Reja: Kirish Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari. Jismoniy rivojlanishda bolalarda ko`p uchraydigan kasalliklar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish


Download 0.82 Mb.
bet3/6
Sana20.09.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1682480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari.

Q addi qomat – bu odamga odat bo‘lib qolgan gavdaning holati. Tik turgan holatda bosh bilan tana bitta vertikalda turishi kerak. Ikkala yelka bir tekislikda turishiga, kuraklar joylashishida assimetriya yo‘qligiga e’tibor beriladi, ko‘krak qafasi suyaklari bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan, qorin sezilmaydi, oyoqlari to‘g‘ri, tizza va toz son bo‘g‘imlari rostlangan bo‘ladi.
U
Rasm. Odamdagi fiziologik egilmalar
murtqa pog‘onasini ko‘zdan kechirganda to‘rtta fiziologik egilmalarni aniqlash mumkin: Bo‘yin va bel lordozlari (oldinga egilmasi), ko‘krak va dumg‘aza-dum kifozlari (orqaga egilmasi).

Bu fiziologik egilmalar gavdada ressorlik funksiyasini o‘taydi. Egilmalar orasidagi farq 3 - 4 sm dan oshmasligi kerak.
Qaddi-qomat ota-onadan olingan belgi sifatida namoyon bo‘libgina qolmay, balki hayot davomida jismoniy rivojlanishning sustligi, yomon, zararli odatlar - partada noto‘g‘ri o‘tirishi, noto‘g‘ri tik turishi sababli buzilishi mumkin.
Qaddi-qomatning noto‘g‘riligi ayniqsa, yosh organizmning o‘sish davridagi nuqsoni suyak skeletida turg‘un o‘zgarish-deformatsiya hosil bo‘lishi nafas organlari, yurak-qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish organlari, nerv va harakat apparatining yomonlashishiga, xususan bosh og‘rig‘i, tez charchash, ishtahaning yo‘qolishiga olib keladi.
Umurtqa pog‘onasining egilmalari o‘zgarishi bo‘yicha qaddi- qomatning tuzilishini aniqlash mumkin:

  1. Yumaloq orqa – umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi turtib chiqqan, bel lordozi va dumg‘aza dum kifozi yassilashgan bo‘ladi.

  2. Yassi orqa - umurtqa pog‘onasining hamma fiziologik bukilmalarining yassilanishi. Boshqacha qilib aytganda, shalvaygan qaddi-qomatda bosh egilgan, ko‘krak qafasi yassi, oyoqlar tizza qismida bukilgan bo‘ladi. Orqa yassi umurtqa pog‘onasi skolioz bilan birga keladi.

  3. Yumaloq botiq orqa– yumaloq umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi orqaga turtib chiqqan, bel lordozi va dumg‘aza dum kifozi esa haddan tashqari ichkariga botgan.



a-normal qomat , b-yumaloq orqa, в –yassilashgan orqa, г – yumaloq botiq orqa

Yelkalarning simmetrikliligi baholanadi: yelka kamari bir tekis bo‘lishi kerak. Ularning asimmetrikligi turli sabablar bilan belgilanadi: normada tennis va boks sport turi bilan uzoq vaqt shug‘ullangani bo‘lsa, patologik hollardagi - skoliozdir. Bolalarning maktabga borish davrida ularning portfeli vazniga, bo‘yiga mos tanlanishi, tutqichlarining ikki tomonlama bo‘lishi, bu o‘zgarishning oldini olishdagi asosiy omil hisoblanadi.




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling