Reja: Kirish Bob. Bo‘shliqichlilar va ularning filogeniyasi, kelib chiqishi


Download 38.24 Kb.
bet11/15
Sana16.03.2023
Hajmi38.24 Kb.
#1278863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1546881624 73712

Gastrovaskulyar sistemasi. Kvadrat shakldagi og‘iz teshigi soyaboni ostki qismi o‘rtasida maxsus poyacha ustida joylashgan (39-rasm). Og‘iz burchaklaridan xartumga o‘xshash yo‘g‘on o‘simtalar- og’iz bo’laklari osilib turadi. Xartum oziqni tutish vazifasini bajaradi. Ildizog‘iz meduzalarning ko‘p burmali xartumi qo‘shilib o‘sgan; og‘iz o‘rnida mayda teshikchalar hosil bo‘ladi. Teshikchalar orqali meduza oshqozoniga mayda plankton organizmlar o‘tadi. Og‘iz teshigi qisqa endodermal halqum orqali oshqozonga ochiladi. Oshqozon chala to‘siqlar yordamida to‘rtta kameraga bo‘lingan. Kameralarda juda ko‘p bezli hujayralarga ega bo‘lgan gastral iplar joylashgan. Oziq bezlar ishlab chiqaradigan fermentlar ta‘sirida oshqozonda hazm bo‘la boshlaydi. Oziq zarralarini endodermadagi hazm hujayralari qamrab olib hazm qiladi.
Meduzalar oshqozonidan 8 yoki 8 karra mikdorida radial naylar boshlanadi. Aureliya meduzasi oshqozonidan 16 ta nay boshlanadi. Naylardan 8 tasi shoxlangan bo‘lib, 4 tasi oshqozon bo‘lmalari qoq o‘rtasidan, 4 tasi oshqozon to‘siqlari ustidan boshlanadi. Shoxlangan naylar orasida 8 ta shoxlanmagan naylar bor. Barcha shoxlangan va shoxlanmagan naylar soyabon chetidagi halqa nay bilan tutashadi. Naylar oshqozon, og‘iz teshigi va halqum bilan birga gastrovaskulyar sistemani hosil qiladi. Bu sistema orqali kislorod va oziq moddalar meduza tanasiga tarqaladi; almashinuvi mahsulotlari chiqarib yuboriladi. Ko‘pchilik meduzalar har xil organizmlar, jumladan yirik plankton bilan oziqlanadi. Ildizog‘iz meduzalar ozig‘i juda mayda plankton hisoblanadi. Bu jihatdan ildizog‘iz meduzalarni g‘ovaktanlilarga o‘xshash filtrlovchi organizmlar deyish mumkin.
Nerv hujayralari soyabon cheti boylab joylashgan nerv halqasini hosil qiladi. Nerv halqasi boylab har qaysi ropaliya yaqinida bittadan nerv tuguni joylashgan. Ropaliyalar qisqargan va shaklan o‘zgargan paypaslagichlardan iborat. Har bir ropaliyada bir nechta ko‘zchalar va bitta statotsist joylashgan. Ko‘zchalar har xil tuzilgan. Gidroid meduzalarnikiga o‘xshash sodda ko‘zchalar bilan birga birmuncha murakkablashgan pufakcha tipidagi ko‘zchalar ham bor. Ko‘zchalar odatda ko‘z chuqurchasini epiteliy ostiga cho‘kishi natijasida hosil bo‘ladi.

Download 38.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling