Reja: Kirish. Globallashuvning mohiyati va jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni


-jadval. Iqtisodiyot ochiqligining ayrim ko’rsatkichlari13


Download 134.65 Kb.
bet10/12
Sana28.12.2022
Hajmi134.65 Kb.
#1009091
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi (6)

3-jadval.
Iqtisodiyot ochiqligining ayrim ko’rsatkichlari13.

Mamlakat va integratsion birlashmalar

2020-yilda tovarlar va xizmatlar eksportining XQP bo’yicha hisoblangan YAMDga nisbati, % hisobida

2021-yilda o’rtacha arifmetik import boj ta’rifi, olib kirilgan tovarlar qiymatining % hisobida

2020-yilda to„g„ridanto„g„ri xorijiy investitsiyalar importining YaIMga nisbati, % hisobida

2021-yilda aholi tarkibida immigrantlar ulushi, % hisobida

AQSH

13.0

3.5

0.5

13.1

Yevropa Ittifoqi*

47.9

5.5

0.4**

12.8

Yaponiya

18.0

4.9

0.1

1.7**

Xitoy

14.6

9.9

1.2

0.1***

Hindiston

6.9

13.5

1.7

0.4***

Braziliya

8.8

13.5

2.7

0.4***

Janubiy Afrika Respublikasi

16.5

7.6

1.6

3.7***

Rossiya

17.0

9.7

1.1

7.8***

Meksika

20.6

7.9

1.8

0.8

Malayziya

40.0

6.0

3.3



Turkiya

14.2

10.8

1.5

1.9***

Indoneziya

8.4

6.9

2.5

0.1***

Saudiya Arabistoni

25.0

4.8

1.0

26.6***

* Faqat Germaniya ** ekspertlar bahosi *** 2010 y.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o’n yilligida hukmron kuchga aylandi va o’ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi:
- yangi bozorlar (ya’ni zamonaviy vositalar bilan tinimsiz ishlovchi o’zaro bog’langan moliya bozorlari, global iste’mol mollari bozorlari, elektron-tijorat va sh.k.);
- yangi o’yinchilar (ya’ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy bloklar);
- yangi qoidalar (ya’ni savdodagi ko’p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global muhit bo’yicha konvensiyalar);
- yangi aloqa vositalari (ya’ni, telefon, faks, elektron pochta).
Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob’yektiv va sub’yektiv to’siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi.
Insoniyat taraqqiyoti muqarrar tarzda toborabirlik, yaxlitlik, bog’liqlik, hamjihatlik tomon yuksalib borib, pirovardida jahon hamjamiyatini umuminsoniy hamdo’stlik darajasida olib chiqadi va uni jahon miqyosida siyosiy boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. “Turkiston umumiy uyi”, “Osiyo –Tinch okean mintaqasi birligi”, “Amerika birligi”, “Afrika birligi”, “Atlantikadan Uralgacha umumovrupo uyi” va sh.k. g’oyalar real voqelikka aylanishi uchun hozirgi jahon siyosatining nazariy va ilmiy – metodologik tarzda tahlil qilinayotgan o’zaro bg’liqligi insoniyatga katta ishonch va umid bog’ishlaydi.
Haqiqatdan ham hozirgi dunyoning o’zaro bog’liqligi va ularning rivojlanishi dunyoning bir butunligidan kelib siqqan holda qurilmoqda. Chunki bir mamlakatga vujudga kelgan muammo boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bunday muammolarni hal qilish ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar oldida turgan vazifalarga aylanib bormoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanishi bu munosabatlarda kelib chiqadigan turli xildagi ziddiyatlarga va ularni hal qilishga bog’liqdir. Zmiddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari xalqaro siyosiy munosabatlarning ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning ma’nosi shundaki, xalqaro siyosiy munosabatlarda bu munosabatlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muammolar paydo bo’lib turadi.
Hozirgi davrda xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan ziddiyatlar quyidagilardan iborat.
a) xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan muammolar bilan ularni hal qilish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
b) har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan ularning baynalminal manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
d) xalqaro siyosiy munosabatlarda ishtirok qiluvchi sub’ektlarning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
e) xalqaro siyosiy munosabatlarni tartibga solish bilan uning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy – siyosiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga jihatidan qo’shni davlatlarga qaraganda qo’lay geosiyosiy-strategik imkoniyatlarga ega. O’zbekiston Markaziy Osiyoning o’rta va shimoliy qismida joylashgan. Shimoli-SHarqda Qirg’iziston, shimol va shimoli-G’arbda Qozog’iston, Janubi-G’arbda Turkmaniston, janubi-SHarqda Tojikiston, Janubda qisman Afg’oniston respublikalari bilan chegaradosh. Shuning uchun ham O’zbekiston O’rta Osiyoni Markazida joylashgani uchun ushbu mintaqada barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash va muvozanatni saqlash imkoniyatlariga ega.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi bir tomondan yaxshi bo’lsa, boshqa tomondan mamlakatdagi milliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga zarar yetkazishi ham mumkin. Chunki mamlakatdagi milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar jahon bozoridagi raqobatga javob bera olmasligi mumkin. Buning oqibatida mamlakatdagi milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bankrotlik holatiga kelib qolishi mumkin. Natijada mamlakatda ishsizlik darajalari muntazam oshib borishi, turli xil jinoyatchiliklarning ortib borishiga olib keladi. Bu mamlakatning milliy xavfsizligiga salbiy oqibatlarga olib keladi. Buning oldini olish maqsadida biz jahon hamjamiyatiga bosqichma-bosqich qo’shilib bormoqdamiz. Mamlakatdagi milliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni jahon hamjamiyatining talablariga javob bera olishi uchun ularga ko’plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Jahon hamjamiyatiga qo’shilishda faqatgina iqtisodiy tomondan xavf-xatarlar emas, balki boshqa tomondan ham turli-xil xavf-xatarlar mavjud. Bular an’analarning birlashib ketishi va hokazolar kiradi. Buning natijasida mamlakatda xufyona iqtisodiyot oshib ketishi mumkin. Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida shaxslar, shaxslar guruhi, institutsional sub’ektlar o’rtasidagi moddiy ne’mat va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish yuzasidan bo’ladigan munosabatlar yig’indisi bo’lib, uning natijalari rasmiy statistikada hisobga olinmaydi va soliqqa tortilmaydi.
Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga potensial va real xavf tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, rasmiy iqtisodiyotda sodir bo’ladigan daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o’sish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi.


Download 134.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling