Reja: Kirish Moliya tizimi va uning sohalari Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni Davlat krediti va davlat qarzlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


-rasm Moliya tizimining tashkiliy tuzilmasi


Download 1.51 Mb.
bet7/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1586152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi The Sardorbek

2.4-rasm Moliya tizimining tashkiliy tuzilmasi9
Davlat byudjeti davlat moliyasini asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Chunki davlat byudjeti orqali YAIMning taxminan 20-25%i qayta taqsimlanadi. Davlat byudjet orqali yirik miqdordagi pul resurslariga yega bo‘ladi. Bunday pul resurslari orqali davlat o‘zining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa vazifalarini amalga oshiradi. Chunonchi, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda byudjet asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi sharoitda umumiy byudjet xarajatlarining taxminan 60%i atrofida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga yo‘naltirilmoqda.
Byudjet munosabatlari yordamida moliyaviy usulda qayta taqsimlash natijasida milliy daromadning sezilarli qismi jamlanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, markaziy va mahalliy xokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy bazasi davlat byudjeti hisoblanadi.
Byudjet iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki uning moddiy asosini ijtimoiy ishlab chiqarish natijasida olinadigan pul daromadlari hisoblanadi.Shuning uchun ham har qanday mamlakatda byudjet munosabatlarini tashkil qilish jarayonida ishlab chiqarish manfaatlari hisobga olinishi lozim.
Byudjet vositasida davlat iqtisodiyotga faol ta’sir qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Chunki byudjet vositasida iqtisodiyotning yirik miqdordagi pul resurslari tarmoqlar va hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Demak, byudjet daromadlarini shakllantirish va ulardan ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalanish jarayonida davlatning barcha tarmoq va sohalaridagi pul daromadlari va jamg`armalarni tartibga soladi, mamlakatlarning turli hududlaridagi iqtisodiy potensial, investitsion faollikni va barkaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan bog‘liq hududiy muammolarni xal qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi



2.5-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tuzilmasi(2020-yil)10
2020 yil uchun Davlat budjeti daromadlari 128 460,0 mlrd. so‘m (yoki YAIMning 20 foizi) miqdorida rejalashtirilgan, bu esa 2019 yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd. so‘mga ko‘proqdir. 2020 yil uchun Davlat budjetining kutilayotgan tushumlarini baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling