Reja: Kirish. Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni
) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi
Download 134.65 Kb.
|
Kurs ishi (6)
4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi.
Yana bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan demografik “portlashlar”, ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o’sishi ko’rsatiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholsining tez o’sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko’payishi natijasida ratsional xo’jalik yuritishga to’sqinlik qiluvchi aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda, kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Bu kabi holatlardan ba’zi bir demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning o’rnatilishi, jumladan oilani rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlardan ko’ra, ular bu mamlakatlarda YAngi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif qilsalar yaxshiroq bo’lar edi. Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy qismlari) ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda mamlakatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir9. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: - tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; - kapital va chet el investitsiyalarining harakati; - ishchi kuchi migratsiyasi; - ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; - fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; - valyuta-kredit munosabatlari. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi10: - xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li bilan harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi; - pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo’lishi mumkin; - qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; - ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo’yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to’g’ridan-to’g’ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan obyekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aktsiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar shaklida beriladi. Download 134.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling