Reja: Kirish I. Bob. Turkiya sanoati va undagi muammolar umumiy tushuncha
II.2. Turkiya sanoatining rivojlanishi
Download 80.06 Kb.
|
Turkiya sanoati
II.2. Turkiya sanoatining rivojlanishi
Haqiqatan ham, hozirgi kunda Turkiya –taraqqiyotga yuz tutgan mamlakat. Shuni ham esga olish kerakki, sobiq Ittifoqiga 5 milliard AQSh dollari qarz bergan ham Turkiya mamlakatidir. Hozirgi kunda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliydaromidi 2650 dollarni tashkil etadi, bu ancha yuqori ko‘rsatgich, albatta, yoki Turkiyada bir oylik maoshga 16 programmali zamonaviy ko‘p tarmoqlari televizorni xarid olish mumkin. Turkiya o‘tgan yili 15 ming yuk tashuvchi, 125 ming dona yengil mashina, 15 million tonna g‘alla, 3 million tonna neft, va ko‘plab miqdorda qishloq xo‘jaligi va hilma-hil sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi. Turkiyaning aholisini mehnatga layoqatli aholisining 55 foiziga yaqini qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatishadi. 1933 yilda Turkiyada 1-shakar zavodi ishga tushadi va shu yili mamalkatda ikkita yirik tijorat banklar, ya’ni “Etibank” va “Sumerbank” ochiladi. 1965 yilda xukumat import tovarlarini chegaralash, hamda import tovarlarini mamalkatning o‘zida ishlab chiqarishga katta ahamiyat berdi. Turkiya yiliga o‘rtacha 350 ming dona avtomobil, yuk tashuvchi avtomobil-50 ming, rangli televizorlar-4 mln. dona, po‘lat-21 mln.tonna, neft-3,5 mln.tonna, ko‘mir-4,5 mln.tonna ishlab chiqaradi. Turkiyada eng 1- yengil avtomobil zavodi 1954 yilda ishga tushirildi va uning nomi “Turk Villas Overland Ltd”. 1955 yilda yuk mashinalarini va 1963 yilda avtobuslar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Keyinroq mamlakatda, ya’ni 1971 yilda TOFAS (FIAT, Italiya) va OYAK-RENAVLT (Fransiya) kompaniyalari bilan tuzilgan qo‘shma korxonalar asosidagi zavodlar avtomobil ishlab chiqara boshlashdi. Hozirgi paytda mamlakatda 16 ta kompaniya avtomobil ishlab chiqarmoqda. Ushbu jami kompaniyalarning avtomobil ishlab chiqarish quvvati 1 yilda 1 mln.mashina ishlab chiqarish quvvatiga egadir. Turkiyadagi hozirgi paytdagi eng yirik GES bu Keban GESidir. U 1974 yilda Yevfrat daryosida qurilib ishga tushgan, uning quvvati 1360 MVt. tashkil qiladi. Turkiyaning to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqarilishi va ularning sifati bo‘yicha jahon xo‘jaligida 6-o‘rinda turadi. Jun va shun mahsulotlari ishlab chiqarishi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi. Mashinasozlik tarmog‘i rivojlanishining eng asosiy davri bu 2-besh yillik rivojlanish rejasi davrida, ya’ni 1968-1972 yillarda bo‘ldi. Turkiya Yevropaning yuvelir mrakaziga aylangan. Hozirda mamlakatda 6 mingdan ziyod turli hil korxonalar tomonidan yuvelir ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Hozirgi paytda 200-240 tonna atrofida yuvelir taqinchoqlari va buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Turkiyada “Tillo” yoki “Oltin”birjasi 1995 yilda Istambulda tashkil etilgan. Turkiyaning ommaviy – axborot vositalarning so‘zlariga qaraganda hozirda Turkiya aholisida taxminan 4-5 ming tonna atrofida tillo shaxsiy mulk sifatida saqlanmoqda. Demak, Turkiya shaxsiy tillo zahiralarini hisobga olganda dunyoda Hindistondan keyin 2-o‘rinda turadi. Bundan tashqari, Turkiya yiliga o‘rtacha 60 tonna atrofida yuvelir taqinchoqlarni va buyumlarni xorijlik sayyoxlarga sotmoqda. Turkiya statistik byurosini ma’lum qilishicha, sanoatda 2005 yili quyidagi o‘sish sur’atlari qayd qilingan: birinchi kvartal – 6,1%, ikkinchi kvartal – 3,1%, uchinchi kvartal – 4,5% va to‘rtinchi kvartal – 7,8%. Umuman yillik o‘sish 5,3%ni tashkil qilib, 2005 yil uchun hukumat tomonidan maqsad qilib qo‘yilgan besh foizlik o‘lchovdan oshib ketdi. Xususiy sektordagi o‘sish davlat sektoriga nisbatan yuqori bo‘lgan: 6,7%ga nisbatan 8,1%. Sanoat sektorlari bo‘yicha ma’lumotlar quyidagicha: yuqori sur’atlar tog‘-kon sanoatida kuzatiladi (16,6%), undan keyin yoqilg‘i-energetika kompleksi (8,8 %) va ishlab chiqarish tarmog‘i (7,4%) keladi. Download 80.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling