Reja: Kirish. Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni


-jadval. Global raqobatbardoshlik indeksi, 2020-2021 yil11


Download 134.65 Kb.
bet8/12
Sana28.12.2022
Hajmi134.65 Kb.
#1009091
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi (6)

2-jadval.
Global raqobatbardoshlik indeksi, 2020-2021 yil11.

Reyting

Mamlakat

Indeks

1

Shveysariya

5.9

2

AQSH

5.9

3

Singapur

5.7

4

Niderlandiya

5.7

5

Germaniya

5.7

6

Gongkong

5.5

7

Shvetsiya

5.5

8

Buyuk Britaniya

5.5

9

Yaponiya

5.5

10

Finlandiya

5.5




Shu jumldan




38

Rossiya

4.6

57

Qozog’iston

4.3

79

Tojikiston

4.1

102

Qirg’iziston

3.9

Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma tadbirkorlikni o’z ichiga oladi.


Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa obyektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko’rsatishdan iborat bo’ladi.
Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chegaralar orqali to’xtovsiz o’sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz, daryo, havo, temir yo’l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog’i tobora ko’proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo’lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo’lmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo’lgan.
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari misli ko’rilmagan tezlik bilan operativ ma’lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda.
Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha yengillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanadi.
Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomoddiy aloqalarga tobora ko’proq o’rin bo’shatadi, ya’ni fan-texnika yutuqlari, ishlab chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o’sib boradi. Hisob-kitoblarga ko’ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 46 foizini tashkil qiladi.
Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), jahon savdosi sohasida - Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK)ni ko’rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot TSBK doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo aylanmasining 45 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. TSBK milliy va mintaqaviy darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protektsionizmga qarshi turadi, milliy manfaatlarni o’zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. TSBK faoliyatining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini o’tkazish hisoblanadi.
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko’plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish XVF, XTRB, Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. 

Download 134.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling