Reja Kirish I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1489179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili

I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari 
1.1. Mehnat bozorini mohiyati va vazifalari 
Mamlakatimiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarining bosqichma-bosqich 
joriy etila borishi, u bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mustaqil hal 
etish imkoni paydo bo’lganligi va boshqa xususlarida o’z aksini topmokda. Bu 
jarayonlar orasida mehnat bozorini samarali shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi 
alohida o’rin egallaydi. Bu masalaga mukammal yondashishdan avval, mehnat 
bozorining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni, uning mohiyatini ochiqroq bayon etmoq 
o’rinli bo’ladi. Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi 
xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qushadigan 
institut yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg’i, tayyor mahsulot, 
qimmatli qog’ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi. 
Bozorlar orasida mehnat bozori alohida o’rin tutadi. Bozor iqtisodiyotining 
ajralmas va muhim tarkibiy qismi — mehnat bozoridir. Aynan mehnat bozori 
orqali g’oyat muhim milliy resurs bo’lgan mehnat mintaqalar, tarmoqlar, firmalar 
va kasblar bo’yicha taqsimlanadi. Shu bozorda uning bahosi ham belgilanadi. 
Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol rol o’ynaydi. 
Mehnat bozorida asosiy milliy resurs — ishchi kuchi shakllanadi hamda 
korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha taqsimlanadi. Mehnat bozori 
iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish 
joyiga o’tishini yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur mikdorda 
va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi.
Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, 
ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi. Mehnat bozorida raqobatning mavjud 
bo’lishi, bir tomondan, yollanma xodimlar o’z professional mahoratini o’stirishi va 
kengaytirishini, malakasini oshirishini rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, ish 
beruvchilarni qulay mehnat va unga haq to’lash sharoitlarini yaratish hamda saqlab 
turishga undaydi. "Mehnat bozori" tushunchasi bo’yicha turli xil nuqtai nazarlar 
mavjuddir. Ba’zi birlari mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati 


orqali ishchi kuchining taklifi va mehnatga bo’lgan talabini o’z-o’zidan tartibga 
solinish mexanizmi kabi aniqlaydilar. 
Boshqalarning fikriga ko’ra esa, mehnat bozori yollanib ishlashni 
xohlovchilar va ish beruvchilar ehtiyojini kelishilgan vositachi orqali talab va 
taklifini qondirish uchun sharoit yaratadi va ishchi kuchini oldi-sotdi jarayonini 
bevosita tartibga solib turmaydi, deb tushuntiradilar. I.S. Maslovaning 
aniqlashicha, mehnat bozori - bu mulkchilik subyekti, ishchi kuchi va ish joyi 
taklifining nisbati va tuzilishini, ishlovchiga va yollanib ishlanadigan ishga talab 
hajmini shakllantira borib, ishlab chiqarish omillariga (mehnat vositalari va ishchi 
kuchi) o’zaro ta’sir etadigan dinamik tizimdir.
1
Mazkur bozorning asosiy unsurlari, - bu talab va taklif, ishchi kuchi qiymati 
va uning bahosi hamda raqobat hisoblanadi. Mehnat bozori mexanizmini ishga 
solish masalasi ishchi kuchini jalb etish bo’yicha ish beruvchilar o’rtasidagi, 
ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimidagi bo’sh ish joyini egallash bo’yicha ishlovchilar 
o’rtasidagi hamda mehnat shartnomasi va ish haqi sharoitlari bo’yicha ishlovchilar 
va ish beruvchilar o’rtasidagi raqobat hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab va 
taklif o’rtasidagi nisbat mehnat bozori kon’yunkturasini ifodalaydi. Bu esa o’z 
navbatida turli xil omillar ta’siri ostida, ya’ni, ishchi kuchining umumiy tengligida, 
ortiqchalikda va yetishmovchiligida shakllanadi, bundan tashqari yollanib 
ishlovchilar sifatida turli xil aholi guruhlarining teng bo’lmagan holatini aks 
ettiradi. Amalda ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning umumiy tarkibiy 
tengligiga erishish juda qiyin.
Mehnat bozori kon’yunkturasi ishchi kuchining bahosiga bevosita ta’sir 
etadi, bu esa o’z navbatida amaldagi bozor bahosiga bog’liq holda o’zgarib turadi. 
Mehnat bozori turli xil vazifalarni bajaradi. U mehnat munosabatlari subyektining 
iqtisodiy manfaatlarini kelishish vositasi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
muvofiqligini shakllantirish va o’zgarish mexanizmining organik qismi 
bo’libhisoblanadi.
1
Маслова И.С. Эффективная занятость и рьнок рабочей силм // Эффективность труда в условиях 
нового хозяйственного механизма. Отв. ред. Д.Н. Карнухин.-М.:Наука, 1992. - С.38-59. 


Mehnat bozorini taqsimlash munosabatlari va mehnatni rag’batlantirish, 
ishlovchilarning kasbiy, malakaviy tarkibini shakllantirish vositasidir, u shaxsiy 
mehnat shijoatini ishga solish sharoitiga bevosita ta’sir etadi. Shunday qilib, 
to’laqonlik shakllangan mehnat bozorini yuzaga keltirish hozirgi sharoitda 
zamonaviy shakldagi bandlik tamoyillariga mos keladigan ijtimoiy tashkil etish va 
tartibga solishning murakkab obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimizda 
oqilona bandlik shakllanar ekan, bu jarayonning chuqurlashuvi va rivojlanishi 
mintaqaviy mehnat bozorini ham vujudga kelishiga olib keladi. Oqilona bandlik 
tizimini shakllantirishning muhim mexanizmi hisoblangan mintaqaviy mehnat 
bozorining shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etish yanada chuqur ilmiy, amaliy 
ahamiyatga egadir. Mehnat bozorini o’rganish ijtimoiy-iqtisodiy majmualar 
faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini o’rganishda ham muhim asos bo’ladi. 
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish va ijtimoiy soha majmualari bilan birga 
ijtimoiy-iqtisodiy majmualar ham faoliyat ko’rsatadi. Bu majmualarning 
shakllanishi alohida hududlar ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun 
tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va omillar majmuining mavjudligi bilan 
izohlanadi 
Iqtisodiyotni hududiy jihatdan tashkil etish hududda ishlab chiqarish va 
mehnatni jalb etish turlarining turli shakllarda uyg’un holda faoliyat 
ko’rsatishlariga asoslangan ishlab chiqarish kuchlari unsurlari o’zaro ta’sirining 
ko’p darajali tizimidir. Ularning mintaqalarda oqilona tarzda birlashishi tabiiy, 
mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga olib keladi. Hududda 
ishlab chiqarish kuchlari unsurlari turli darajada birlashadilar, iqtisodiy aloqalar va 
munosabatlar esa turli darajada lokallashadilar. Bu mamlakat iqtisodiyotining 
umumiy tuzilmasi tarkibida bevosita takror ishlab chiqarishning mintaqaviy 
yashhatlari bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni ajratish imkonini beradi. Ushbu 
munosabatlar va aloqalar yig’indisi iqtisodiyotning hududiy tarkibini tashkil etib, u 
shahar poselkalari va ularni bog’lovchi kommunikasiyalar, eng avvalo, transport 
magistrallarining joylashishi bilan bog’liq.


Xo’jalikning hududiy tarkibi asosi bo’lib ishlab chiqarishni joylashtirish 
hisoblanadi va u hududiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi 
natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Xo’jalikning hududiy tarkibi tarmoq tarkibi bilan 
uzviy bog’liq, chunki har bir tarmoq, korxona yoki ishlab chiqarish aniq hududda 
faoliyat ko’rsatadi, o’zining hududiy joylashuviga ega bo’ladi, ular o’rtasidagi 
iqtisodiy aloqalar esa tarmoqlar, korxonalar joylashgan mintaqalar o’rtasidagi 
aloqalar sifatida namoyon bo’ladi. Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy obyekt sifatida 
tarmoqdan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Eng avvalo, mintaqaning farqli 
jihati shundan iboratki, unda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, 
ayirboshlash va iste’mol qilishni o’z ichiga qamrab olgan xo’jalikning turli 
tarmoqlari o’zaro birlashadi.
Demak, mintaqa xo’jalik majmuasi sifatida tarmoqqa nisbatan murakkab 
tuzilma hisoblanadi. Aynan mintaqa doirasida iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta 
qurish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini hal etishga 
majmuaviy tarzda yondashishi mumkin. Agar tarmoqlar tor ishlab chiqarish 
vazifalarini hal etishga asosiy e’tiborni qaratsalar, mintaqa oldiga tarmoqlar, ishlab 
chiqarish va ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini o’zaro bog’lash, iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishni muvofiqlashtirish masalalari qo’yiladi. Xo’jalikning hududiy 
tarkibi boshqa tuzilmaviy tavsiflar bilan yaqin aloqada bo’lar ekan, faqat 
o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar, iqtisodiyot rivojlanishining makon nuqtai 
nazaridan tahlil qilish va boshqarishning maxsus usullarini talab etuvchi ma’lum 
mustaqillikka ega bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmualari respublika ichki iqtisodiy 
rayonlarining asosi bo’lib hisoblanadi va u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida 
shakllanadi.
Hududiy-xo’jalik majmuasi — muayyan hududdagi korxonalar va inshootlar 
majmuasi hisoblanib, ular bir-biri bilan umummintaqaviy tabiiy va iqtisodiy 
shartsharoitlar va resurslardan foydalanish asosida o’zaro iqtisodiy bog’liq bo’ladi. 
Hududiy-xo’jalik majmualarining muhim mezoni ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilma umumiy tizimining mavjudligi hisoblanadi. Majmualar bir-biri bilan 
chambarchas bog’liq bo’lib, aniq chegaralar bilan ajralib turmaydi. Shu sababli 


respublika mintaqalarining chegaralari muayyan darajada shartli bo’ladi. Hududiy-
xo’jalik majmualari mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismidir. Ayni vaqtda 
ularga alohida ijtimoiy-iqtisodiy majmua sifatida 8 qarash mumkin. Har bir 
hududiy-xo’jalik majmuasi o’zaro bog’liq unsurlar to’plami sifatida yaxlit 
butunlikni tashkil etadi, o’z tarkibi va tegishli funksiyalariga ega bo’ladi. Hududiy-
xo’jalik majmuasining tarkibiy unsurlari moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari 
hisoblanadi. Ular o’rtasida ma’lum aloqa mavjud bo’lib, u ishlab chiqarish, 
taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning 
hududiy tarkibi shakllanishi ko’plab omillar ta’sirida yuz beradi. U mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va jahon xo’jalik aloqalarida tutgan o’rniga 
bevosita bog’liq.
Iqtisodiyotning hududiy tarkibi shakllanishiga ta’sir etuvchi muhim omillar 
jumlasiga mineral xom ashyo, yoqilg’ienergetika, suv, o’rmon va yer resurslari, 
mehnat resurslari, iqtisodiy va ilmiy-texnika salohiyati, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilma, aholining joylashishi va boglqalar kiradi. Alohida mintaqalar turli 
tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarini rivojlantirish uchun tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoitlar bo’yicha birbiridan keskin tafovutda bo’ladi. Ma’lum 
hududdagi ishlab chiqarish faoliyatining tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa 
xususiyatlari xo’jalik rivojlanishining tarkibi, yo’nalishi. sur’atlari, miqyoslari va 
proporsiyalariga faol ta’sir ko’rsatadi va pirovard natijada mamlakat 
iqtisodiyotining hududiy tarkibini shakllantiradi. O’zbekiston iqtisodiyotida ichki 
respublika mintaqalarining tutgan o’rni va roliga baho berish uchun ularning jami 
aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlaridagi 
salmog’ini tahlil qilish lozim. Bugungi kunda O’zbekiston hududini iqtisodiy 
rayonlarga ajratish bo’yicha yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim iqtisodchi-
olimlar fikricha, respublikani 6 ta iqtisodiy rayonga ajratish maqsadga muvofiq: 
1. Toshkent (Toshkent shahri va Toshkent viloyati); 
2. Farg’ona (Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari);
3. Zarafshon (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari);
4. Mirzacho’l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari);


5. Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);
6. Quyi Amudaryo (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati).
Ba’zi manbalarda Zarafshon iqtisodiy rayoni Markaziy, quyi Amudaryo iqtisodiy 
rayoni Orolbo’yi nomi bilan ataladi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda O’zbekistonda 
iqtisodiy rayonlashtirishning quyidagi tasnifi ko’proq qo’llanilmoqda:
1. Toshkent iqtisodiy rayoni;
2. Jizzax-Sirdaryo iqtisodiy rayoni;
3. Farg’ona iqtisodiy rayoni;
4. Samarqand-Qashqadaryo iqtisodiy rayoni;
5. Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni;
6. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni; 
7. Surxondaryo iqtisodiy rayoni. 
Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar 
va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qo’shadigan institut 
yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg’i, tayyor mahsulot, qimmatli 
qog’ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi. Ana shu bozorlarni tashkil 
etishning o’ziga xos xususiyatlari bor. Ularning namoyon bo’lishiga, asosan, bozor 
negizi — mazkur bozorda oldisotdi obyekti bo’ladigan tovar ta’sir etadi. Shunga 
ko’ra, bozorlar turli shakllarda: bular tamaddixona va kichik do’konchadan tortib, 
yirik fond birjasi va xalqaro kreditlar bozorigacha bo’lishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb 
muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. 
Buning uchun, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv 
qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Mehnat bozori bozorning boshqa 
tizimchalari bilan uzviy bog’langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo’lish uchun 
ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning 10 belgilangan majmuasiga 
ega bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u 
o’z iste’mol sifatlarini yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. 
Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining 
sifat ko’rsatkichlari ham yaxshilanishi darajasini oshirib yoki pasaytirib, ushbu 


tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab investisiya va ishlab 
chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan 
va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda 
ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) 
asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, 
shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga 
soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq 
ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy 
mazmunidan kelib chiqib mazkur bozorning o’tish davrida bajariladigan asosiy 
vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:
* ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
* bozor uslubida xo’jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy 
mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
* mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir 
ko’rsatish;
* ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga 
ko’maklashish; 
* ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini 
o’zgartirish.
Bozor munosabatlariga o’tgan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, 
mavjud hozirgi kadrlar tayyorlash sohasidagi vujudga kelgan vaqtinchalik 
sustkashlik hamda ta’lim berish xizmatiga bo’lgan talabning pasayishi bu o’tkinchi 
holdir.
Agarda bozor munosabatlarining shakllanishi jadal sur’atlar bilan 
rivojlanaversa va bu hol mamlakatimiz xalq xo’jaligining rivojiga ham turtki bersa, 
xalq xo’jaligining bandlik sohasidagi tarkibiy qayta qurish haqiqiy kadrlar 
taxchilligini yuzaga chiqaradi, bunga esa tarmoq bo’yicha tegishli xizmatlarning 
tayyor bo’lishi gumondan holi emas.



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling