Reja Kirish I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


-jadval.  Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1489179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili

2-jadval. 
Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari 
Mehnat vositachiligi tizimi 
Ijtimoiy 
qo’llab-
quvvatlash tizimi 
Marketing tizimi 
Kasbga yo’naltirish va kasbga 
tayyorlash tizimi 
Moliyaviy tizim 
Axborot tizimi 
Me’yoriy-huquqiy asoslar 
Birinchi belgisi bo’yicha quyidagi tizimlarga ajratiladi: mehnat vositachiligi, 
kasbga yo’naltirish va kasbiy tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash, 
moliya, marketing, axborotlar, shuningdek, me’yoriy-huquqiy asoslar (2.3.2-
jadval). 
Mehnat bozori infratuzilmasining tizimlarga ajratilgan tarkibiy qismlari mehnat 
bozori bosh funksiyasini amalga oshirishni ta’minlash, ishchi kuchiga talab va 
taklif muvozanatiga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. 
Mehnat bozori kontragentlari uchun natijaviy belgilari bo’yicha ajratilgan 
tizimlar ikki guruhga: vositachilik elementlari va kentrib’yuter elementlardan 
tashkil topadi (2.3.3-jadval). 
3-jadval. 
Mehnat bozori kontragentlari uchun natijaviy belgilari bo’yicha 
infratuzilma tarkibiy qismlari tasnifi* 
Vositachilik elementlari 
Kentrib’yuter elementlari 
Mehnat vositachiligi elementlari 
Me’yoriy-huquqiy asos 
Kasbga yo’naltirish va kasbga 
tayyorlash tizimi 
Moliyaviy tizim 
Ijtimoiy-psixologik 
qo’llab-
quvvatlash tizimi 
Marketing tizimi 
Axborot tizimi 
*kentrib’yuter - inglizchadan, “contributor” – qatnashchi, xodim. 


Mehnat bozori infratuzilmasining birinchi guruh elementlariga biz mehnat 
bozori kontragentlari uchun xizmat ko’rsatish bilan aloqador faoliyatni kiritamiz; 
ikkinchisiga birinchi guruh elementlari samarali shakllanishi uchun shart-
sharoitlarni ta’minlovchi elementlar kiradi. 
Bizning fikrimizcha, mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi uchun quyidagi 
tadbirlarni amalga oshirishi zarur: 
1) zamonaviy bozor sharoitlariga muvofiq aholi ish bilan bandligini tartibga 
solish mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lish; 
2) aholi turmush darajasi va uning ijtimoiy himoyalash darajasiga mehnat 
faoliyatini liberallashtirishning salbiy oqibatlari ta’siriga yo’l qo’ymaslik; stixiyali 
bozor mexanizmi boshlang’ich tartibga solishga olib keladi; 
3) aholini ishga joylashtirish va ish bilan bandligiga ko’maklashish maqsadli 
dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash; 
4) mehnat bozori imkoniyatlarini maksimal realizasiya qilishga shart-sharoit 
yaratuvchi har bir hududiy darajada mehnat bozorini tartibga solish yo’nalishlarini 
joriy etish va rivojlantirish imkoniyatlari; 
5) ishchi kuchiga talab va taklif muvozanatiga erishishni oldindan ta’minlash, 
insonni daromadli ish bilan bandligini yo’qotish oqibatlarini oldini olish; 
6) mehnat bozorida iqtisodiyotning innovasion rivojlanish yo’nalishlariga mos 
ish bilan bandlik yangi shakllarini kengaytirish. 
Hozirgi sharoitda ish bilan bandlikni tartibga solish tizimi prinsipial jihatdan 
yangicha mazmunga ega bo’lishi kerakki, u insonlarni o’z-o’zini namoyon qilish 
uchun imkoniyatlarning mavjud bo’lmagan, ish joylari sifatining past, ishchilarni 
kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashda nomutanosiblikni tavsiflovchi va ulardan 
ekstensiv foydalanishda mehnat resurslarini boshqarish tizimiga ega. 
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida mehnat bozori infratuzilmasi 
shakllanishida muhim qadam bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va 
uning 
hududiy 
organlarini 
shakllantirilishi 
hisoblanadi. 
Bu 
tashkilot 
mamlakatimizda ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasini isloh qilish va davlat 
siyosatini amalga oshiradigan asosiy institutlardan biri hisoblanadi. 


Bir asrga yaqin vaqt mobaynida bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat ish 
bilan bandlik xizmati tarixining rivojlanishi ularning kon’yunktura o’zgarishiga 
egiluvchan javob qaytarish imkoniyatini isbotladi, iqtisodiy yuksalish yoki 
pasayish davrida ishsizlarga xizmat ko’rsatishning an’anaviy usullariga moslashish 
amalga oshirildi. Aynan shuning uchun hyech bir davlat mazkur institutni yuqori 
maqomini qo’llab-quvvatlashdan bosh tortmadi. 
Shunday qilib, mamlakatimiz iqtisodiyotining innovasion rivojlanishi sharoitida 
mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining muhim yo’nalishi sifatida 
mehnat bozorini tartibga solish jarayoni nafaqat o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, 
balki ish bilan bandlik yangi shakllarining rivojlanishi va tarkibiy o’zgarishlarning 
zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiyalash jarayonlariga o’z ta’sir 
doirasini sezilarli darajada kengaytiradi. Shuningdek, o’z navbatida boshqarish va 
xo’jalik yuritishning turli darajalarida bunday tartibga solishning asosiy 
tamoyillarini ishlab chiqishga yangi yondashuvlar zarur bo’lmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan mehnat bozorini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan
tashkiliy-huquqiy va tuzilmaviy shart-sharoitlar mehnat bozori infratuzilmasi 
rivojlanishining quyidagi asosiy rivojlanish tamoyillarini to’liq amalga tatbiq etgan 
holda, mazkur bozorni rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi: 
1. Mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining iqtisodiy va ijtimoiy 
maqsadlarini o’zaro muvofiqligini ta’minlash. 
2. Mehnat bozorida ish kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi eng samarali
o’zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish. 
3. Ish bilan bandlik bo’yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish. Bunda 
ish bilan bandlik bo’yicha davlat siyosatining atrofida hamma darajadagi ma’muriy 
hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi o’ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda yagona umumdavlat ish bilan bandlik siyosatini yuritish 
nazarda tutiladi. 
4. Aholi ish bilan bandlikni ta’minlash bo’yicha nazorat. 
5. Mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishida tizimli yondashish. 


6. Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasida belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan kam 
bo’lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin belgilash. 
Xulosa qilib aytganda, mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining 
o’ziga xos demografik, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik muhitga ega 
mamlakat milliy mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi 
o’ziga xos takomillashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm zarur. 


Xulosa 
Xulosa tarzida qayd etish lozimki, birinchidan, ish bilan band bulganlar 
sonining kamayishi, iqtisodiyot tarmoqdarida ish bilan bandlik tarkibining jiddiy 
ravishda uzgarishi, ish bilan norasmiy bandlik kulamlarining kengayishida uz 
ifodasini topadi. Ushbu jarayonlar shakllanishining konuniyatlarini aniklash 
ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish istikbollarini belgilashda maxalliy mikyosdagi 
mexnat resurslarini iktisodiy tarmoqlar urtasida taksimotini tugri tashkil etish, 
yangi tashkil etiladigan korxonalarni rejalashtirishda aholi soniga nisbatan 
proporsionallikni ta’minlash aholining ish bilan bandligini tarkibiy jixatdan 
uzgartirish dasturlarini ishlab chikish nixoyatda muximdir. Keltirilgan vazifalarni 
amalga oshirilishi uz navbatida mamlakat aholisi bandligini ta’minlashda muxim 
axamiyat kasb etmokda; 
ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi 1991-2017 yillardagi rasmiy statistik 
ma’lumotlarga tayanib olib borilgan taxlillardan kelib chikib shuni ta’kidlash 
mumkinki, aholi soniga mos ravishda mexnat resurslari soni va iqtisodiyotda faol 
aholi soni xam tobora ortib bormokda. Albatta bunday xolat aholi yosh tarkibi 
bilan boglik bulib mexnatga layokatlilar sonining oshishiga omil bulganligini qayd 
etish lozim; 
uchinchidan, bandlik masalasini yechishda kompleks tarzda yondashish, 
ya’ni bandlik dasturidan kelib chikib mamlakat va xududlararo yondashishni 
takozo etadi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda O’zbekiston 
Respublikasida amalga oshirilayotgan investision siyosat sharoitida kator loyixalar 
asosida xududlarda korxonalar barpo etilmokda. Bu uz navbatida ular uchun 
kadrlar yetishtirib berishni takozo etadi. Shuning uchun barpo etilayotgan 
zamonaviy korxonalar uchun oliy ta’lim muassasalari faolligini oshirgan xolda ular 
uchun kadrlar yetishtirish xamda kayta ukitib berish, ya’ni malakasini oshirib 
berish tizimini zamonaviy yondashuvda tashkil etish lozim. 
turtinchidan, mexnat bozori xamda bandlik soxasida gender tengligi erkaklar 
va ayollarga mazkur bozor takdim etadigan barcha imkoniyatlardan (umuman 
olganda, maosh tulanadigan mexnat soxasiga, faoliyatning barcha turlariga, turli 


kurinishdagi ish joylariga va boshkalardan) teng foydalanishlarini ta’minlashni 
kuzda tutadi. Bunda, gender tengligi - fakatgina adolat masalasi xam, inson 
xukuklariga rioya kilishga tegishli bulgan muammo xam emasligini yodda tutish 
zarur. Dunyoning turli mamlakat- larida utkazilgan kuplab tadkikotlarning 
kursatishicha, ayollar bilim darajasining oshishi va aholi jon boshiga tugri 
keladigan yalpi ichki max- sulot (YaIM) mikdori urtasida ijobiy bogliklik 
mavjud.Ayol boshkaradigan oilaviy daromad ulushining oshishi oziq-ovqat, 
bolalar ta’limi va ularning kiyim-kechaklariga xarajatlarni oshishiga olib keladi va 
bunda oilaning alkogol va tamaki maxsulotlariga ketadigan xarajatlari pasayadi. 
-

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling