Reja: Kirish Moliya tizimi va uning sohalari Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni Davlat krediti va davlat qarzlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


-rasm. Davlat qarzining tarkibi(01.01.2021)


Download 1.51 Mb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1586152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi The Sardorbek

3.1-rasm. Davlat qarzining tarkibi(01.01.2021)13
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga(YAIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etdi.
Xususan, 2020 yil yakuniga ko‘ra davlat tashqi qarzi 5,4 mlrd. Dollarga yoki yil boshiga nisbatan 34,4 foizga oshib, 2021 yil 1 yanvar holatiga 21,1 mlrd. dollarga yoki YAIMga nisbatan 36,5 foizga yetdi.Shundan:
- O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz -15,1 mlrd. dollar;
- davlat kafolatlagan tashqi qarz – 6,0 mlrd. dollar.
Davlat ichki qarzi 23,3 trln. so‘mni (2,2 mlrd. dollar) yoki YAIMga nisbatan 3,9 foizni tashkil etdi.
Shundan:
- davlat qimmatli qog‘ozlari – 4,0 trln. so‘m (0,4 mlrd. dollar);
- davlat kafolatlagan ichki qarz – 19,3 trln. so‘m (1,8 mlrd. dollar).

3.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi dinamikasi(mlrd. Dollar)14
Davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YAIMga nisbatan - 40,4 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YAIMga nisbatan - 36,5 foiz) mo‘’tadil darajada saqlanib qolmoqda.
“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilangan.
Ma’lumki, “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 2020 yil davomida davlat tashqi qarzini jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd. dollar miqdorida belgilangan.
O‘zbekiston 1992 yildan boshlab qalkaro moliyaviy institutlardan kreditlar ola boshladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, respublika kreditlar muddatining nisbatan qisqa muddatli xarakterga ega. Barcha yirik to‘lovlar oxirgi uch yil davomida to`lanishi shart. Bu fakt tashqi qarzlarni boshqarishda adekvat siyosat yuritishni taqozo etdi. Bundan tashqari qarzlarning oshishi tashqi aloqalarni tartibga solish zaruratini to`g`diradi. Ammo shuni ta`kidlash joizki hozirgi kungacha olingan xalqaro kreditlar o‘z vaqtida qaytarilib kelinmoqda. Ya’ni hozirgi paytda respublikaning xalkaro kreditlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emas.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling