Reja: Kirish Moliya tizimi va uning sohalari Moliya tizimida davlat moliyasining tutgan o`rni Davlat krediti va davlat qarzlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


-rasm. 2020 yilda davlat qarzi o‘sishini shakllantiruvchi omillar


Download 1.51 Mb.
bet11/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1586152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi The Sardorbek

3.3-rasm. 2020 yilda davlat qarzi o‘sishini shakllantiruvchi omillar15
2020 yilda davlat qarzi qoldig‘ining o‘sishini shakllantiruvchi asosiy omillar:
- O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 4,4 mlrd dollarga oshdi;
- O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 1,0 mlrd. dollarga oshdi;
- O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida imzolangan ichki qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 0,5 trln. so‘mga oshdi;
- 5 024,0 mlrd. so‘m miqdorida davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi hamda 2 320 mlrd. so‘mga teng ichki qarzdorlik so‘ndirilishi natijasida davlat qimmatli qog‘ozlari qoldig‘i 2 704,0 mlrd. so‘mga oshdi.
Qarz xizmati me`yori(koeffitsiyenti)- bu tashqi qarzdorlikning murakkabligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardandir. U mamlakatning tovar va xizmatlar eksport tushumlariga nisbatan qarz xizmati bo‘yicha to‘lovlarning foiz ko‘rsatkichlarini anglatadi.

3.4-rasm. Davlat tashqi qarzi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar16
Tashqi qarzning og‘irligi quyidagi sabablarga ko‘ra ortib borishi mumkin: Eksport hajmining pasayishi(kamayishi), yuqoridagi ustama foizlar, qarz unsurlari qiymatining haqiqiy holatga nisbatan chayqovchilik darajasida ortib ketishi va boshqalar hisoblanadi.
2020 yilning yanvar-dekabr oylari davomida davlat ichki qarzi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra yil boshidan 3,2 trln. so‘mga oshib, 2021 yil 1 yanvar holatiga qoldig‘i 23,3 trln. so‘mni tashkil qildi.
Shundan:
- Davlat qimmatli qog‘ozlari – 4,0 trln. so‘m;
- Davlat kafolatlagan ichki qarz –19,3 trln. so‘m.
Davlat qimmatli qog‘ozlari
Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat qimmatbaho qog‘ozlari bozorining samarali rivojlanishiga qandaydir yagona optimal yondashuvni ishlab chiqishning imkoniyati mavjudligi dargumondir. Bir qator mamlakatlarning hukumatlarida moliyalashtirishdagi davlat ehtiyojlarining pasayishi davlat qarz majburiyatlari bozorlarida likvidlilikning pasayishiga olib keladi, degan tushuncha mavjud. Garchi katta miqdordagi qarzlarni muddatidan oldin o‘zish imkoniyati mavjud bo‘lsa-da, bir qator mamlakatlarning hukumatlari likvidli moliyaviy bozorlarni tuzish va qo‘llab-quvvatlash uchun muayyan qarz majburiyatlarini chiqarishda davom etishyapti. Xuddi shu tarzda, ba’zi mamlakatlarda aniqlangan byudjet defitsitlarining mavjud emasligi belgilangan daromadli ichki bozorning rivojlanishini rag‘batlantiruvchi davlat qarz majburiyatlari bozorining tabiiy rivojiga xalaqit bermasligi lozim.
Umuman shuni aytish mumkinki, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat qimmatbaho qog‘ozlari bozorining shakllanishi likvidli samarador qarz majburiyatlari ichki bozorining shakllanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
2019 yilda muomala davri qisqa va o‘rta muddatli bo‘lgan umumiy qiymati 1 550,0 mlrd. so‘m miqdoridagi davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) 15 ta elektron auksion savdolarini o‘tkazish orqali joylashtirilgan bo‘lsa,2020 yil davomida o‘tkazilgan 22 ta elektron auksionlar orqali umumiy qiymati 5 024,0 mlrd. so‘mga teng davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarildi.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling