Reja: Kirish Bob. Bo‘shliqichlilar va ularning filogeniyasi, kelib chiqishi
Gidroid poliplar – Hydroidea kenja sinfi
Download 38.24 Kb.
|
1546881624 73712
Gidroid poliplar – Hydroidea kenja sinfi. Gidroidlar orasida eng sodda tuzilgan chuchuk suv gidralari hisoblanadi. Gidralar tanasi cho‘ziq qopcha yoki silindrga o‘xshash; og‘iz tomoni oral qutb, tovon tomoni esa aboral (ya‘ni oral qutbga qarama-qarshi) qutb deyiladi; substratga yopishgan tomoni tovon deyiladi.
Tuzilishi. Gidra tana devori tashqi ektoderma va ichki endodermadan tuzilgan. Bu ikki qavatni bazal parda ajratib turadi. Ektoderma va endoderma gastral tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Gastral bo‘ shliq og‘iz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Og‘iz teshigini 5 dan12 tagacha paypaslagichlar o‘rab olgan. Gastral bo‘shliq paypaslagichlar ichida davom etadi (33-rasm). Gidroidlarda ektoderma va endoderma hujayralari og‘iz teshigi chetida tutashadi. Shu sababdan ularda halqum - ektoderma bilan qoplangan oldingi ichak bo‘lmaydi. Gidra tanasi bir necha xil hujayralardan tuzilgan. Ektoderma va endoderma qavatlarida silindrsimon yoki kubsimon epiteliy - muskul hujayralari ko‘p bo‘ladi. Hujayralarni bazal membranaga tegib turgan kengaygan tomonida muskul tolalari bor. Tolalar ektodermada tana bo‘ ylab, endodermada ko‘ndalang halqa shaklda joylashgan. Boylama muskullar qisqarganida gidra tanasi va paypaslagichlari tortiladi. Halqa muskullar qisqarganida gidra tanasi ingichkalashib uzayadi. Epiteliy-muskul hujayralar orasida otuvchi hujayralar- pinetrantlar bo‘ladi. Pinetrantlar ichida otuvchi kapsula bo‘ladi. Kapsula suyuqligida mayda tukchali ilmoqsimon sanchiluvchi stilet bor. Otuvchi hujayraning maxsus sezgir tukchasi- knidotsel bo‘ladi (34-rasm). Knidotsel 18 ta barmoqsimon o‘simtalar - mikrovorsinkalar bilan o‘ralgan xivchindanb iborat. Biror hayvon xivchinga tegib ketganida xivchin mikrovorsinkalarga tegib, otuvchi hujayrani qo‘zg‘atadi. Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga sanchiladi. Kapsula ichidagi suyuqlik tola nayi orqali o‘lja tanasiga oqib o‘tadi. Suyuqlik mayda hayvonlarni falajlashi mumkin. Bir marta foydalanilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi; uning o‘rniga boshqasi hosil bo‘ladi. Volventlar leb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar suyuqligi kuydirish xususiyatiga ega. Ularning ipi o‘lja tanasidagi tuklarga o‘ralib qolib, uni ushlab turadi. Uchinchi guruh otuvchi hujayralar - glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Iplar yordamida gidra harakatlanadi yoki o‘ljasini yopishtirib oladi. Otuvchi hujayralar paypaslagichlarda ko‘p bo‘ladi. Ektodermadagi epiteliy - muskul hujayralar asosida ixtisoslashmagan juda ko‘p mayda interstitsial hujayralar to‘p bo‘lib joylashgan. Ular gidra tanasidagi boshqa hujayralarni hosil qiladi. Endoderma qavati asosan hazm qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan epiteliy-muskul va maxsus bez hujayralardan iborat. Endoderma hujayralari 1-3 ta xivchinga ega; ular soxta oyoqlar hosil qilib, gastral bo‘shliqdagi zarralarni qamrab oladi. Endodermada bezli hujayralar gastral bo‘shliqqa hazm shirasi ishlab chiqarishi tufayli oziq tana bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladi. Gidra har xil mayda jonivorlar, asosan, qisqichbaqasimonlar (dafniya, sikloplar) bilan oziqlanadi. Ko’ payishi va rivojlanishi. Gidralar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish kurtaklanishdan iborat. Bundaa tana o‘rta qismida bo‘rtiq - kurtak hosil bo‘ladi (35-rasm). Kurtakning uchki qismida og‘iz teshigi va paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Kurtak ona organizmidan ajraladi; suv tubiga tushib, mustaqil yashashga o‘tadi. Jinsiy ko‘payish kuzda sovuq tushishi oldidan boshlanadi. Ko‘pchilik gidralar ayrim jinsli; ayrim oraliq hujayralar bevosita tuxum hujayraga aylanadi; yoki ko‘p marta bo‘linib, spermatozoidlarni hosil qiladi. Odatda tovonga yaqin joyda tuxum, og‘izga yaqin joyida urug‘ hujayralar hosil bo‘ladi. Download 38.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling