Reja: Kirish: Boshlang`ich sinflarda bayonning ahamiyati Asosiy qism
Bayon tahliliga quyidagicha e’tibor beriladi
Download 357.43 Kb.
|
dasr ishlanma slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayondan namunalar ( 2- sinflar uchun ) Kuch birlikda
- Mehnatsevar Zarifa
- Tayanch sozlar
Bayon tahliliga quyidagicha e’tibor beriladi.
• Oʻquvchilar ishi haqida umumiy suhbat. • Eng yaxshi bayon namunasini koʻrsatish. • Matnga mos boʻlmagan ortiqcha soʻzlarni oʻqib eshittirish. • Qaysi asosiy fikr tushub qolganligini aytish. • Xatolar ustida ishlash. Bayondan namunalar ( 2- sinflar uchun ) Kuch birlikda Bir chumoli katta don topib oldi. Uni iniga olib ketmoqchi bo'ldi. Don og'ir edi. Chumoli donni ko'tara olmadi. Shundan keyin chumoli o'rtoqlarini yordamga chaqirib keldi. Ular birgalikda donni inlariga olib keldilar. (33 so'z) Gaplar tartibi buzilgan holda yozuv taxtasiga yoziladi va yopib qo'yiladi. O'qituvchi matnni o'qiydi. Tahlil: Hikoyada qanday chumolilar haqida gap boradi? Chumoli nimaga yordam ga chaqirdi? Chumolilar birlashib nima qildilar? Hikoya tuzishga tayyorgarlik uchun savollar: 1. Chumoli nima topib oldi? (Javob sodda gap shaklida bo'lishi lozim.) Chumoli katta don topib oldi. 2. Nega chumoli donni ko`tara olmadi? (Don og'ir bo'lgani uchun chumoli donni ko'tara olmadi.) 3. Shundan keyin chumoli kimlarni yordamga chaqirdi? 4. Oxirgi gapda nima deyilgan? O'qituvchi yozuv taxtasida yozilgan gaplarni mazmuniga qarab joylashtiradi. O'qituvchi: «Hikoyaga «Kuch birlikda» sarlavhasi qo'yilishi to'g'rimi?», deb so'raydi. So'ngra hikoyadagi «Chumoli o'rtoqlarini yordam ga chaqirib keldi. Ular birgalikda donni inlariga olib ketdilar» gaplari yozuv taxtasidan ko'chiriladi. Mehnatsevar Zarifa Zarifa maktabdan keldi. Kiyimlarini joy-joyiga qo'ydi. Buvisi Zarifaga uylarni yig'ishtirishni buyurdi. Zarifa uyni supurdi. Changlarni artdi. Gullarga suv quydi. So'ng darsini tayyorladi. Buvisi Zarifani maqtadi.Zarifa maqtovdan mag'rurlanmadi. Ertasi buvisi eslatm asdan uylarni supurib qo'ydi. (37 so'z) Gaplar yozuv taxtasiga tartibi buzilgan holda yoziladi va yopib qo'yiladi. Tayanch so'zlar: keldi, kiyimlarini, buyurdi, supurdi, changlarni,suv, dars, maqtadi, m ag'rurlanmadi, ertasi. Tahlil: Zarifa maktabdan kelib nima qildi? Ikkinchi qism dan nima tushundingiz? Nima uchun buvisi Zarifadan xursand bo'ldi? Maqtovdan keyin Zarifa o'zini qanday tutdi? Download 357.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling