Reja Kirish I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


 Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1489179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili

2.3. Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi 
zamonaviy infratuzilmalar 
Mehnat bozorini to’liq ishlashi uchun rivojlangan infratuzilmani 
shakllantirish lozim. Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining sifat ko’rsatkichlarini 
eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Infratuzilma 
iqtisodiyotda turli xo’jalik tizimlari va bu tizimlardagi asosiy subyektlar o’rtasida 
faol o’zaro aloqadorlikni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishi zarur. 
Mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda ko’pgina ilmiy 
adabiyotlarda mehnat bozori infratuzilmasi ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi 
davlat va nodavlat muassasalar tizimini, korxona va firmalarning kadrlarga xizmat 
ko’rsatish bo’limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg’armalarini, mehnat bozoridagi 
talab va taklif o’rtasidagi samarali o’zaro aloqadorlikni ta’minlashni o’z ichiga 
oluvchi mehnat bozori tarkibiy qismi sifatida ifodalanadi. 
Ko’pincha mehnat bozori infratuzilmasi tushunchasi uning tarkibiga 
kiruvchi obyektlar va ularning funksional vazifalarini ifodalaydi. Masalan, 
“mehnat bozori infratuzilmasi – mehnat va ijtimoiy himoya qilishda odamlar 
huquqlarini amalga oshirish, ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor 
muvozanatiga erishishning eng samarali yo’lini ta’minlaydigan, ular faoliyatining 
yagona normativ-huquqiy muhitini o’z ichiga oluvchi ish bilan bandlikka 
ko’maklashuvchi jami tashkilotlar va institutlar hisoblanadi” [6]. 
Mehnat bozori infratuzilmasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritib 
berishda Q.X.Abdurahmonovning bergan ta’rifi ancha o’rinlidir. Unga muvofiq 


mehnat bozori infratuzilmasini uning tarkibiy qismi sifatida ta’riflash mumkin, u 
davlat idoralari, ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi nodavlat tuzilmalari, korxona 
va firmalarga kadrlar xizmati, jamoat tashkilotlari va jamg’armalari, normativ-
huquqiy muhitni o’z ichiga oladi, ular ishchi kuchiga ehtiyoj bilan taklif o’rtasidagi 
eng samarali o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi [2]. 
Bizning fikrimizcha, mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib 
berishda uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tish zarur: 
1. Mehnat bozori infratuzilmasi – bu ko’p funksiyali tizim bo’lib, aholining ish 
bilan bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalashning turli xil tashkiliy shakllari 
va usullaridan foydalanishni o’z ichiga oladi; 
2. Mehnat bozori infratuzilmasidagi institutlar va tashkilotlar mehnat bozorini 
boshqarishda huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va axborot mexanizmlarini 
yuzaga keltiradi; 
3. Infratuzilma mehnat bozori subyektlari o’rtasida samarali o’zaro 
aloqadorlikni ta’minlaydi va ishchi kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi 
nisbatlarni muvofiqlashtiradi; 
4. Infratuzilma tarkibidagi (aholining ish bilan bandligiga ko’maklashuvchi) 
obyektlar va mexanizmlar mehnat bozorining samarali shakllanishi va rivojlanishi 
uchun qulay shart-sharoitlarni yaratilishiga qaratilmog’i zarur. 
Bizning fikrimizcha, yuqoridagi qarashlarni e’tiborga olgan holda mehnat 
bozori infratuzilmasining mohiyatini quyidagicha talqin etamiz: mehnat bozori 
infratuzilmasi – bu ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi davlat va nodavlat 
xizmatlarni, korxona va firmalardagi kadrlar bo’limlarini, jamoat tashkilotlari va 
jamg’armalarini, ishchi kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi nisbatlarni bevosita 
tartibga soluvchi va o’zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy, 
moliyaviy-iqtisodiy va axborot mexanizmlari muhitini o’z ichiga oluvchi mehnat 
bozorining tarkibiy qismidir. 
Mehnat bozori infratuzilmasi institutlar tizimi sifatida, davlat va nodavlat ish 
bilan bandlikka ko’maklashuvchi tuzilmalar va mexanizmlar, mehnat bozori 


shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tartibga 
solishda qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi. 
Mehnat bozori infratuzilmasi iqtisodiyot va boshqaruv sohasida turli 
darajalardagi subyektlar sifatida quyidagilardan iborat: 
1. Xalqaro tashkilotlar, masalan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, turli mamlakatlar 
mehnat bozorlaridagi faoliyatlari bo’yicha koordinasiyani amalga oshiradi; 
2. Mehnat bozori infratuzilmasi subyekti sifatida davlatning roli. Davlat 
iqtisodiyotning davlat sektorida tadbirkor sifatida ham, ko’pgina investision 
dasturlarni amalga oshirish subyekti sifatida ham namoyon bo’ladi. Davlatning 
qonun chiqaruvchi organlari qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, bozor 
munosabatlarining huquqlari va umumiy tamoyillarini o’rnatadi. Davlatning 
subyekti sifatida mehnat bozoridagi siyosatni davlat ish bilan bandlik xizmati 
amalga oshiradi. Bu umumdavlat, hududiy va joylardagi boshqaruv darajalari 
asosida amalga oshiriladi; 
3. Mehnat bozori infratuzilmasi subyektlari sifatida, turli ijro etuvchi hokimiyat 
organlari davlat ish bilan bandlik xizmati bilan o’zaro aloqadorlikda faoliyat 
yuritadilar, masalan, yoshlar ishi bo’yicha Qo’mita, ta’lim bo’yicha Qo’mita va 
hokazo. 
4. Mehnat sohasidagi yollanma ishchilarning birlashmalari – kasaba 
uyushmalar. 
5. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiga: nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari, 
tijorat mehnat birjalari va kadrlar agentliklari; ishchi kuchini tayyorlash va qayta 
tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari; tijorat ish bilan bandlik xizmati 
birlashmalari; ish beruvchilar assosiasiyasi, kadrlarga maslahat markazlari; mehnat 
bozori haqida axborot tizimi va boshqalar kiradi. 
6. Yangi ming yillikda mehnat bozori infratuzilmasi subyekti bo’lib, Internet 
tarmog’idagi mehnat birjalari hisoblanadi. Internet tarmog’idagi mehnat
birjalaridan aholining keng qatlami ish bilan bandlikka oid ma’lumotlardan keng 
miqyosda foydalanishlari mumkin. 


Mehnat bozori infratuzilmasi funksional elementlari va tarkibiy qismlari 
bo’yicha quyidagi tizimlarni o’z ichiga oladi: 
1. Mehnat bozori infratuzilmasining ustqurmaviy elementlari: bunga davlatning 
tartibga solish va normativ-huquqiy roli, mehnat shartnomalari va hokazolar kiradi. 
Davlatning tartibga solish roli huquqiy normalar va qonunlarning qabul qilinishi
mehnat munosabatlarini tartibga solish, investisiyalar harakatini boshqarish, 
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ishchi kuchi shakllanishiga ta’sir etishdan 
iborat. 
2. Mehnat bozori infratuzilmasining tashkiliy tarkibi, ya’ni, makro va mikro 
darajalardagi tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari quyidagilarni 
o’z ichiga oladi: 
– ishga joylashtirish bo’yicha tashkiliy tuzilmalar, bularga, davlat, munisipial 
organlar, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari va assosiasiyalar kiradi; 
– ta’lim tizimi, bunga davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatidagi o’quv 
markazlari hamda o’rta va oliy o’quv yurtlari kasbga tayyorlash va qayta 
tayyorlash institutlari sifatida, fuqarolarni o’qitish bo’yicha ish bilan bandlik 
xizmati organlari bilan shartnomaviy hamkorlikda mehnat bozoriga yangi 
mutaxassislarni tayyorlab beradi; 
– rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan mehnat birjalari 
kiradi; 
– axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axborotlarni to’plash; 
– ijtimoiy tizim – ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lganlarga ko’rsatiladigan 
xizmatlar bo’yicha markazlar va tashkilotlar; 
– moliyaviy tizim – bularga davlat ish bilan bandlik jamg’armasi, tijorat ish 
bilan 
bandlikka 
ko’maklashuvchi 
jamg’armalar, 
bitiruvchilarni 
ishga 
joylashtirishga ko’maklashuvchi o’quv yurtlarining jamg’armalari kiradi. 
Mehnat bozori infratuzilmasi o’zining vazifalarini amalga oshirish uchun bir 
qator funksiyalarni bajaradi, ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 


– mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif muvofiqligi mexanizmining 
samaradorligini oshirish uchun me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy shart-
sharoitlarni yaratish; 
– mehnat daromadlarini olish va mehnat huquqini amalga oshirishga 
ko’maklashish; 
– ish bilan band bo’lmagan aholini qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy ta’minlash; 
– ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan aholini kasbga o’qitish, tayyorlash 
va malakasini oshirish; 
– mehnat bozori kon’yunkturasi, ishchi kuchiga talab va taklifning o’zgarish 
tendensiyalari va ularning rivojlanish istiqbollari to’g’risida axborotlarni ishlab 
chiqish. Ishchi kuchini sotuvchilar va sotib oluvchilarga axborot xizmatlari 
ko’rsatish. 
S.Beysenov va T.Muxambetovlarning nuqtai nazariga ko’ra mehnat bozori 
infratuzilmasining uch darajasi ajratib ko’rsatiladi: davlat, hududiy va korxona. 
Shuningdek, mehnat munosabatlari masalalarini xalqaro darajada tartibga 
solishning bosh elementi bo’lib XMT hisoblanadi. 2.3.1-jadvalda mehnat bozori 
infratuzilmasining darajalari va funksiyalari keltirilgan. 
Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibidagi institusional tuzilmalar va tashkilotlar 
o’rtasida yuzaga keladigan ish bilan bandlikka oid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
ularning o’zaro aloqadorligini ta’minlaydi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling