Reja: Kirish: Boshlang`ich sinflarda bayonning ahamiyati Asosiy qism
Download 357.43 Kb.
|
dasr ishlanma slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-sinfda katta boʻlmagan (30−40 soʻzli) matn
ALIYEVA (NORQULOVA) NIGORA ONA TILI O’QITISH METODIKASIDAN AMALIY TOPSHIRIG’ 2-Sinflarda bayon o’tkaziladigan dars ishlanma
Bayon ijodiy xarakterdagi yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchining matn mazmunini o‘z so‘zi bilan yozma ravishda qayta bayon etishdan iborat ijodiy ishidir.Matn ham, rivoyat ham, tasvir ham dialog xarakterida bo‘lishi mumkin. Eng qulayi hikoya bo‘lib, matnning syujetli bo‘lishi, epizodlari ko‘p emasligi, xotirada oson qolishi hisobga olinadi. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga koʻra bayon uchun kichik hajmdagi kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qoʻshiladi; keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi. Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus oladi. Boshlangʻich sinflar ona tili dasturiga koʻra 2-sinfda katta boʻlmagan (30−40 soʻzli) matn yuzasidan oʻqituvchi yordamida soʻroqlar asosida bayon yozish koʻzda tutiladi. Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon oʻquvchilarda adabiy nutqni toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayoti, ona tabiat tasviri, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlari aks ettirilgan yuksak gʻoyali matn tanlanishi, bayon mavzusi oʻquvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur Download 357.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling