Reja: Kirish Moliya tizimi va uning sohalari Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni Davlat krediti va davlat qarzlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


MOLIYA TIZIMIDA DAVLAT MOLIYASINING TUTGAN O`RNI


Download 1.51 Mb.
bet4/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1586152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi The Sardorbek

2.MOLIYA TIZIMIDA DAVLAT MOLIYASINING TUTGAN O`RNI

Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.


Birinchi marta "davlat moliyasi" atamasi XVI asrda Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular xarajatlarining ortib borishi bilan naqd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi, majburiy soliqlar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi.
Hozir vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U takror ishlab chiqarish jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, davlatni idora qilish va boshqarishda yetakchi vosita hisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi davlat moliyasi va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.
Davlat moliyasi davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarishi uchun zaruriy pul mablag‘lari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan mamlakatning moliya tizimini muhim bo‘g‘inidir. O‘zinig iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra davlat moliyasi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida davlat ixtiyorida pul fondlarini shakllantirish va mazkur davlatning pul fondlaridan kengaytrilgan takror ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha davlat yehtiyojlari, jamiyat a’zolarining o‘sib borayotgan ijtimoiy madaniy ehtiyojlarini qondirishga, mudofaa va boshqarish sohalarini moliyaviy ta’minlash bo‘yicha yehtiyojlarni qondirishga taqsimlash bilan bog‘liq makroiqtisodiy munosabatlar tizimidir. Davlat moliyasining o‘ziga xos xususiyati shu bilan belgilanadiki, unda qatnashuvchi sub’ekt sifatida davlatning o‘zi maydonga chiqadi. Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati turli tuman talqin qilinadigan bo‘lib, uning tarkibida alohida o‘zaro bog‘liq bo‘g‘inlar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifalarni bajaradi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling