Reja: Kirish. Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni
-jadval Globallashuv indeksi bo’yicha dunyo mamlakatlari reytingi (2020, 2021- yillar)3
Download 134.65 Kb.
|
Kurs ishi (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat Indeks Mamlakat
1-jadval
Globallashuv indeksi bo’yicha dunyo mamlakatlari reytingi (2020, 2021- yillar)3
Iqtisodiy tahlilchilar tomonidan globallashuv iqtisodiy rivojlanishi u yoki bu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik va ekologik an’analarga qanday ta’sir ko’rsatishini chuqur o’rganishlari lozim bo’ladi. Jahon iqtisodiyotida ‘‘globallashuv’’ tushunchasi ilk bor amerikalik olimlar tomonidan fanga kiritilgan edi. Iqtisodchi olimlardan biri T. Levit o’zining «Bozorlarning globallashuvi» nomli maqolasida globallashuvni oldin tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’p ko’rsatkichlarga ega bo’lgan iste’mol tovarlarini standartlashishi uchun global bozorlar paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan yangi tijorat voqeligi, deb ta’rif bergan edi. Iqtisodchi olim N. Trift esa globallashuv jarayonining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko’rsatgan edi: — moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lar shakllantirilib, berilgan kreditlardan foydalanish va shuningdek, ishlab chiqarish ustidan kapitalning hukmronligi o’rnatiladi. — iqtisodiyotda axborotlar ahamiyatining oshishi. — global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi. — transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi. — iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq bo’lgan turli ishlab chiqarish soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi. Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining turli sohalarini qamrab olgan bo’lib, ular quyidagilardir4: — tashqi aloqani, xalqaro savdoni, jahon miqyosidagi tovarlar oqimini, xizmat ko’rsatish sohalarini, texnologiyalar, intellektual mulk obyektlari savdosini; — ishlab chiqarish omillarning xalqaro harakatini (ishchi kuchi, kapital, axborot vositalari va boshqalar); — xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalarini (beg’araz moliyalashtirish va yordam, iqtisodiy munosabatlar, subyektlarning kredit va qarzlari, qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalar, maxsus moliyaviy mexanizmlar, valyuta operatsiyalari); — ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy, texnologik, muhandislik, axborotlar sohasida hamkorlik qilish va boshqalar. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda namoyon bo’ladi: — ishlab chiqarishning baynalmillashuvi chuqurlashuvida namoyon bo’lishi, bunda iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotlarni tayyorlashda jahonning turli davlatlaridan ishlab chiqaruvchilar qatnashdi. Shuning uchun ham hozirgi kunda jahon savdosining asosiy qismini yarim tayyor mahsulotlar egallab turibdi. Jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarishning baynalmilallashuvida TMKlar muhim rol o’ynab, biz ularni quyidagi holatlarda ko’rishimiz mumkin: — kapitalning baynalmilallashuvini chuqurlashuvida, ya’ni, davlatlararo xalqaro kapital harakatining o’sishida, to’g’ri investitsiyalar ko’rinishida, fond bozorlarining baynalmilallashuvida; — ishlab chiqarish va ilmiy texnikaviy texnologik bilimlar almashuvida, ya’ni, xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvda, ishlab chiqarish resurslarining xalqaro miqyosda joylashuvida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvida; — xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material. Axborot vositalari, tashkiliy iqtisodiy infratuzilmalarning shakllanishi va boshqalar; — xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi natijasida ayirboshlashni baynalmilallashuvini kuchayishida, xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan xizmatlar sohasining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylanishida; — xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o’sishida, rivojlangan davlatlarga kambag’al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishlarga jalb etilishida; — ishlab chiqarish va iste’mol baynalmilallashuvi atrof-muhitga bo’lgan ta’sirining ortishiga olib keladi. Bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlikka bo’lgan ehtiyojning yanada ortishini keltirib chiqaradi. Bashoratchilarning fikriga ko’ra, jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni quyidagi holatlarni o’z ichiga oladi: — mintaqaviy integratsion jarayonlami jadallashtiradi; — xo’jalik yuritishni to’liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlaydi; — bozorlardagi ishtirokchilaming to’siqlarsiz qatnashuvini ta’minlaydi; — moliyaviy va savdo operatsiyalariga oid qonun-qoida chegaralarini universallashtiradi; — bozorlarni tartibga solib, nazorat qilishni bir me’yorga keltiradi, ya’ni unifikatsiya qiladi; — kapitalni joylashtirish va investitsion jarayonlami umumjahon to’lov hisob tizimi asosida standartlashtiradi. Jahon iqtisodiyotida makroiqtisodiy darajadagi globallashuvda davlatlar integratsion uyushmalarining iqtisodiy faolligiga intilib, savdo va investitsion to’siqlarni olib tashlaydi, erkin savdo hududlarini tashkil qiladi. Bundan tashqari, globallashuv jarayoni davlatlararo xo’jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va axborot texnologiyasi miqyosidagi o’zaro kelishuvlarni ham qamrab oladi. Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv esa kompaniyalar faoliyatini ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo bo’ladi. Bunda yirik transmilliy korporatsiyalar global miqyosda harakat qiladi (ular chegarasi va milliy davlat egaligidan qat’iy nazar, iste’molchilarning talabini qondirish kerak). TMKlar (asosan, ko’pmilliy va global) ichki bozorga nisbatan ko’pincha tashqi iqtisodiy faoliyatda muhim rol o’ynaydigan globallashuv jarayonining subyektidir. Xullas, TMK bu globallashuvning asosi, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir. Shu o’rinda biz globallashuvning ijobiy va salbiy oqibatlari to’g’risida ham fikrlashsak maqsaddan muvofiq bo’lar edi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonining ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat5: — globallashuv natijasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv chuqurlashib boradi. Bunda mablag’ va resurslar samarali sarflanadi; — globallashuv jarayonida xarajatlaming qisqarishi, narxlarning pasayishi va barqaror iqtisodiy o’sishga olib keluvchi ishlab chiqarish ro’y beradi; — globallashuv jarayonining jihatlaridan yana biri erkin savdodan keladigan yutuq jahonning barcha mamlakatlarini qanoatlantiradi; — globallashuv jarayonida raqobatning kuchayishi yangi texnik-texnologiyalarni yaratilishini jahon mamlakatlari o’rtasida keng tarqalishini ta’minlaydi (xorijiy to’g’ri investitsiyalar jahon savdosining o’sishiga olib keladi). — globallashuv jarayoni xorijiy davlatlarning ilg’or ilmiy-texnik, texnologik va nisbatan kam xarajat talab qiladigan yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi; — globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib, milliy bozordagi ichki raqobatchilar tarkibiga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qo’shiladi (eng avvalo, iste’molchilarga qulay bo’lgan raqobat ularga narxlarni pasaytirish va tanlash imkonini beradi); — globallashuv jarayonida ilg’or texnologiyadan va global miqyosdagi ishlab chiqarishdan ratsional foydalanib, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi oshadi. Jahon miqyosidagi innovatsiyalar amaliyotga uzluksiz tadbiq etiladi; — globallashuv jarayoni davlatlarga moliyaviy resurslarni asosiy qismini aylanishini ta’minlashga keng imkoniyat beradi. Globallashuv jarayoni jahon hamjamiyatini birlashishini turli sohalardagi harakatlarini faollashtirishni talab qiluvchi muammolarni, eng avvalo, ekologik muammolarni hal qilish uchun jiddiy asos yaratadi. Xullas, ko’pchilik mutaxassislar globallashuvning pirovard natijasi jahon mamlakatlari farovonligining oshishiga olib keladi, deb umid qilmoqdalar. Jahon iqtisodiyotida globallashuvning salbiy oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan muammolar xavf-xatarlidir. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, jahon iqtisodiyotining globallashuvi turlicha talqin qilinmoqda. Bu jarayonga nafaqat ekspertlar, olimlar va mutaxassislar, balki turli mamlakatlarning fuqarolari ham o’zlarining munosabatlarini bildirishmoqda. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlari rivojlangan mamlakatlarda xayrixohlik bilan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa xavotirlik bilan qabul qilinyapti. Buning sababi shundaki, globallashuv jarayonining afzalliklari barcha mamlakatlarga teng taqsimlanmaydi. Shuning uchun globallashuvdan kim foyda ko’radi, degan savol turli munozaralarga sabab bo’lmoqda. Jahon iqtisodiyotida zamonaviy globallashuv jarayonlari, eng avvalo, sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeyini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayoni kengayishi iqtisodiy past rivojlangan mamlakatlar mavqeyini salbiy o’zgarishiga sabab bo’lib, ularni globallashuv jarayonining subyektlariga emas, balki obyektlariga aylantirishi mumkin. Demak, globallashuv jarayonining alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta’sirinining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liqdir. Amaldagi afzalliklarning asosiy qismi boy davlatlarga yoki individuallarga tegadi. Globallashuv sharoitida markazlashtiruvchi kuchlarning markazlashishi bilan bog’liq bo’lgan buzg’unchilik ta’siri yuzaga chiqishi mumkinki, bu mamlakat ichidagi an’anaviy aolqalarning uzilishiga, ijtimoiy muammolarning kuchayishiga, mazkur jamiyat uchun begona bo’lgan salbiy oqibatlar tufayli barcha mamlakatlarda yuzaga keladigan muammolar sifatida quyidagilami keltirish mumkin6: — globallashuvdan keladigan afzalliklar milliy iqtisodiyotning alohida tarmoqlari o’rtasida bir xil taqsimlanmasligi; — milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi; — ayrim mamlakatlarda iqtisodiyotni nazorat qilishni mustaqil hukumat qo’lidan boshqalarga, jumladan, kuchliroq davlatlarga, ya’ni TMKlarga topshirish va boshqalar. Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jahon xo’jaligini vujudga kelishi, rivojlanish va globallashuvda tashkil topgan yirik moliyaviy kapital guruhlar muhim rol o’ynagan edi. Tashkil topgan ushbu TMKlar yirik masshtabdagi korporatsiyalarning shakllanishi va paydo bo’lishida katta ahamiyatga egadir. TMKlaming global masshtabdagi faoliyati shundan iboratki, ular o’z taktikalarini doimo takomillashtirib, jahon bozorining eng muhim nuqtalarini, ishlab chiqarishning muhim sohalarini, xalqaro tovarlar savdosida esa asosiy obyektlarni egallab bormoqda. AQSHning «jahon avtomashinasi» modeli deb hisoblangan «Modeo» bazasidagi avtomobil konserni yengil avtomashinalar ishlab chiqarish bo’yicha va shuningdek, Yaponiyaning «Matsusita» («Panasonik») firmalari global strategik ahamiyatga egadir. Ushbu yirik ishlab chiqaruvchi TMKlar uy-ro’zg’or buyumlarini ishlab chiqarishdan tortib, elektr asbob-uskunalarni, sovutgichlarni ishlab chiqarishda ham jahon mamlakatlarining 40 ga yaqinida 150 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalariga ega bo’lib hisoblanadi. Ular dunyo ilm fanining eng yangi yutuqlaridan foydalanib, turli bozorlar va madaniy markazlarda Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bunday TMKlarga turli davlatlarning mutaxassislari ham tortilyapti. Jumladan, Buyuk Britaniyaning «Royal — Datch — Shell» kompaniyasining Londondagi shtab-kvartirasida ishlayotgan xodimlar 40 ga yaqin millat vakillaridan iborat bo’lib, ularning ko’pchiligi yirik neft korxonalari joylashgan davlatlarning vakillari bo’lib hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida Transmilliy va ko’pmilliy korporatsiyalar qatoriga xalqaro kompaniyalar ichida ajralib turuvchi global korporatsiyalarni ham kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar XX asrning 80-yillarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda tobora kuchayib bormoqda. Global korporatsiyalar zamonaviy jahon xo’jaligida moliya kapitalining butun bir qudratini namoyon qiladi. Jahon iqtisodiyotida globalizatsiya jarayonlari hozirgi kunda ko’proq kimyo, elektrotexnika va elektron sohalarda, neft va avtomobil sohalarida, axborot, bank va boshqa bir necha sohalarda ro’y bermoqda. Download 134.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling