Reja Kirish I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


 Mehnat bozorida ish bilan bandlik xizmati


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1489179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili

 
2.2. Mehnat bozorida ish bilan bandlik xizmati 
faoliyatining tahlili 
Samarali bandlik – ijtimoiy mehnat unumdorligini o’stirish asosida 
jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromad, salomatlik, ta’lim va kasbiy 
darajasini oshirishni ta’minlash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi aholisi 
samarali bandligini ta’minlash bo’yicha mehnat bozori ishtirokchilari sa’y-
harakatlari va kuchlarini birlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mehnat 
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar, shahar va tuman 
hokimliklari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari 
tizimi o’rtasida aholi samarali bandligini ta’minlash bo’yicha ishlab chiqilgan 
birgalikdagi harakat Bosh kelishuvini har yili takomillashtirib borish va amalga 
oshirilishini ta’minlash lozim [10]. Samarali bandlik – jamiyat a’zolari sanalgan 
aholining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ularni qanoatlantira oladigan hamda 
ularning mehnat salohiyatidan unumli foydalanishga imkon beruvchi bandliqdir.
Davlat uchun samarali bandlik quyidagilarda namoѐn bo’ladi:

milliy daromadning o’sishi, mahalliy ishlab chiqarishning taraqqiѐti, 
jamiyat uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiѐtning rivojlanishi;



aholi farovonlik darajasining oshishi, ularning kasbiy malaka darajasining 
ortishi;

mamlakatda ilmiy texnikaviy rivojlanish;

iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatining 
mavjudligi;

davlat boshqaruvining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasi va 
korxonalarda ishchilar uchun shart-sharoitlar yaratilganligi kabi mezonlar bilan 
belgilanadi. Shu nuqtai nazardan aholi bandligini tartibga solish usullarini 
qo’llashni talab etiladi (1-rasm). 
1-rasm ma’lumotlariga e’tibor karatadigan bulsak, 1991 yilga nisbatan jami 
aholi soniga nisbatan mexnat resurslari 49 foizni tashkil etgan bulsa, 2017 yilga 
kelib esa jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari 59,7 foizni, ya’ni usish 
tendensiyasi kuzatilgan. 


O’zbekiston Respublikasida 1991-2017 yillarda jami aholi soniga nisbatan 
mexnat resurslari, iktisodiy faol aholi soni va iktisodiyetda band aholi sonining 
uzgarish tendensiyalari taxlili amalga oshirildi (2-rasm). 
Xuddi shunday usish tendensiyasi jami aholiga nisbatan iktisodiy faol aholi 
va iqtisodiyotda band aholi mos ravishda usish tamoyiliga, ya’ni iktisodiy faol 
aholi 1991 yilda 39,6 foizdan 2017 yilda 44,6 foizga, iqtisodiyotda band aholi 
1991 yilda 39,6 foizdan 2017 yilga kelib 42,5 foizga ega bulgan. 
3-rasm ma’lumotlarida esa 1991 yildan tortib 2017 yilgacha bulgan mexnat 
bozorini tavsiflovchi asosiy indikatorlarning utgan yillarga nisabatan uzgarishi 


keltirilgan bulib, bunda iktisodiy faol aholining mexnat resurslariga nisbatan va 
iqtisodiyotda band aholining iktisodiy faol aholiga nisbatan uzgarishi keltirilgan. 
Bunaday tendensiyaning kuzatilishi albatta, mamlakatimizda mexnatga ayokatli 
yoshdagilarning oshishiga olib kelib, aholi bandligini ta’minlash muammosini 
keltirib chikarishga sabab buldi.Shu urinda O’zbekiston Respublikasida 1991-2017 
yillarda iqtisodiyotdagi bandlarning tarmoqlar tarkibiy tuzilishi dinamikasini 
tadkik etish xam samarali yondashuv sanaladi. 
Chunki, 4-rasmda keltirilgan statistik ma’lumotlar ushbu kursatkichni 2017 
yilda 1991 yilga nisbatan 92,1 foizga usib 19440,8 ming kishiga yetganligini 
kursatmokda. O’zbekiston Respublikasida iktisodiy faol aholi soni 14,357 mln. 
kishini yoki umumiy aholining 44,3% ini tashkil etdi. Shu bilan birga, 
iqtisodiyotdagi bandlar soni utgan yilga nisbatan 1,7 %ga usib, 13,52 mln.kishiga 
etdi. Utgan yil bilan kiyoslaganda, eng yuqori bandlik darajasi tashish va saklash 
(2,6%ga), moliyaviy va sugurta faoliyati (2,4%), kurilish (2,1%), savdo (1,9%), 


yashash va ovkatlanish (1,7%) soxalarida qayd etildi. Bandlar umumiy sonida 
kishlok, urmon va balik xujaligi (27,3%), sanoat (13,5%), savdo (9,5%) va ta’lim 
(8,2%) soxalarining ulushi yuqoridir. 
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
xar tomonlama kullab-kuvvatlash xamda yanada ragbatlan- tirish buyicha chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi tufayli kichik biznesdagi bandlar ulushi ortib 
borayotganligi 78,3% ni (2016 yilda 78,2%) tashkil etganligi bilan izohlanadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling