Reja: Kirish Bob. Bo‘shliqichlilar va ularning filogeniyasi, kelib chiqishi
Download 38.24 Kb.
|
1546881624 73712
- Bu sahifa navigatsiya:
- Medusozoa таксони. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi.
- “Ishlatilgan”
Ko‟payishi va rivojlanishi. Korall poliplar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Yakka poliplar (aktiniyalar) ba‘zan bo‘linib, kolonial poliplar kurtaklanib ko‘payadi. Korall poliplar odatda ayrim jinsli. Jinsiy bezlari septalar endodermasi bilan mezogleya orasida joylashgan. Spermatozoidlar septa epiteliysidan tana bo‘shlig‘i va og‘iz teshigi orqali suvga chiqadi; urg‘ochisi og‘iz teshigida kirib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Tuxumdan chiqqan planula lichinkasi oldingi tomoni bilan substratga yopishib, polipga aylanadi.
Medusozoa таксони. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi. Medusozoa taksoni. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi – bular ochiq dengizlarda, ko‘pchiligi janubiy dengizlarda tarqalgan, erkin yashovchi kovakichlilardir. Bularning ko‘pchiligining shakli soyaboncha yaxshaydi. Stsifomeduzalarning ikki yuzga yaqin turi bor. Sinf vakili sifatida dengizlarda jumladan Qora dengizda ko‘p uchraydigan aureliya meduzasini olish mumkin. Qora dengizning shimoliy qismi Qrim sohillarida bahor va yoz oylarida suv betida ko‘plab suzib yuruvchi och binafsha chiroyli aureliyallarni ko‘rish mumkin. Ularning uncha katta bo‘lmagan soyabonsimon tanasi (diam 10-20-21 sm) tiniq va shilimshiqli tarelkaga o‘xshab ketadi. Soyabonining markaziy ichki (ostki) qismida 4 ta og‘iz oldi paypaslovchilari kurakchalari bo‘ladi va bular o‘rtasida 4 ta og‘zi bo‘ladi. Аureliyallar ayrim jinsli. Gametalar og‘zi orqali gastral bo‘shliqqa kiradi va tuxum ho‘jayrani urug‘lantiradi. Tuxum-zigota aureliya og‘zi orqali suvga chiqadi va undan erkin suzuchi planula lichinkasi chiqadi. Аureliyallar rivojlanishi “Yetuk meduza – tuxum - planula – ssifistoma – strobila – efira (yosh meduza) - yetuk meduza” siklini o‘taydi. Ssifoid meduzalarni siyena degan vakili zahari juda kuchli hatto odamni, g‘ovvoslarni o‘ldirgan. Gidrasimonlar (Hydrozoa) sinfi. Gidrasimonlar (Hydrozoa) sinfi. – bu sinf avlodlari o‘zining sodda tuzilganligi va bularda “gonada” jinsiy bezlar ektodermada joylashganligi bilan harakterlanadi. Bularga ko‘pincha o‘troq holda yashovchi chuchuk suv gidralari, kaloniyali gidroid poliplar yakka va erkin yashovchi gidromeduzalar va suzib hayot kechiruvchi sifonofaralar kiradi. Chuchuk suv gidrasi, uning tuzilishi va hayoti. Ko‘llar, buloqlarning sohilida suv o‘simliklari va mollyuskalar tanasiga yopishib, o‘troqlik bilan hayot kechiruvchi chuchuk suv gidrasini uchratish mumkin. 2-5 mm keladigan gidra cho‘ziq tanasining ostki ingichkalashgan (tovon) qismi substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Ustki qismida esa 6-8 ta ancha uzun paypaslovchilarining o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan. Gidra tanasining ko‘p qismini gastral bo‘shliq egallab olgan. Bu – ichak va tana bo‘shlig‘i vazifasini bajaradi. Mana shu bo‘shliq, ichakka og‘izcha orqali suv bilan birga oziq moddalar ham kirib turadi, ortiqchalari esa shu og‘izcha orqali tashqariga chiqarib turiladi. Gidraning tanasi va paypaslovchilari ikki qavat epiteliya to‘qimasidan hamda tayanch o‘rta qavatdan iborat. Ektoderma qavatda sanchuvchi –otiluvchi ho‘jayralar bo‘lishi harakterlidir. Sezuvchi maxsus mayda ho‘jayralarning ichki qismida “kapsula” degan maxsus orgonoid o‘zida spiral shaklida “o‘ralgan” zaharli tola saqlaydi. Otiluvchi ho‘jayra ta’sirlanishi bilan ho‘jayra ichidagi spiral tola otilib chiqadi va yaqinlashgan hayvon “dushman” tanasiga sanchilib uni zaharlaydi. Himoya va hujum vazifasini o‘taydigan bunday otiluvchi ho‘jayralar, ayniqsa paypaslovchilar va og‘iz atrofida ko‘p bo‘ladi. “Ishlatilgan” ho‘jayralar o‘rniga yangilari hosil bo‘ladi. Mezogleyada muskul ho‘jayralari joylashgan bo‘lib, ular gidra tanasi bo‘ylab uzunasiga joylashgan. Bularni qisqarishi natijasida gidra tanasi qisqaradi. Ektoderma qismida yana mayda yulduzsimon shoxlangan tanachalar mavjud, bu nerv ho‘jayralaridir. Entoderma-gidra gastral bo‘shlig‘ini qoplagan bo‘lib, g‘o‘lasimon yirik va xivchinli ho‘jayralardan tarkib topgan. Bu ho‘jayralar ko‘pincha yolg‘onoyoq o‘simtalar hosil qilib, tanaga kirgan ovqatni o‘zlashtiradi. Gidra – sodda hayvonlar, kolovrotkalar, tuban qisqichbaqalar, mayda hashorat lichinkalari va ba’zan mayda baliq chavaqlari bilan oziqlanadi. Chuchuk suv gidrosining ko‘payishi. Gidralar ikki xilda ko‘payadi; Download 38.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling