C 12H22O11+Ag2O C12H22O11 + 2Ag
Disaxaridlar metallar gidroksidlari bilan oson ta'sir1ashadi. Masalan, saxaroza eritmasini mis (II)-gidroksid ustiga quyilganda, yorqin havo rang mis saxarati hosil bo 'ladi:
C 12H22011 + 2Cu(OH)2 C12H22O12 + Cu2O + 2H2O
Saxaroza eritmasini kalsiy gidroksid suspenziyasi bilan ta' sirlashuvidan suvda eruvchan kalsiy saxarat olinadi.
Saxaroza va maltoza vodorod ionlari ishtirokida qizdirilganda gidrolizga uchraydi. Saxaroza ikkita monosaxarid-glukoza va fruktozani, maltoza esa ikki molekula glukozani hosil qiladi:
C12H22011 + H20 ~ C6H1206 + C6H1206
saxaroza glukoza fruktoza
Shuning uchun ular disaxaridlar deb ataladi.
Disaxaridlar monosaxaridlardan «kumush ko 'zgu» reaksiyasini bermasligi va boshqa qaytaruvchilar ta' sirida qaytarilmasligi bilan farq qiladi.
Agar disaxaridlar molekulasini xosil bo’lishida bitta molekula monosaxaridning yarim atsetel gidroksili ikkinchi monosaxarid molekulasining spirt gidorksili qatnashsa, bunday saxaridlar qaytaruvchi (yoki glyukozid – glyukoza) disaxaridlar deyiladi. Ularning feling suyuqligini oson qaytaradilar. Maltoza, laktoza va sellyuloza shu gruppa disaxaridlarga kiradi.
Saxaroza esa qaytarilmaydigan disaxaridlarga kiradi. U feling suyuqligini qaytarmaydi va fenilgidrazin hamda fenilgidrazon hosil qilmaydi. Demak, saxaroza molekulasida osonlikcha karbonil gruppaga o’tadigan yarim atsetal gidroksil gruppa yo’q.
Laktoza (sut shakari). Laktoza sut tarkibida (sigir sutida 4—5,5% ayollar sutida 5,5 — 8,4%) bo’ladi. Shuning uchun u sut shakari deb ataladi. Laktoza gidrolizlanganda glyukoza va uning izomeri — galaktoza xosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |