Reja Kirish Nazariy qism


Download 0.84 Mb.
bet12/20
Sana18.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1212218
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Uglevodlar. Sobirova.S

Disaxaridlar


Disaxaridlar (di- “ikki”) degidratlanish reaksiyasi orqali ikkita monosaxaridning bogʻlangan shaklidir. Degidratlanish reaksiyasi “kondensatsiya reaksiyasi” yoki “degidratlanish sintezi reaksiyasi” deb ham nomlanadi. Bu jarayonda gidroksil guruhidagi bitta monosaxarid boshqa guruh vodorodi bilan birlashadi va suv molekulasi ajralib chiqib, glikozid bogʻlanish sifatida ham maʼlum boʻlgan kovalent bogʻlanishni hosil qiladi.
Tabiiy muhim vakillari: saxaroza, maltoza, laktoza va selluboza. Ularning hammasi ham bir xil emperik formulaga ega yaʼni C12H22O11 shuning uchun ular izomerlar hisoblanadi.
Tuzilishi
1. Disaxaridtlar molekulasida bitta monosaxaridning ikkita qoldig’idan yoki ikkita har xil monosaxarid qoldiqlaridan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
2. Monosaxarrid qoldiqlari orasida hosil boʻladigan bog’ ikki tur bo’lishi mumkin:
a) monosaxaridlarning har biridan bittadan poluatsetal gidroksillari ishtirok etadi. Masalan: saxaroza glukoza (olti aʼzoli pranoza shaklida) va -fruktoza qoldiqlaridan (glyukozaning glikozid gidroksili hisobiga bog’langan) iborat:

b) bitta monosaxaridning poluatsetal gidroksil bilan ikkinchi monosaxaridning spirt gidroksili orasida hosil boladi.


Masalan: maltoza, laktoza va sellobioza molekulalarining hosil bo’lishi.
Maltoza malekulasi 2 ta (piranoza shaklida) -glukoza (bir-biri bilan 1- va 4-uglerod atomlari orqali bogʻlangan) qoldiqlaridan, laktoza esa piranoza shaklidagi va (1- va 4- uglerod atomlari orqali bogʻlangan) qoldiqlaridan, sellobioza qoldiqlaridan tashkil topgan:




Disaxaridlarning kimyoviy xossalari
Oksidlovchilarning ta’siriga ko’ra disaxaridlar ikkiga bo’linadi: oksidlanadigan va oksidlanmaydigan.
Birinchi turga maltoza va laktoza kiradi. Ular kumush oksidinig ammiakdagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling