Reja: Kirish Moliya tizimi va uning sohalari Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni Davlat krediti va davlat qarzlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


Download 1.51 Mb.
bet1/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1586152
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi The Sardorbek


Reja:
Kirish
1.Moliya tizimi va uning sohalari
2.Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni
3.Davlat krediti va davlat qarzlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Jahon moliya tizimida yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng ko‘lamli isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda hamda bank tizimini yanada rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qo‘llanilishini taqozo qilmoqda.
Xolis tan olish kerakki, bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda to‘laqonli foydalanilmayapti, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarning rivojlanmaganligi qo‘yilgan maqsadlarga erishishni qiyinlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga ma’muriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar tomonidan o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek ularning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi bank nazoratini ta’sirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.1
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi, mamlakatlarning о‘zaro integratsiyalashuvi va xalqaro ixtisoslashuvning kuchayishi har bir milliy iqtisodiyot oldiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va jahon bozorida munosib о‘rin egallash vazifasini qо‘ymoqda. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir bо‘layotgan jarayonlar va, birinchi navbatda, qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez о‘zgarayotgani, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari, dunyoning kо‘plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va о‘sish sur’atlarining pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham о‘zining salbiy ta’sirini о‘tkazmasdan qolmaydi, albatta»2 Shu boisdan, mamlakatimizda moliya sektorini barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda о‘sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda о‘zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda. Xususan:
– xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali va zamonaviy ishlab chiqarish obektlarini ishga tushirish, ushbu sohada keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi;
– iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kо‘lamining yanada kengaytirilishi;
– banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda о‘sishiga zamin yaratmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakat moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini chuqur tadqiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar о‘tkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi.Mamlakatda barqaror iqtisodiy о‘sish sur’atlariga erishish va uning uzluksizligini ta’minlashda moliya sektorining rivojlanishi muhim о‘rin tutadi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling