Reja: Kirish: Boshlang`ich sinflarda bayonning ahamiyati Asosiy qism


Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin


Download 357.43 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi357.43 Kb.
#1150486
1   2   3   4
Bog'liq
dasr ishlanma slayd

Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga toʻliq, mukammal javob;
2) oʻqilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni oʻrganish; oʻquvchilar lugʻatini faollashtirish bilan boʻgliq holda har xil matnli mashqlar;
3) muntazam oʻtkazilgan kuzatishlarni yozib borish va ob-havo kundaligini yuritish;
4) oʻqilgan matnni turli variatda ogʻzaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshi yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki sujet asosida oʻquvchilarning ogʻzaki hikoyasi;
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, oʻquvchilar saviyasiga mos matnlarni yoddan yozish;
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
9) oʻqituvchi bergan matnni oʻgzaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish kabilar);
10) har xil turdagi yozma insho.
Bayon yozishga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
1.Matnni diqqat bilan tinglash (o‘qish).
2. Tushunarsiz so‘zlarning ma’nosini aniqlash.
3. Matnning asosiy mazmunini aniqlab olish, matnni yoritish uchun muhim bo‘lgan so‘z birikmasi va gaplar topish.
4. Matnni qismlarga bo‘lish va ularga sarlavha qo‘yish.
5. Tinish belgilarining o‘rni va vazifalarini belgilab olish.
6. Matnni yana bir bor o‘qib chiqish.
2-sinfda oʻquvchilarga bayon yozdirish ikki xil tartibda olib boriladi.
1. Oʻqituvchi tuzgan reja asosida bayon yozish.
2. Oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilarning oʻzlari tuzgan reja asosida bayon yozdirish.
Oʻquv yilining 1-yarimida bayon rejasini oʻqituvchi tuzadi. Keyinchalik oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil tuzadilar.
2-sinf oʻquvchilariga bayon yozdirishda quyidagi maqsadlarga erishish koʻzda tutiladi.
• Asosiy fikr kim yoki nima haqida borayotganligini bilish;
• Bayondan bir soʻzni takror ishlatavermay uning sinonimlaridan foydalanishni oʻrgatish;
• Yozma nutqni oʻstirish;
• Imlo xatolarni tuzatish

Download 357.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling