Reja: Kirish. Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni
Download 134.65 Kb.
|
Kurs ishi (6)
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni mamlakatdagi milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar jahon ishlab chiqarish talablariga javob bera olmasligi mumkin. Jahon mamlakatlari iqtisodiy xavfsizligi davlat strategiyasi tajribasidan kelib chiqib, amaldagi qonunlar iqtisodiyot ahvolining O’zbekiston iqtisodiy xavfsizligi talablariga javob beradigan mezonlari orasida quyidagilarni keltirish mumkin: jamiyat hamda xo’jalik va moliya faoliyatining barcha sohalari jinoiylashuviga yo’l qo’ymaydigan iqtisodiy va huquqiy shart- sharoitlarning yaratilishi, jinoiy tuzilmalarning ishlab chiqarish va moliya institutlarini egallab olishiga, hokimiyatning turli institutlariga kirib borishiga yo’l qo’ymaslik kabilar va hokazo. Mamlakatdagi korxonalar raqobatga bardosh bera olmasalar ishlab chiqaruvchi korxonalar o’z faoliyatlarini davom ettirish maqsadida turli xil iqtisodiy jinoyatlarga qo’l urishi mumkin. Mamlakatimiz milliy boyligi davlat budjetining daromadlarini taqsimlash va qayta taqsimlashda ishtirok etish iqtisodiy agentlarga har qanday xo’jalik faoliyatiga qaraganda, ancha ko’p foyda kelishini ta’minlaydi. Bunday faoliyat «xufiyona» iqtisodiyot nomini oldi. Iqtisodiy subyekt tomonidan o’z biznesi uchun institutsional muhitni – oshkora yoki xufyona – tanlash to’g’risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini qiyoslash orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo’ysunish normasi yana bir bor oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas (qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo’ysunishga undovchi omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini pasaytirish yo’li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo’lgan taqdirda, paydo bo’ladi. Iqtisodiyotning globallashuvi jahon taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. Integratsiya bilan solishtirganda turli mamlakatlar iqtisodiyotining oʻzaro bogʻliqligining beqiyos ortishi iqtisodiy makonning shakllanishi bilan bogʻliq boʻlib, unda tarmoq tuzilishi, axborot va texnologiyalar almashinuvi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi geografiyasi dunyoni hisobga olgan holda belgilanadi, vaziyat va iqtisodiy yuksalishlar va pasayishlar sayyoraviy nisbatlarga ega boʻladi. Iqtisodiyotning tobora kuchayib borayotgan globallashuvi kapital harakati koʻlami va surʻatlarining keskin oshishi, yalpi ichki mahsulotning oʻsishiga nisbatan xalqaro savdo oʻsishini ortda qoldirishi, real vaqt rejimida kechayu kunduz ishlaydigan jahon moliya bozorlarining paydo boʻlishida ifodalanadi. Soʻnggi oʻn yilliklarda yaratilgan axborot tizimlari moliyaviy kapitalning tez harakat qilish qobiliyatini beqiyos darajada oshirdi, bu hech boʻlmaganda barqaror iqtisodiy tizimlarni yoʻq qilish qobiliyatini oʻz ichiga oladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta’siri katta bo’lib hisoblanadi. Download 134.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling