Reja: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlar


Download 75.78 Kb.
bet10/15
Sana28.03.2023
Hajmi75.78 Kb.
#1301711
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Reja Kirish

Sog‘lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.
Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir:

  • suyaklarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishiga, tovon ravoqlarining rivojlanishiga, bo‘g‘im-bog‘lam apparatining mustahkamlanishiga yordam berish;

  • tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla-nishiga, suyaklar o‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;

  • barcha mushaklar gruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar);

  • ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar gruxining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim.

  • yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlan-tirish;

  • ko‘krak qafasi harakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash;

  • ichki organlarning (oaqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashga yordamlashish;

  • termoregulyatsiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘mak-lashish;

  • markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo‘zg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.


Download 75.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling