Reja: Kirish Moliya tizimi va uning sohalari Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni Davlat krediti va davlat qarzlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


-rasm. Davlat tashqi qarzi iqtisodiyot tarmoqlari kesimida taqsimlanishi


Download 1.51 Mb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1586152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi The Sardorbek

3.6-rasm. Davlat tashqi qarzi iqtisodiyot tarmoqlari kesimida taqsimlanishi18
Xususan, 2020 yilning yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzining 17,5 foizi yoki 3,7 mlrd. dollar davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga, 14,6 foizi yoki 3,1 mlrd. dollar elektr energetika sohasiga, 12,4 foizi yoki 2,6 mlrd. dollar energetika sohasiga, 11,5 foizi yoki 2,4 mlrd. dollar transport va transport infratuzilmasiga, 9,4 foizi yoki 2,0 mlrd. dollar uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Davlat tashqi qarzining katta qismi uzoq muddat hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan .O‘zbekiston Respublikasi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi.


Xulosa
Moliya tizimi sifatida «moliyaviy munosabatlarning tashkil qilish shakli» yoki «moliyaviy munosabatlarning tashkiliy tuzilmalari majmuasi» sifatida ko`rib o`tish mumkin.“Moliya” tizimining 2 xil yondashuvdagi mazmuni mavjud bo‘lib, ushbu yondashuvlar tizim elementlari bo‘yicha tuzilmasini shakllanishi bir qator xususiyatlari bo‘yicha farqlanadi.
Davlat moliyasi- kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlanishi orqali davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlari tizimini o‘z ichiga oladi
Deyarli ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar ma’lum bir rivojlanish jarayonida iqtisodiy o‘sishni rivojlantirish va ichki resurslarni samoyalar bilan to‘ldirish uchun xorijiy davlatlarda qarz olishga majbur bo‘ladilar. Yangi qarzlarni olishdan oldin to‘lov balansining joriy hisob varag`idagi taqchilligi bilan bog‘liq tashki qarzlar summasini aniqlab olish kerak. Tashqi qarzlarni boshqarish uchun berilgan kreditlar to‘g‘risida ma’lumot zarur bo‘ladi. Bundan tashqari olinadigan qarzlarni hajmini tartibga solib turishi va uni mavjud bo‘lgan qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlash zarur. Bu esa o‘z navbatida kredit kelishuvlarining loyhalarini shartlarini o‘zgartirish va tahlil qilishni talab qiladi, shuningdek faoliyatni muvofiqlashtirish yo‘li bilan mo‘zokaralar olib borish orqali yangi shart-sharoitlarni yaratishga erishishni takozo etadi.
Davlatning jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun zaruriy moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadi. Bunday moliyaviy resurslar milliy daromadni taqsimlanishi natijasida shakllantiriladi. Shuningdek, davlat harajatlarini o‘sishi natijasida qarzli moliyalashtirish siyosatidan keng foydalaniladi.
Davlat qarzlari davlat krediti munosabatlari natijasida vujudga kelib,xaddan ziyod kredit instrumentlari vositasida pul mablag‘larini mobilizatsiya qilish natijasida vujudga keladi.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling