Reja: Kirish Moliya tizimi va uning sohalari Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni Davlat krediti va davlat qarzlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


-rasm. Davlat moliyasining o’ziga xos xususiyatlari


Download 1.51 Mb.
bet5/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1586152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi The Sardorbek

2.1-rasm. Davlat moliyasining o’ziga xos xususiyatlari6
Davlat moliyasi davlatning umumiy daromadlarini shakllantirish va davlat xarajatlari yo‘nalishi o‘z ichiga oluvchi qiymat taqsimot munosabatlarini o‘zida aks ettiradi.
Davlat moliyasi jamiyat a’zolari umumiy ehtiyojini qondirish, mamlakatni idora etish uchun milliy daromadni taqsimlash va ishlatish borasidagi munosabatlar yig‘indisidir. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida moliya va moliyaviy siyosatning ahamiyati kattadir. Moliya siyosati iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo‘lib, moliyani tashkil yetish hamda undan foydalanish davlat o‘z funksiya va vazifalari amalga oshirishda ko‘radigan choralari majmuiga kiradi.
Davlat moliyasi moliya tizimining asosiy bo‘g‘inini tashkil etadi. Davlat moliyasi milliy daromad va milliy boylik qiymatining bir qismini davlat, unga qarashli korxona, tashkilotlarning pul fondiga aylantirib, ularning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, jamiyat a’zolari umumiy ehtiyojlarini qondirish, mamlakatni boshqarish uchun taqsimlash va ishlatish munosabatlarini oladi.
Davlatning moliyaviy faoliyati — davlat zimmasidagi funksiyalarni bajarilishni ta’minlash uchun pul mablag‘larini to‘plash, taqsimlash, qayta taqsimlash sohasidagi tadbirlardan iborat. Moliyaviy faoliyat milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo‘li bilan shaxsiy ehtiyojlarnigina emas, shu bilan birga ijtimoiy ehtiyojlarni ham qondirish zarurligi yuzasidan ob’ektiv jarayondir. Ishlab chiqarish jarayonida korxona, tashkilot va fuqarolarda muayyan pul jamg‘armalari vujudga keladi va moliyaviy faoliyat natijasida ushbu jamg‘armalarning muayyan qismi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun umumdavlat jamg‘armlariga jalb etiladi.
Davlat moliyasinining mazmuni haqida ham klassik va noklassik maktab namoyondalarida turli qarashlar mavjuddir. Ushbu qarashlar polisemantik ya’ni mazmunan farqlansada, ular davlat moliyaviy faoliyatining iqtisodiy tabiatini turli jihatlarini yoritishga urg‘u qaratganlar.
2.2-rasm. Davlat moliyasining klassik va neoklassik nazariyaga oid talqini7

Davlat moliyasi- kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlanishi orqali davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlari tizimini o‘z ichiga oladi.


Markazlashtirilgan pul fondlari davlatning jamiyatni siyosiy instituti sifatidagi faoliyatining moliyaviy asosini tashkil yetuvchi fondlardir. Ushbu pul fondlari asosan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobiga shakllantiriladi.
Davlat (ijtimoiy sektor) moliyaviy resurslar fondini zamon va makonda boshqarish tizimiga oid iqtisodiy munosabatlar tizimini ham ifodalashi e`tirof etiladi.Davlat moliyasining mohiyati va uning roli hamda maqsadlari davlatlarni bajaradigan funksiyalari, ishlab chiqarish usullari, ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan belgilanadi.
Davlat moliyasi orqali milliy daromad hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Davlat moliyasining bo‘g‘inlari
Agar mamlakat miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish darajasiga asoslangan holda davlat moliyasi tizimi elementlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi davlat moliyasi bo‘g‘inlari hamda ularnining davlat moliyasidagi o‘rni davlatlarning siyosiy tuzilishi va davlat boshqaruvining xususiyatlariga bog‘liqdir.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling