Reja: Kirish Bob. Bo‘shliqichlilar va ularning filogeniyasi, kelib chiqishi


Sifonoforalar (Siphonophora) kenja sinfi


Download 38.24 Kb.
bet10/15
Sana16.03.2023
Hajmi38.24 Kb.
#1278863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1546881624 73712

Sifonoforalar (Siphonophora) kenja sinfi. Sifonoforalar - suv yuzasida yoki yuza yaqinida suzib yuradigan, koloniya bo‘ lib yashovchi poliplar. Ular odatda iliq suvli dengizlarda tarqalgan (38-rasm). Koloniyasi polimorf bo‘ lib, uzunligi 1-2 sm dan 2-3 m ga yetadi. Tuzilishiga ko‘ ra sifonoforalarni ikki guruhga ajratish mumkin. Bir xil sifonoforalar koloniyasi asosini kovak poya tashqil etadi. Koloniya individlari poya boylab joylashgan, umumiy gastrovaskulyar nay orqali o‘ zaro tutashgan (38-B rasm). Boshqa sifonoforalarning asosiy poyasi qisqargan, individlar poyaning pastki kengaygan uchida joylashgan (38-A rasm).
Tuzilishi. Ko‘pchilik sifonoforalar koloniyasining ustki qismida maxsus pufak — pnevmatofor bo‘ladi. Pnevmatoforning yuqori qismi gazga to‘lgan, pastki qismida gaz ishlab chiqaradigan bezlar joylashgan. Ba‘zi sifonoforalar pnevmatofori juda yirik ochilib yopiluvchi teshikchasi bo‘ladi. Koloniya suv yuzasida suzib yurganida pnevmatofor teshigi yopiq, uning ichi gazga to‘lgan bo‘ladi. Pnevmatofor siqilganida undan gazlar chiqib ketib, koloniya suvga cho‘kadi. Pnevmatoforning ustida S-ra o‘xshash egilgan "yelkani" bor. Sifonoforalar shamol yordamida suzib yuradi. Portugaliya kemachasi - fizaliya (Physalia) pnevmatofori qizg‘ish rangda, uzunligi 20-30 sm ga yetadi. Pnevmatofor ostida (ular bo‘lmaganida koloniyaning eng yuqori qismida) suzuvchi qo‘ng‘iroqlar- nektoforlar joylashgan. Nektoforlar meduzalarga o‘xshaydi, lekin og‘iz teshigi va xartumi bo‘lmaydi. Nektoforlar soyaboni ritmik qisqarishi tufayli koloniya asta-sekin suzib yuradi. Fizaliya hamda unga o‘xshab shamol va suv oqimi bilan suzib yuradigan sifonoforalarning nektofori bo‘lmaydi.
Ko’ payishi. Sifonoforalar tuxum hujayralari urg‘ochisi gonozoidlarida hosil bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan planuladan birmuncha murakkab tuzilgan lichinka rivojlanadi. Koloniyada ayrim individlar kurtaklanish orqali hosil bo‘ladi.
Stsifoid meduzalar sinfi. Sifoid meduzalar asosan erkin yakka yashovchi bo‘shliqichlilar. Ularning hayoti asosan meduza davrida o‘tadi, polip davri juda qisqa bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bilan sifoid meduzalar gidroid meduzalarga o‘ xshash, lekin ancha yirik bo‘lishi, murakkab tuzilganligi va yelkani bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Masalan, aureliya tanasi diametri 25-40 sm ga, qutb meduzasi esa 2m ga yetadi. Tanasining asosiy massasi quyuq mezogleydan iborat. Mezogleyning 98% ini suv tashqil etadi. Meduzalar tanasining shaffofligi dushmanlardan ximoyalanishda katta ahamiyatga ega, faqat ayrim zaharli meduzalar rangli bo‘ladi. Ba‘zi meduzalar masalan, Pelagica noctiluca qorong‘ida fosforli nur taratadi.
Stsifoid meduzalar soyaboni chetida 8, ba‘zan 16 ta ropaliyalar (qisqargan paypaslagichlardan hosil bo‘ lgan tanachalar) joylashgan. Soyabon chetidan juda ko‘p paypaslagichlari osilib turadi. Paypaslagichlari va xartumga o‘xshash og‘iz bo‘ laklari ektodermasida ko‘p miqdorda otuvchi hujayralar joylashgan. Tanasining yiriklashuvi tufayli sifoid meduzalar gastrovaskulyar sistemasining tuzilishi murakkablashgan.

Download 38.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling