Reja: Kirish Iqtisodiyotda elastiklik


Yoysimon elastiklik (Allan elastikligi)


Download 0.79 Mb.
bet5/8
Sana20.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1105043
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja- Kirish Iqtisodiyotda elastiklik

2.1 Yoysimon elastiklik (Allan elastikligi)
Yoysimon elastiklik — keskin bir omil oʻzgarishining ikkinchi omilga taʼsirining oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Yaʼni, agar burger narxi 2 dollardan 4 dollarga oshganida (100 foizga), talab hajmi 1000 tadan 500 taga tushsa (50 foizga), elastiklik 50/100=0,5 ni tashkil etadi. Lekin narx 4 dollardan yana avvalgi 2 dollarga arzonlasa (50 foizga kamaysa) va talab hajmi avvalgi holiga qaytsa (yaʼni 100 foizga oshsa) bu holatda elastiklik 100/50=2 ni tashkil etadi. 0,5 va 2 koeffitsiyentlari orasidagi farq katta boʻlganligi uchun iqtisodchilar oʻrtacha qiymatni olishadi va yoysimon elastiklikdan foydalanishadi.


Hosila orqali
Iqtisodiyotda oʻzgarishlar asosan funksiyalar koʻrinishida berilganligi uchun, quyidagi hosila olish formulasi orqali funksiyaning umumiy elastikligini (uning qiyaligini) aniqlash mumkin:{\displaystyle \varepsilon ={\frac {dy}{y}}:{\frac {dx}{x}}={\frac {dy}{dx}}{\frac {x}{y}}=f'(x){\frac {x}{y}}}
Amaliy misol
Tailandga boʻlgan turistik turlarning daromad boʻyicha elastikligi 1,5 ga teng. Turga talab hajmi 30 foizga oshishi uchun daromadlar qanchaga oshishi lozim?
Yechish. Birinchi navbatda nomaʼlumga ega tenglama tuziladi: n×1,5=30
Soʻngra 30 ni 1,5 ga boʻlish orqali kerakli miqdor topiladi: 30×2/3=20
Javob: Daromad 20 foizga oshishi kerak.

Xususiy hollardagi elastiklik koʻrsatkichlari

Chiziqli talab (koʻk) va taklif (qizil) funksiyalari

Egri chiziqli talab funksiyasi
Elastiklik eng koʻp qoʻllaniluvchi soha ekonometrika boʻlganligi uchun elastiklikni oʻlchashda turli funksiyalardan foydalaniladi[34]. Quyidagi funksiyalar ekonometrikada uchraydi:
1.Chiziqli funksiya.
2.Egri chiziqli funksiya (Darajali funksiya).
Chiziqli funksiyada elastiklik y=kx+b dagi k koeffitsienti orqali ifodalanadi. Yaʼni, ixtiyoriy {\displaystyle Q_{D}^{P}=100-2P}  funksiyadan 2 soni k koeffisienti hisoblanib, funksiya elastik hisoblanadi. Chiziqli funksiyada oʻzgaruvchiga manfiy qiymat berilmaydi, chunki narx noldan kichik boʻlishi mumkin emas. Rasmdagi -x+5 funksiyaning elastikligi 1 ga, y = x/2+2 funksiyasida esa elastiklik 1/2 ga teng hisoblanadi, yaʼni funksiya noelastikdir.
Egri chiziqli funksiyada esa funksiyaning darajasi bu vazifani oʻtaydi. Ixtiyoriy {\displaystyle 3x^{-2}}  funksiyada funksiya elastikligi 2 hisoblanadi. Darajali funksiyada x ning manfiy qiymati olinmaydi, chunki narx noldan kichik boʻlishi mumkin emas. Real iqtisodiyotdagi funksiyalarda modellar aynan egri chiziqli funksiya koʻrinishida ifodalanadi, chunki aynan koʻp chiziqli funksiyalar yigʻindisi egri chiziqli funksiyani hosil qiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling