Reja Kirish I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


 Mehnat bozorining tashkiliy iqtisodiy jihatlarini


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1489179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili

1.2. Mehnat bozorining tashkiliy iqtisodiy jihatlarini 
tartibga solishda tizimli yondashuv 
Mehnat bozorida vujudga keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan 
ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lib, ular mamlakat aholisi ko’pchiligining 
muhim ehtiyojlariga daxldor bo’ladi. Mehnat bozori mexanizmi orqali aholining 
ish bilan bandligi va mehnatga haq to’lash darajalari belgilanadi. Mehnat bozorida 
ro’y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo’lib, u umuman olganda 
salbiy hodisa hisoblansa ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar 
natijasidir. 
Aholining ish bilan bandligi uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur 
shartdir, chunki kishilarning turmush darajasi, kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirishga, ularni ishga joylashtirishga, ishdan mahrum 
bo’lib qolgan kishilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlab turishga sarflanadigan 
xarajatlarning barchasi ana shu aholining ish bilan bandligiga bog’liqdir. Shuning 
uchun ham aholining ish bilan bandligi, ishsizligi, mehnat faoliyati uchun zarur 
resurslar va umuman mehnat bozori singari muammolar mamlakat iqtisodiyoti 
uchun dolzarb bo’lib, ular tarmoqlararo funksional tizim hisoblanadi. 
Biz bilamizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar bozor tizimi asosida shakllantiriladi va amal qiladi. Xuddi 
shuningdek, mehnat munosabatlari xam mehnat bozori asosida shakllantiriladi va 
tartibga solinadi. Mehnat bozori ishga yollanuvchilar va ish beruvchilar, korxona, 
tashkilot, muassasa hamda davlat o’rtasidagi mehnat munosabatlari yig’indisidir. 
Yoki boshqacha aytganda, mehnat bozori ishchi kuchining mexnatga qobiliyatini 
sotish va sotib olish tizimidir. Mehnat bozorida xam talab, taklif, narx va raqobat 
xal qiluvchi komponent hisoblanadi. Mehnat bozorida taklif sifatida ishchi 
kuchining mexnat potensialini sotish tushunilsa, talab esa mexnat qobiliyatini sotib 
olish istagini bildiradi. Bunda talab va taklif o’rtasidagi muvozanat holati nuqtasida 
narx paydo bo’ladi. 
Narx ishchi kuchining qiymatiga hamda talab va taklif miqdoriga qarab 
belgilanadi. Raqobat esa ishchi kuchini sotishda ham
sotib olishda ham vujudga 


kelishi mumkin. Ishchi kuchini sotishda raqobat o’z mehnat qobiliyatini namoyon 
etib, yaxshi ish joyiga erishishga qaratilgan bo’lsa, uni sotib olishdan raqobat 
yuqori narx va yaxshi ish joyi evaziga malakali ishchi kuchi tanlashga 
yo’naltiriladi.
Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini 
oshirish bo’yicha muammoni hal qilishning eng samarali qurollaridan biri bo’lgan 
mehnat bozori tushunchasi, tarkibi, xususiyatlari va vazifalarini tadqiqot qilish 
katta ilmiy – amaliy ahamiyatga ega. Ularni o’rganish quyidagi demografik va 
ijtimoiy – iqtisodiy vaziyatlarning inobatga olinishini taqozo etadi: 

Respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60%dan ortig’ining qishloq 
joylarda yashashi va yalpi ichki mahsulotning 40%dan ortig’i ular zimmasiga 
to’g’ri kelishi; 

noqishloq xo’jaligi ish joylarining yetishmasligi sababli ish bilan band 
bo’lmagan qishloq mehnat resurslarining ulushi respublikaning ish bilan band 
bo’lmagan butun aholisining 60%dan ko’prog’ini tashkil etadi va ularning soni 
o’sib bormoqda; 

mehnatga qobiliyatli ish bilan band bo’lmagan mehnatkashlarning malakasi 
va safarbarligining pastligi ularning yashash joylaridan shaxarga va mamlakatning 
kam mehnat bilan ta’minlangan hududlariga hamda xorijiy davlatlar obyektlariga 
qarab xarakat qilishlariga asosiy to’siq bo’lmoqda; 

mehnat resurslarining miqdori mehnatga tadbiq etish mintaqalarga nisbatan 
tezroq o’sishi yashirin ishsizlikni, ayniqsa qishlok xo’jaligida ishchi kuchini taklif 
etish unga talabdan oshib ketadigan darajada ko’payishiga bevosita yordam beradi; 

xududlarda sanoat qurilish va xizmat ko’rsatish korxonalari hamda xususiy 
xo’jaliklarda yangi ishchi o’rinlarini yaratish yo’li bilan ishchi kuchi talabi va 
taklifi o’rtasidagi rasional nisbatni ta’minlash uchun kulay imkoniyatlar mavjud. 
Mehnat bozori kon’yunkturasini shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari 
ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko’rsatkichlari oshishi 
yetakchi o’rin egallaydi. Agrosanoat kompleksi va xizmat ko’rsatish tarmoqlari 
ko’lamlarining kengayishi, ularning rivojlanishi, o’z vaqtida moddiy - texnik va 


moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi mehnatkashlarning qayta tayyorgarlikdan 
o’tishini va yangi zamonaviy kasblarni o’zlashtirishni talab etadi. Demografik 
shart-sharoitlar ishchi kuchi taklifining shakllanishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. 
Masalan, yuqori darajadagi tug’ilish mehnat bozoriga aholining katta oqimi 
kelishini asoslaydi. Respublikada mehnatga layoqatli aholining yosh bo’yicha 
tuzilishida 16 - 29 yoshli yigit qizlarning ulushi 32,5%ni tashkil qiladi. Ish 
beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat 
bozorida ishchi kuchining sotish va sotib olishning hal qiluvchi xuquqiy sharti 
hisoblanadi. Endi mamlakatda mehnat bozori xolatini o’rganib, uni tahlil qilamiz. 
Buning uchun dastlab mamlakat mehnat resurslarini tuzish va tahlil qilish 
maqsadga muvofiqdir.O’zbekiston Respublikasi mehnat resurslari balansida 
quyidagilar o’z aksini topgan: 
Jami mehnat resurslari mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi hamda 
mehnat yoshida bo’lmagan band aholi, ya’ni ishlovchi o’smirlar va 
pensionerlardan iborat. Mehnatga layoqatli aholi iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol 
aholiga bo’lish mumkin. Iqtisodiy faol aholi iqtisodiy rasmiy va norasmiy 
sektorida bandlar hamda ishlash istagini bildirgan ishsiz mehnatga muhtoj 
 
qatlamalarini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy nofaol aholiga ishlab chiqarishdan ajralgan 
holda ta’lim olayotganlar; qaramog’ida 2 yoshgacha farzandi bo’lgan yoki tug’ruq 
oldi ta’tilidagi ayollar; ishlashni hohlamaydigan yoki tez orada mehnat 
munosabatiga kirishish imkoni bo’lmagan aholi qatlamlarini kiritish mumkin. 
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan mehnat birjalarini mehnat bozori 
vazifasining bajaruvchisi sifatida qarash mumkin. Hududlarda faoliyat yurituvchi 
mehnat birjalari axoliga quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi: 

ishsizlarni ishga joylashtirish; 

ishsiz sifatida ro’yhatga olish; 

ishsizlik nafaqasini berish; 

kasbga tayyorlash, qayta o’qitish va malakasini oshirish; 

jamiyat ishlariga yuborish va h.k . 
Bozor islohatlariga o’tish sharoitida mehnat birjalariga aholi bandligini 


oshirishga qaratilgan dastur va chora - tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga 
oshirish borasida alohida talablar qo’yiladi. Shu tufayli mehnat birjalari faoliyatini 
rivojlantirish dolzarb vazifaga aylanadi. 
Mehnat birjalari faoliyatining rivojlanishi mehnat bozorining rivojlanishiga 
olib keladi. Mehnat bozorini rivojlantirish esa mamlakatda axoli ish bilan 
bandligini oshirish demakdir. 
Shunday qilib, mehnat bozori ijtimoiy - iqtisodiy hodisa sifatida mamlakat 
makroiqtisodiy 
rivojlanishi 
bilan 
bog’liq bo’lib, bandlik va ishsizlik 
tushunchalaridan kengroq mazmunni o’z ichiga oladi. Mehnat bozori ishsiz 
yurganlarning mehnatda band qilishning shunchaki bir vositasi bo’lib qolmasdan, 
balki bandlar xamda mehnatda band bo’lmaganlar keng ommasini o’z ichiga 
oluvchi jarayon xisoblanadi. 
Mehnat bozorining holatini o’rganishda faqat ishsizlar emas, balki 
iqtisodiyotning turli sohalarida band bo’lganlar ham diqqat markazida turishni 
talab qiladi, mehnat bozoridagi kon’yunktura o’zgarishlari ta’sirida bir kun kelib 
ular ham ishsizlar safiga kirib qolishlari mumkin. Shuning uchun ham uni 
mehnatga layoqatli aholining mehnatda bandligi va ishsizlikni mehnat bozorining 
amal qilish mexanizmiga bog’liq ravishda yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy 
muammo sifatida o’rganish talab qilinadi. 



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling