( C6H10O5)p (C6H10O5)m CI2H22O11 C6H12O6
kraxmal dekstrin maltoza glyukoza
Kraxmal molekulasi -D- glukopiranoza ( -glyukoza) qoldiqlaridan tashkil topgan bo’lib, u bir jinsli modda emas. Oʻsimliklardagi shakar saqlovchi zaxira boʻlib, ikkita polisaxarid – amiloz va amilopektin (ikkisi ham glyukoza polimeri) aralashmasidan tarkib topgan. Shuning uchun kraxmal ham chiziqli, ham tarmoqlangan tuzilishga ega. Amiloza va amilopektin miqdorlari orasidagi nisbat turli o’simliklarda turlicha bo’lib, o’rtacha amiloza 20-30%, amilopektin 70-80% ni tashkil etadi.
Oʻsimliklar fotosintezda toʻplangan yengil energiya yordamida glyukozani sintezlaydi va oʻsimlikning zaruriy energiya ehtiyojlaridan tashqari oshiqcha glyukoza oʻsimlikning qismlarida, jumladan, ildiz va urugʻlarida kraxmal sifatida saqlanadi. Urugʻlardagi kraxmal embrionni ozuqa bilan taʼminlaydi, shuningdek, u inson va hayvonlar uchun oziq-ovqat manbai boʻlib ham xizmat qiladi. Kraxmal organizmda hazm qilish fermentlari yordamida glyukoza monomerlariga parchalanadi.
Fizik xossalari va tabiatda uchrashi
Kraxmal- hidsiz, ta’msiz oq rangli amorf kukun , sovuq suvda, spirtda, efirda erimaydi. Qaynoq suvda bo'kadi va kolloid eritma-kleyster hosil qiladi.
Amiloza molekulasida juda uzun, tarmoqlanmagan (chiziqli) zanjirli polimer bo’lib, glyukoza qoldiqlari (bir-biri bilan 1- va 4- uglerod atomlarining birikishidan hosil bo’lgan) dan iborat: Amilozaning o’rtacha molekulyar massasi 600 dan 500 minggacha oraliqda bo’ladi. Amiloza suvda eriydi.
Amilopektin molekulasi amiloza molekulasidan farq qilib kuchli tarmoqlangan polisaxariddir. Amilopektin suvda erimaydi.
Amilopektin molekulasida (bir-biri bilan nafaqat 1, 4- bog’lar bilan balki, 1, 6-bog’lar bilan ham bog’langan) glyukoza qoldiqlari soni ko’proq bo’lib, uning o’rtacha molekulyar massasi 100 mingdan 1 mln gacha bo’ladi. Amilopektin yod bilan binafsha rang beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |