darajada sezishi va qabul qilishiga bog’liq. Hayvonlar o’zlarini o’rab turgan tashqi muhutni dinamik o’zgarishini maxsus sensor tuzilmalar orqali qabul qiladi. Qaysiki bu sensor tuzulmalarini har biri alohida tipdagi stimullarni qabul qiladi.

Download 38.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling