Xalq bilan muloqot qilish, insonlar dardi, muammolarini samarali, tezkor hal qilishning sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Olib borilgan ishlar samarasi oʻlaroq, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari boʻyicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, yillar davomida toʻplanib qolgan muammolarni yechish, sohani toʻlaqonli tartibga solish amalga oshirilmoqda.Jahon andozasi boʻlgan “tarozilar pallasi” (checks and balances) tamoyilining amalda oʻz aksini topishiga erishildi. Jumladan, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi belgilandi.Normarkazlashtirish siyosati namunasi oʻlaroq, “hududlardagi muammoni, eng avvalo, oʻsha hududda ishlaydigan va yashaydigan insonlar yaxshi hal qila oladi”, degan fikrdan kelib chiqqan holda davlat apparatining institutsional tizimi qayta koʻrib chiqilib, uni optimallashtirish, samaradorligini oshirish boʻyicha muhim islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mutlaqo yangi tizim – sektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Yaʼni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 4 ta sektorga boʻlindi. Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibi joriy qilindi. Oʻz navbatida, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlardagi mahalliy Kengashlarga masʼul etib biriktirildi.
Xulosa
• O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi. Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi ijrosi doirasida 12 ta yangi davlat organlari tashkil etildi, 20 ta vazirlik va idoralarning faoliyati tubdan o‘zgartirildi. Keyingi uch yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohaning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilindi. Kelgusi besh yilga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, sanoat tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi, yalpi ichki mahsulotni qariyb ikki barobarga oshirish – 58 milliard dollardan 100 milliard dollargacha va aholining hayot darajasini oshirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali davlat boshqaruvisiz amalga oshirish mumkin emas
•Foydalanilgan adabiyotlar
1.http://www.uzbekistan.org.ua/uz/o-zbekiston-respublikasi-tashqi-siyosati.html
2. Karimov I.A “ O`zbekiston buyuk kelajak sari” <> 1999
3. Karimov I.A “ Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” 2008-yil
4. O`zbekistonning eng yangi tarixi 1-qism. << O`zbekiston ovozi>> 2000yil
[Xalq so'zi gazeta]
5.[Fayllar.org]
Do'stlaringiz bilan baham: |