Reja: Kirish O'zbekiston kompaniyalarning strategiyalari


Funksional tashkiliy tuzilmalar


Download 355.64 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi355.64 Kb.
#1587963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish O\'zbekiston kompaniyalarning strategiyalari

Funksional tashkiliy tuzilmalar. Funksional ixtisoslashgan bo’limlar asosida yaratilgan tashkiliy tuzilmalar – bu bitta korxona bilan faoliyat ko’rsatadigan korxonalarning tuzilmasini strategiyaga moslashishining keng tarљalgan usulidir. Funksional ixtisoslashuvning shakli xaridorlar talabini e‟tiborga olish uchun, mahsulot turlari va texnologiyalarga moslashish uchun o’zgartiriladi. Masalan, texnik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi sifat nazorati, marketing, kadrlar, moliya va kayd etish, tadqiqot va ishlanmalarni yaratish xizmatlari asosida tashkilotni yaratishi mumkin.



Funksional strukturalar asosan uzoqni ko’ra olmaslik va strategik muhim xo’jalik jarayonlarini an‟anaviy funksional bo’limlar o’rtasida tarqoqligidan jabr ko’radi. Funksional mutaxassislar o’z bo’limlari manfaatlarini jiddiy mudofaa qiladilar. Bunda ular firmaning, mijozlarning yoki biznesning manfaatlarini e‟tiborga olmaydilar.
Yuqorida keltirilgan muammolar avtoritar, byurokratik, muammoga nisbatan bir tomonlama qaror qabul qilish kabi salbiy ta‟sir etuvchi omillarni funksional strukturalar kuchaytiradi. Bundan tashqari funksional strukturalar bozor va texnologiya o’zgarishlariga tezkorlik bilan javob bera olmaydi.
Bo’limlar siyosatining turlicha bo’lishi, funksional tarmoqlashuv, uzoqni ko’ra olmaslik va jarayonlarning tarqoqligi bosh menejer uchun jiddiy muammo tug’diradi. Bosh menejer esa tashkiliy strukturada funksional bo’limlar o’rtasida hamkorlikni talab qiluvchi yagona shaxs bo’lib qoladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun u qattiq turib, shafqatsiz ravishda bo’lim boshliqlari yagona komanda kabi faoliyat ko’rsatishini talab qilishi, funksional mutaxassislar esa hamkorlik qilishga majbur bo’lishi lozim.
Funksional tuzilmalar asosan uzoqni ko’ra olmaslik va strategik muhim xo’jalik jarayonlarini an‟anaviy funksional bo’limlar o’rtasida tarqoqligidan jabr ko’radi. Funksional mutaxassislar o’z bo’limlari manfaatlarini jiddiy mudofaa qiladilar. Bo’limlar siyosatining turlicha bo’lishi, funksional tarmoqlashuv, uzoqni ko’ra olmaslik va jarayonlarning tarqoqligi bosh menejer uchun jiddiy muammo tug’diradi. Bosh menejer esa tashkiliy tuzilmada funksional bo’limlar o’rtasida hamkorlikni talab qiluvchi yagona shaxs bo’lib qoladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun u qattiq turib, shafqatsiz ravishda bo’lim boshliqlari yagona komanda kabi faoliyat ko’rsatishini talab qilishi, funksional mutaxassislar esa hamkorlik qilishga majbur bo’lishi lozim.
Menejerlar strategik muhim funksiyalarni tarqoqlashtiradigan tashkiliy qurilmalarni paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasliklari lozim. Strategik muhim funksiyalarni ixtisoslashgan bo’limlarga taqsimlanishi ќam xodimlar faoliyatini yakuniy natijaga yo’naltirmaydi, balki ish hajmini oshiradi.
Muhim boshqaruv bo’g’inlarida ishchilar sonini ko’payishi ustama xarajatlarni oshishiga olib keladi, chunki tarqoq operatsiyalarni muvofiqlashtirish rahbarlardan katta mehnat xarajatlarini talab qiladi. Lekin ma‟lum darajada mehnat taqsimoti muayyan sohalarda: (moliya va buxgalteriyada, insoniy resurslarni boshqarishda, texnologik jarayonlarni loyihalashda) raqobat ustunligini yaratadi. Yordamchi funksiyalar bilan (moliya va buxgalteriya, loyihalash, axborot sistemalari, ta‟minot va boshqalar) tashkiliy sxema o’rtasidagi munosabatlar, hisobotlar sistemasini muvofiqlashtirishi ya‟ni:

  • tovar qiymatini yaratish zanjiridagi muhim strategik faoliyatlarni natijalarini maksimallashtirishi;

1. funksional bo’limlar xarajatlarini minimallashtirishi lozim.

Download 355.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling